Ish haqqini aniqlash


Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1567566
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ish haqqini aniqlash. Tursunov MIrziyod

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi
xajmiga bir qator bozor omillari (tovarlar
va xizmatlar bozorida talab va taklif
oʻzgarishlari, mehnatga boʻlgan talab
narxining oʻzgaruvchanligi, isteʼmol
tovarlari va xizmatlar narxi oʻzgarishi va
boshqalar) va bozordan tashqari omillar
taʼsir koʻrsatadi, buning natijasida
mehnatga haq toʻlashning muayyan
darajasi vujudga keladi.


Nominal va Real ish haqqi
Nominal ish haqi 
Pul shaklidagi ish haqi. Nominal ish haqi
ishchi va xizmatlarning soat, kun, hafta, oy
davomida oʻz mehnati evaziga oladigan
daromadi hisoblanadi. Tovarlar narxlari va
xizmatlar koʻrsatish haqiga bogʻliq
boʻlmagan ish haqi darajasini ifodalaydi.
Uning real ish haqidan farqi ham shunda.
Real ish haqi
moddiy neʼmat va maishiy xizmatlarda ifodalangan, ish haqiga sotib olish
mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori.[1] Real ish haqi isteʼmolchilar
oʻzlarining haqiqiy ish haqlariga amalda qanday miqdorda isteʼmol neʼmatlari
sotib olishlari va xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini koʻrsatadi. Real ish
haqi ham nominal ish haqi miqdori, ham isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxlari
darajasi, shuningdek, ish haqidan toʻlanadigan soliqlar hajmi bilan belgilanadi. 
Real ish haqi, inflyasiya sharoitlarida, agar inflyasiya ish haqini oshirish,
indeksatsiyalash bilan qoplanmaydigan boʻlsa, pasayib ketadi. Real ish haqi
boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosib,
isteʼmol buyumlari va xizmatlar narxi darajasiga teskari mutanosibdir.


Ish haqi stavkasi
Odatda, mehnat bozorida ish kuchiga
muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx ish haqi
yoki ish haqi stavkasi deb ataladi. Mehnat
birligining bozor narxi ish haqi miqdori
(stavkasi) boʻlib, lavozim okladi tarzida yoki
shartnomaga muvofiq belgilab qoʻyiladi, lekin
mamlakatda qonun bilan belgilangan eng kam
ish haqi darajasidan oz boʻlishi mumkin emas.
Shuningdek, ish haqi miqdori muayyan vaqt
birligi (soat, kun, hafta, oy) ichida bajariladigan
va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega
boʻlgan mehnatga toʻlanadigan haq darajasini
belgilaydi.



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling