Ish hujjatlarini tahlil etish metodlari


Download 67.65 Kb.
bet5/8
Sana20.11.2023
Hajmi67.65 Kb.
#1789543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4- mavzu

Yopiq anketa savollariga berilishi mumkin boʻlgan javoblar oldindan ko'rsatiladi. Masalan: "Mamlakatning istiqboli nimalarga ko'proq bog'liq’ a) mehnat resurslarining oshishiga; b) malakali kadrlar soniga; d) rahbarlik uslubining takomillashuviga; e) tashqi investitsiyalarning dadil jalb etilishiga; f) ish sharoitlarining yaxshilanishiga; g) yangi texnologiyalar va asbob-uskunalarga; ) yana (yozing) Anketalarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri - unga kiritilgan savollarning barcha uchun tushunarli bo'lishidir. Shuningdek, savollarning va ularga berilgan javoblarning maksimal tarzda qisqa boʻlishi va anketaning hajm jihatdan juda katta bo'lmasligi respondent vaqtini ko'p olmasligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, siyosiy-psixologik fenomenlar oʻrganilayotganda, har bir savol o'z o'rnida kiritilishi, u mazmunan kishida shubha uyg'otmasligi, samimiy javobga chorlashi lozimdir. Ba'zan anketalardagi savollar saviyasini pastligi tekshiruvchining yengiltakligini baholab, jiddiy javob ololmaslik holatlarini ham keltirib chiqaradi. Masalan, ba'zan umuman odobsiz savollar beriladi: "Musiqani yoqtirasizmi’", "Ota-onangizni sevasizmi’" kabi. Yoki ba'zida uzundan-uzun savollarning berilishi respondent oʻzidan nimani xohlashayotganliklarini his qilish darajasini pasayishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham psixologik tekshiruvlarda oʻrinli, ma'- noli, jo'yali savollar tuzish, ularning birin-ketinligi va tartibi masalasiga katta aha- miyat berishlishi zarur. Sotsiometrik so'rov ham anketaning bir turi hisoblanadi. U aynan guruhdagi shaxslararo munosabatlarnigina aniqlagani bois, uni ba'zan mualliflar psixologik testlar qatoriga ham kiritishadi. Nima bo'lganda ham bu usul yordamida guruhiy hodisalar, unda har bir a'zoning tutgan oʻrni, yetakchilikning taqsimoti va jamoadagi ma'naviy muhit o'rganiladi. Hozirda sotsiometrik so'rovning yuzlab modifikatsiyalari mavjud boʻlib, dastlabki ma'lumotlar olishning samarali vositasi sifatida undan koʻplab tadqiqotchilar foydala- nadilar. Qoʻlga kiritilgan ma'lumotlarga odatda, statistik qayta ish- lov beriladi yoki ular kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilinadi. Og'zaki so'roqni yoki ba'zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, oʻtkazadigan shaxs unga ma'lum darajada tayyorgarlik ko'rgach so'roq oʻtkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo'lmasa, so'rov oʻz natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so'rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador boʻlgan noyob ma'lumotlarni to'plash imkoniga ega boʻladi. Yozma so'roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning oʻzida koʻpgina odamlar fikrini oʻrganish mumkin boʻladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o'z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so'rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan boʻlsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to'planadi. So'roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud boʻlib, birinchisida oldindan nimalar soʻralishi qat'iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so'roq o'tkazilishi nazarda tutiladi. So'rovlar o'tkazilishida hal qilinishi lozim bo'lgan eng muhim masalalardan biri so'raluvchilarni tanlashdir. Chunki agar saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o'z ijtimoiy harakatini tuzish borasidagi fikrlari oʻrganilganda, tabiiy bir muammo paydo boʻladi: necha kishini va qayerlardan so'rash lozim, degan. Tanlov obyektini tanlashda uning tarkibiga kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga mansubligi muhim rol o'ynaydi. Masalan, talaba yoshlarning fikrini oʻrganish uchun barcha talabalar fikrini mutloq o'rganish shart emas. Tanlov agar 10 foiz deb belgilansa, Oʻzbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan barcha talabalar sonidan kelib chiqib, o'shaning 10 foizi o'rtasida, bir necha oliygohlarda so'roq o'tkazilishi kifoya qiladi. Barcha pensionerlarning ijtimoiy himoya borasidagi fikrlarini o'rganish kerak bo'lganda ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak, tarkiban monand guruhlar ajratib olingach, tadqiqotchi o'sha guruhning tushunish darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, so'roq o'tkazadi yoki intervyular uyushtiriladi. Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega. Yoshlarga "Siz vatanparvarmisiz’" yoki jamoatchilikka "Siz tinchlik tarafdorimisiz’" kabi savollar oldindan javobi aniq bo'lgani uchun ham odatda respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtayi nazardan o'sha vatanparvarlik belgilarining namoyon boʻlishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik boʻlishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini oʻrganish birinchidan, turli xil fikrlarni to'plashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy hulqning turli qirralarini aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib aytilsa, odamga "Siz aqllimisiz’" degan savolni intellektual darajani aniqlashga imkon beruvchi savollar, topshiriqlar yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi. Ko'pincha psixologik so'rovlarda odam o'z fikrini ochiq va erkin bayon etishi uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim so'rov deyiladi. Ba'zi bir so'rovnomalarda esa "Ismingiz" deyish oʻrniga "O'zingiz oʻylab topgan ism-sharifingiz’" deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so'rov o'tkazish usuli sifatida oxirgi yillarda qoʻllanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo'lsa, shuni aytish kerakki, so'rov metodlari inson psixologiyasini oʻrganish, uning dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli usulidir. Lekin uni professional tarzda toʻgʻri ishlatish va natijalarni toʻgʻri tahlil qilish juda katta amaliy ahamiyatga egadir. Inson shaxsini oʻrganishda, turli anketalar, turli xil ko'ri- nishdagi so'rovnomalar, siyosiy qadriyatlar va yo'naltirilganlikni aniqlash uchun tuzilgan alohida testlardan foydalanish mumkin. Albatta, buning uchun maxsus tayyorgarlikka ega boʻlish, aniq tadqiqot dasturi asosida izlanish olib borish talab etiladi. Bunda Rokich, Olport-Vernon va boshqalarning testlarini misol tariqasida ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Siyosiy shaxslar va hodisalarni o'rganish uchun tuzilgan maxsus testlar ham yaratilganki, bunga Rozensveygning "Rangli frustratsiya testi" misol bo'la oladi. A.Xvostov tomonidan ishlab chiqilgan "Tafakkur mantiqiyligining siyosiy maqsadga yo'naltirilganligini" aniqlash testi mantiqiy xatolarning sifati va miqdorini aniqlab, matndan iborat bo'lgan siyosiy ma'lumotni qabul qilishning adekvatlik darajasini baholash imkonini beradi. Shu bilan birga ta'kidlash mumkinki, shaxsning siyosiy maqsadlarga yo'naltirilganda o'zini tutishi va uning psixikasini bir butun holda baholash imkonini beradigan psixodiagnostik usullar ham mavjud. Bunga T.Adornoning fikrlashning rigidlik darajasini baholash "F-shkalasi" misol bo'la oladi. Biografik metod Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to'g'risida og'zaki va yozma ma'lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga o'zgalar tomonidan toʻplangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham oʻrganilayotgan shaxsni toʻlaroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham bolaning tugʻilganidan, ham to boshlang'ich ma'lumot olgunicha davr oralig'ida salo- matlik darajasi qanday bo'lgan- ligi toʻgʻrisidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. Turmush tarixiga qiziqish XIX asr oxirida paydo boʻlishiga qaramay, bu boradagi dastlabki jiddiy yutuqlari 1920-1930 yillarga tegishli boʻlib, u Tomas va Znanetskiy (Yevropa va Amerikada polyak dehqoni, 1918 yil) nomlari bilan bog'liqdir. Ular 1910-yillarda AQShda yuz bergan ommaviy migratsiyalar jarayoni sharoitida polyak jamoatchiligi turmush tarzini tahlil qilishga e'tiborlarini qaratadilar. Xatlarda ko'rsatilgan polyak migrantlarning turmush tarixini tahlil qilarkanlar, ularga madaniyat borasidagi nizolar, jinelar munosabati, insoniy baxtiyorlikni tushunish kabi ijtimoiy fenomenlarni ko'ra olish imkoniyati tug'iladi.Biografik bilishdagi singari ular tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvning falsafiy asosi uchun ijtimoiy va individual, obyektiv va subyektiv, o'zini va boshqalarni anglash dualizmining o'zaro ta'sirini taxmin qiluvchi ramziy interaksionizm yo'nalishi yuzaga keladi. O'z tadqiqotlarining amaliyotida ushbu nazariy modellarni rivojlantira turib, ular ijtimoiy hodisalarning subyektiv tomoni to'g'risida ma'lumotlar bo'lmasa, bilish mumkin emas, deb ta'kidlaydilar. Individ taqdirlami tadqiq etish usuli hozirgacha oʻzinig yakuniy ta'rifini topmagan boʻlib, u ba'zan gumanistik, ba'zan esa biografik usul, deb nomlanadi. Ayrim hollarda sifatli usul yoki subyektiv psixologiya deb ataladi. Tahlil uchun dastlabki aniq ma'lumotlar rivojlanish bosqichlari boʻyicha ko'rib chiqilgan individual tarjimai hollar hisoblanadi. Dastavval, bu "yopiq" ijtimoiy guruhlar, emigrantlar, milliy jihatdan ozchilikka tegishli boʻlib, aynan shu sharoitlarni oʻrganish maqsadida 1920-yillarda biografik usul yuzaga keldi (T.Tomas, F.Znanetskiy, Chikago maktabi). 1970-yillardan boshlab XXI asming oxirgi o'n yilligida ushbu usulga nisbatan qiziqishning oshishi natijasida uni oʻrganish doirasi ancha kengaydi. Hozirgi paytda ham tadqiqotchini ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni boshdan kechirgan subyektiv tajriba (urush, inqilob, inqiroz va migratsiyalar) va kishilik hayotining ma'lum davri (bolalik, kasallik va oʻlim) qiziqtirsa, bu usuldan keng miqiyosda foydalanadi. shuningdek, kishilarning tarjimai holi ma'lum ijtimoiy institut va tashkilotlarning (masalan, fandagi yangi yoʻnalishlar, partiyalar va siyosiy harakatlar) tashkil topishi va rivojlanishi dinamikasini tiklashda ham qo'l keladi.Shunday qilib, tarjimai hollar "turmush kontsepsiyasi", kishilarning aniq hayotiy tajribasi, hayotiy davr mobaynida ijtimoiy oʻzgarishlarni oʻrganish doirasidagi ijtimoiy qiziqishlar obyekti boʻlishi mumkin. Shu bilan birga ulaming ijtimoiy muammolarni o'rganishda ijtimoiy-psixologik tahlil quroli sifatida ham qo'llanilishi mumkin. Fanda ushbu usulning koʻpgina yillar davomida qoʻllanilishiga qaramay hozirgacha uning tushunchaga oid mexanizmini ishlab chiqish tugallanmagan. Bu qirraning uslubiy jihatdan ishlab chiqilmaganligi, asosan uni qoʻllashning madaniyatlararo tavsifi va ma'lumotlarning o'xshashligi bilan asoslanadi.

Download 67.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling