Ish haqqining bozor iqtisodiyotiga mos turlari. Mexnatga haq to’lashni erkinlashtirish masalalari. Reja


F. Кеnе - Ish haqi tirikchilik vositalari qiymatiga bog‘liq. М. Fridman


Download 23.43 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi23.43 Kb.
#184293
1   2
Bog'liq
Ish haqqining bozor iqtisodiyotiga mos turlari

F. Кеnе - Ish haqi tirikchilik vositalari qiymatiga bog‘liq.

  • М. Fridman - Ish kuchining taklifi real ish haqi va narxlaming kutilayotgan darajasiga bog‘liq.

  • Marshall - Ish haqi mehnatga talab va uning taklifiga bog‘liq

  • J. М. Keyns - Ish haqining darajasini davlat va kasaba uy- yushmalar o‘rnatadi va belgilaydi.

  • V. D. Rakoti - Mehnat - tovar, ish haqi esa ish kuchi qiymatining shaklidir.

  • В. М. Genkin - Korxona xodimlarining ish haqi va umuman daromadi aniq bir shart-sharoitlarga qarab inson kapitali uchun haq yoki mehnat salohiyatining ijarasi uchun haqqa bog'liq bo‘ladi.

  • Y. G. Odegov - Ish haqi - xodim hayotiy vositalari jamg‘armasining asosiy qismidir.

    Klassik siyosiy iqtisod nazariyasi vakillari ish haqi daromadning renta, foyda (foiz) kabi asosiy qismlaridan biri, deb baholaydi. Xususan, A. Smitning fikricha, «Alohida olingan har bir tovarning narxi yoki penya qiymati ko‘rsatilgan u yoki bu yoxud barcha uch tarkibiy qismiga taalluqli ekan, har bir mamlakatning yillik umumiy mehnat mahsulotini hosil qiluvchi barcha tovarlar narxi yoki penya qiymati mazkur mamlakat turli aholisi o‘rtasida yoki mehnat uchun ish haqi, yoki kapitaldan foyda, yoxud yer maydoni uchun renta sifatida taqsimlanishi kerak. Ish haqi, foyda va renta har qanday penya qiymati kabi har qanday daromadning uch asosiy manbai hisoblanadi Klassik siyosiy iqtisod nazariyasida ish haqi fondi xuddi bozor iqtisodiyotida ish kuchi resurslarining talabi bilan uning taklifi kabi tahlil etiladi. Ya’ni, ish haqi normasi yollangan ishchilarga to‘lashga mo‘ljallangan pulni ular soniga oddiy bo‘lish orqali aniqlanishi kerak. Bunday yondashuvda xodimlaming ish haqi miqdorini oshirish uchun yoki ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, yoki yollanma ishchilar sonini kamaytirish zarur bo‘ladi. XIX asrda «ish kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi», deb hisoblanadigan konsepsiya ham mavjud edi. Ya’ni, bunday yondashuvga muvofiq mehnat tovar bo‘la olmaydi va u qiymatga ega emas. Tovar mehnat qilishga qodir boTgan ish kuchi boTib, ish haqi mazkur tovar qiymatining pulda ifodalangan penyasidir. Ishchi bajargan mehnati uchun emas, balki zarur mehnat uchun ish haqi oladi. Ish haqining iqtisodiy tabiati ushbu daromad hisobiga ish kuchi takror hosil qilinishini ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Ish haqining mehnat unumdorligi bilan bogiiqligi masalalarini tadqiq etgan marjinal nazariya vakillari ishlab chiqarishning asosiy omillari pul va ishlab chiqarish vositasi sifatida kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati va yollanma ishchilar mehnatini ajratib ko‘rsatar edilar. Ularning fikricha, bu asosiy omillarning har bin muayyan unumdorlik belgisi boTib, daromadni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu daromadning bir qismi ishlab chiqarishning aniq bir vositasi egasiga tegadi. XIX asrning 70-yillarida marjinalizm (fr. «marginalisme» - «eng oxirgisi») iqtisodiy ta’limoti paydo boTdi. U o‘sha paytdagi «marjinal inqilobi» nomini olgan iqtisodiy g ‘oyalarga asoslangan. Ushbu maktab nazariyotchilari iqtisodiyotning rivojlanishini alohida xo‘jalik yurituvchi subyektning eng yuksak samaraga erishishga intilishi nuqtayi nazaridan tadqiq etadilar. «Maijinal inqilobi»ga salmoqli ilmiy hissa qo‘shgan J. B. Klark: «Jamiyatning barqarorligi, asosan, mehnatkashlar tomonidan olinayotgan pul, uning miqdoridan qat’i nazar, ular ishlab chiqayotgan narsaga tengligigabogiiqdir»1, deb ko‘rsatgan. Marjinalistlar ishlab chiqarish omillari muvozanat holatiga kelganidan keyin ularning har biriga eng yuksak unumdorligiga qarab haq toTanadi, deb hisoblashadi. Bunda eng yuksak mehnat unumdorligi mehnatidan foydalanish foyda keltirayotgan xodimning vaqt birligida ishlab chiqargan mahsuloti hajmiga qarab belgilangan. Shu sababli, ular fikricha, ish haqi eng yuksak mehnat unumdorligiga tengdir. Iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan J. Keyns ish haqi egiluvchan (kamayish tomoniga) emasligi to ‘g ‘risidagi fikrini ishsizlamingish haqi kamaytirilsa, ularda mehnat motivatsiyasi susayishini, ammo bozorda narx-navo ko‘tarilishi oqibatida kamroq real ish haqi olsalar ham ishlayverishlarini asoslab bergan. XX asrning ikkinchi yarmida iqtisodiy nazariyada yangi - monetarizm yo‘nalishi shakllandi. Monetarchilar muomaladagi pulning miqdori iqtisodiyot rivojlanishining hal qiluvchi omili, deb uqtirganlar. Ular bozorlardagi talabning kengayishi tovarlar narhini ham, ish haqi darajasini ham oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadilar. Jumladan, iqtisodiy nazariya ushbu y o ‘nalishining asoschisi M. Fridman bozordagi o‘zgarishlar tovarlar narxining ortishiga ish haqi ko‘payishiga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi. Narx-navo mehnatga haq to ‘lashga ko‘ra tezroq qimmatlashishi real ishhaqi miqdorini kamaytiradi. Buishberuvchilarni xodimlar sonini ko‘paytirishga majbur qiladi. Ish kuchiga talab ko‘tarilishi o ‘z samarasini beradi, chunki xodimlar narx-navo barqarorlashini kutadilar hamda ish haqi miqdori ko‘payishiga real ish haqi ortishi sifatida qaraydilar 0 ‘zbekistonlik iqtisod fanlari doktori, professor N. Q. Zokirova ish haqining nominal xususiyatiga quyidagicha ta ’r if bergan: «Nominal ish haqi - xodimlar o ‘z mehnatlariga uning miqdori va sifatiga qarab oladigan pul mablag‘laridir». Ish haqining qomusiy ta’rifi ham mavjud: «Ish haqi - mehnatga pul shaklida to ‘lanadigan haq; qiymatning o‘zgargan shakli, ish kuchi resurslari (taqdim etilgan mehnat xizmatining) bahosi».

    Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ham ish haqiga o‘z ta’rifini bergan. XMTning 1949-yilgi «Ish haqini muhofaza qilish to‘g ‘risida»gi 95-Konvensiyasida; «Ish haqi atamasi, nomlanishi va hisoblab chiqish usulidan qat’i nazar, pul shaklidagi hamda bitim yoki milliy qonunchilik tomonidan belgilanadigan har qanday rag‘batlantirish yoki har qanday ish haqi b o iib , uni tadbirkor bajarilgan yoki bajarilishi kerak bo‘lgan mehnat, yoki ko‘rsatilgan yoxud ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan xizmatlar uchun to ‘laydi»4, deb ko‘rsatilgan. Iqtisodiyot fanida hozirgi davrda ish haqi mohiyati bo‘yicha juda ko‘p, turlicha ta’riflar mavjud boisa-da, ular, asosan, to ‘rt ma’noni anglatadi:

    - ish haqi - bu mehnat qiymati;

    - ish haqi - bu ish kuchi qiymati;

    - ish haqi - bu mehnat bahosi;

    - ish haqi - bu ish kuchi bahosi.

    Iqtisodiy nazariyaning klassik, yangi klassik, maijinal va monetar yo‘nalishlari ilmiy tadqiqotlari natijalari umumlashtiriladigan bo‘lsa, quyidagi xulosalar chiqarilishi mumkin:

    1. Iqtisodiyot fani ushbu iqtisodiy kategoriyaga уondashishining dastlabki bosqichlarida ish haqi ish beruvehining yollanma xodimga bajargan ishi, ko‘rsatgan xizmati uchun to‘laydigan pul mablag‘i, degan tasaw ur shakllangan. Ammo ish haqi darajasi va uning dinamikasi, xodim mehnati (xizmati)ga to‘lanadigan haq shakllari afzalliklari va nuqsonlari bo‘yicha nazariy va amaliyotda yakdil qarashlar yo‘q.

    2. Ish haqi bilan uni shakllantirish manbalari (ya’ni personal, mehnat jamoasi umumiy mehnat samaradorligi) o‘rtasidagi bevosita bogdiqlikning bozor iqtisodiyotiga ta’siri, mulkchilik turli shakllari sharoitidagi xususiyatlari yanada chuqurroq tadqiq etilishi talab qilinadi.

    3. Ish haqi iste’molchilar daromadlarining nisbatan katta qismini tashkil etadi. Bu iste’molga talab miqdori hamda ulaming narx-navolari darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bundan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda ish haqining rag‘batlantiruvchi xususiyatlarini yanada to‘laroq va chuqurroq o‘rganish ham juda muhim ekanligi kelib chiqadi. Umuman olganda, ish haqi, bir tomondan, ish kuchi takror hosil qilinishi uchun zarur b o ‘lgan hayotiy vositalar fondi, ikkinchi tomondan, foyda keltirishni kafolatlaydigan ish kuchini yollagan ish beruvehining xarajatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ish haqi bir yo‘la ham yollanma xodim daromadi, ham ish beruvchi xarajati sifatida namoyon boiadi. Bu mehnat munosabatlarida bo‘lgan tomonlar manfaatlar zidligini anglatadi (14.1-rasm). Mazkur manfaatlarni muvofiqlashtirish uchun ish kuchi qiymati (bahosi)ni aks ettiradigan ish haqi stavkasi belgilanadi. Uning darajasi mehnat bozori asosiy subyektlarining iqtisodiy manfaatlari predmeti hamda bu manfaatlar uzviy bog‘liq bodishiga xizmat qiladigan vositasi hisoblanadi. Iqtisodiyot fanida ish haqining ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalari va ularning o ‘zgarishi ham muhim masalalardan biridir. Umuman, ish haqining an’anaviy ikki: takror hosil qiluvchi va rag‘batlantiruvchi funksiyalari ajratib kcfrsatiladi va asoslanadi. Bu tarkib topgan ikki nazariy konsepsiya - mehnat qiymati nazariyasi hamda eng yuksak foyda nazariyasiga mos tushadi. Shu bilan birga zamonaviy tadqiqotchilar bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ish haqining uchtadan o‘n uchtagacha funksiyalarini ko‘rsatadilar. Ish haqi funksiyalarinitahlil etish ularni quyidagicha tasniflash imkonini beradi

    (14.2-rasm):

    1. Taqsimlovchi funksiya. U xodimning yangidan hosil qilingan mahsulotdagi ulushini belgilashga xizmat qiladi. Mazkur funksiyada iste’mol jam g‘armasining yollanma xodimlari va ishlab chiqaruvchi vositalar egalari o‘rtasida taqsimlanishi o’z ifodasini topadi.

    2. Takror h o sil qilish fu n ksiya si. U ish kuchini ijtimoiy jihatdan normal hisoblangan darajada iste’mol etish imkonini bergan holda takror hosil qilishni ta’minlashga qaratilgan. Takror hosil qilish funksiyasi boshqalarga nisbatan ustuvor hisoblandi. Chunki xodimning asosiy ish joyidagi ish haqi o‘zi va oilasi munosib turmush kechirishini ta’minlamasa, unda qo‘shimcha mablag‘ topish muammosi tug‘iladi. Buning uchun ikkinchi, uchinchi joydan ish qidirish xodimning mehnat salohiyatini yemiradi, kasb malakasini pasaytiradi, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga putur yetkazadi.

    3. R a g 'b a tla n tiru vch i ju n k s iy a taqsimlash va takror hosil qilish funksiyalariga bogTiq boTib, xodim mehnat motivatsiyasini kuchaytirish - ishda faollik, tashabbus ko‘rsatish, mehnat unumdorligini oshirishgarag‘batlantiradi. Ish haqi darajasini har bir xodimning mehnatda erishgan natijasiga qarab belgilash shu maqsadga xizmat qiladi. Ish haqi miqdorining xodim mehnat unumdorligiga uzviy bogliq bo’lmasligi ish haqi asosiga putur yetkazadi, uning rag‘batlantiruvchi funksiyasi samaradorligini kamaytiradi, inson tashabbuskorligi va g ‘ayrat-shijoatini bo‘g ‘adi. Xodim yuqori miqdorda ish haqi olish uchun o‘z malakasini oshirishdan manfaatdor boTishi kerak. Ish beruvchi esa o ‘z korxonasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash qobiliyatiga ega yuqori malakalixodimniishgayollashdanmanfaatdordir. Shuninguchunrag‘batlantiruvchi funksiya ish haqini tashkil etishning mehnat natijalariga uzviy bogTiq tizimlari orqali amal qiladi.

    4. Ijtim o iy fu n k s iy a ish haqi xodimlarni ijtimoiy sug‘urtalash manbasi sifatida xodimni faqat mehnatga layoqatli davridagina emas, shuningdek, pensiyadagi paytida ham tibbiy xizmatdan foydalana olish imkoniyatini yaratishi kerak. Bu bozor munosabatlari sharoitida nihoyatda muhimdir. Chunki mulkchilikning turli shakllariga asoslangan iqtisodiyotda xodimni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishni ta’minlash birgina davlatning emas, ayni vaqtda ish beruvchi laming ham vazifasidir.

    5. X a r id ta la b in i s h a klla n tiru v c h i fu n k s iy a ish haqining xarid talabiga ta’siri bilan ajralib turadi. Ish haqi darajasini tartibga solish bozorda tovarlar va xizmatlarga talab bilan taklifning oqilona nisbatini o‘rnatish maqsadiga xizmat qiladi.

    6 . Tartibga so lish fu n k siya s i deyilganda, mehnat resurslarini mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari, x o ‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha eng maqbul tarzda joylashtirilishi tushuniladi. Bunda ish haqi differensiyalangan stavkalar o ‘matish orqali ish kuchiga talab va uning taklifi muvozanati tartibga solinadi. Ushbu funksiyaning ta’siri natijasida mehnat resurslarini eng samarali ravishda mintaqa va iqtisodiyot tarmoqlariga joylashtirish ta’minlanadi.

    7. Maqom funksiyasi ish haqining miqdori va xizmat lavozimi xodim maqomiga mos b o iish ig a asoslanadi. Mehnat maqomi xodimning ham vertikal, ham gorizontal b o ‘yicha boshqa xodimlarga nisbatan o ‘rnini belgilab beradi.

    Maqom funksiyasi, eng awalo, xodimlar uchun juda muhimdir. Ular bu funksiyaga asoslangan holda ish bemvchidan kasb malakalari, xizmat lavozimlari bo‘yicha iqtisodiyot boshqa tarmoqlaridagi hamkasblariga belgilangan ish haqi darajasi o‘matilishini asoslash imkoniyatiga ega boiadilar. Ish haqi funksiyalari mehnat bozoridagi ish kuchi talabi va uning taklifi bilan uzviy bog‘liqdir. Mukammal raqobat bozorida ish beruvchilar tomonidan yollanadigan xodimlar soni ikki ko‘rsatkich - real ish haqi miqdori (mehnatga to ‘langan haqqa xarid qilish mumkin bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar) hamda ish kuchi qiymati (pul shaklidagi) orqali belgilanadi. Yollanayotgan xodimlar soni ko‘payib borishi bilan ish kuchi qiymati darajasi pasayib boradi (daromad kamayishi qonuni). Qo‘shimcha mehnat birligini jalb etish ish kuchi qiymati darajasi ish kuchiga talab miqdoriga tenglashganda to ‘xtaydi. Bundan mehnatga talab ish haqi miqdoriga teskari bog‘liq ekanligi haqidagi xulosa chiqadi. Boshqa shart-sharoitlar bir xil bo‘lgan holda ish beruvchi ish haqi miqdori o‘sib borgani holda mutanosiblikni ushlab turish uchun ish kuchiga talabni kamaytirishga majburdir. Ish haqi miqdori kamayganda esa mehnatga talab ortadi. Mehnatga haq to iash d a juda ko‘p boshqa omillarni hisobga olishga to‘g ‘ri keladi. Ular qatorida:

    a) ish haqi darajasining davlat tomonidan ham ma’muriy, ham iqtisodiy tartibga solinishi;

    b) mehnat bozori infratuzilmalari (ish bilan, bandlik xizmatlari, xususiy rekruting agentliklari);

    d) yirik kompaniyalaming o ‘z ish haqi tizimlariga moslashtirilgan ichki mehnat bozorlari;



    e) tarmoqlarda ish haqi darajasiga jiddiy ta ’sir ko‘rsata oladigan kasaba uyushmalar faoliyatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi.

    Davlat ish haqini eng kam ish haqini kafolatlash, xodimlar ayrim toifalariga imtiyozlar berish, soliqlar orqali, iqtisodiyotning davlat sektorida ish haqi darajasini bevosita belgilash orqali tartibga soladi. Umuman, ish haqi funksiyalarining ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyati va roli davlatning bu sohadagi siyosatiga bogiiqdir. Taniqli iqtisodchi olim va davlat arbobi L. Erxareiningta’rifi bo‘yicha, ijtimoiy bozor iqtisodiyoti siyosatini olib boradigan davlat «bozor erkinligi prinsipini ijtimoiy mutanosiblik hamda umumiy ish uchun har bir shaxsning ma’naviy mas’uliyati bilan birlashtiradi. Ish haqining o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan taqsimlash va ijtimoiy funksiyalari, bir tomondan, yangi hosil qilingan mahsulotdagi mehnat bahosi - ish haqi va ijtimoiy jamg‘armalarga ajratmalar, ikkinchi tomondan, olingan foydani aks ettiradi. Bunda o‘zaro mehnat munosabatlaridagi yollanma xodim hamda ish beruvchi manfaatlari mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmidagi ish haqi miqdori ulushida namoyon bo‘ladi hamda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy indikatori vazifasini o‘taydi.
    Download 23.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling