Ishchi kuchi umumiy taklifini belgilab beruvchi omillar:
Mamlakat aholisining soni;
Aholining umumiy sonida mehnatga yaroqli bo`lganlar salmog`I;
Aholining jinsiy va yosh tarkibi.
Mehnatning sof raqobatli bozorida ish haqi darajasining aniqlanishi:
Ish haqi darajasi alohida mehnat turiga yalpi talab va uning yalpi taklifi ta`sirida shakllanadi;
Alohida ishga yo`llanuvchilar va ishga yo`llovchilar ish haqi darajasiga ta`sir ko`rsata olmaydi;
Mehnatga umumiy talab yoki uning umumiy taklifidagi ancha katta o`zgarishlar ish haqi darajasida o`zgarish bo`lishiga olib keladi.
Inson kapitaliga investitsiyalar:
4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uni tartibga solishda kasaba uyushmalari ro`li.
Mehnat munosabatlari – bu bir tomondan ish beruvchilar boshqa tomondan ishga yollanuvchilar hamda davlat va kasaba uyushmalari o`rtasida ishchi kuchini yollash yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatardir.
Ishga yollash bo`yicha ma`muriyat va ishchilar o`rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari yordamida tartibga solinadi.
Mehnat shartnomalarining tarkibiy tuzilishi:
Ish haqi stavkasi;
Me`yorida ortiqcha bajarilgan ishlar uchun ish haqi to`lash tartibi;
Dam olish kunlari, tanaffuslar va mehnat ta`tilining belgilanish tartibi;
Pensiya fondlari va sog`liqni saqlashga ajratmalar miqdori;
Narxlar o`zgarishini hisobga olib, iste`molchilik savatini tartibga solish sharoitlari;
Mehnatning boshqa umumiy va tashkiliy shart – sharoitlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |