Ish hujjatlarini tahlil etish metodlari


Download 67.65 Kb.
bet8/8
Sana20.11.2023
Hajmi67.65 Kb.
#1789543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4- mavzu

K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan boʻlib, u "Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagi" deb nomlanib o'zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yoʻllashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin. Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagining muhim bir tomoni - bu har xil kasb-hunar egasiga nisbatan qoʻyiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji boʻyicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o'ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo'naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo'yicha bilimlar umumlashtirilgan boʻlib kasbga tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir. Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o'zini o'zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni oʻzida mujassamlashtiradi. Ye.A.Klimov qarashlariga binoan professiogramma bu:

  • sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallaming turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar koʻlami va umumiy xususiyati (koʻrish, eshitish va boshqalar);

  • axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bogʻliq aqliy faoliyatning xususiyati;

  • xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim harakatlarning tavsifi;

  • ishda, mehnat faoliyatida asab - psixologik zo'riqish, tanglikning mavjudligi;

  • diqqatni boshqarish zarurati;

  • ishda muvaffaqiyatga elituvchi shaxs sifatlari, fazilatlari;

  • mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik ko'rsatkichlar.

Bizningcha, yuqoridagi mulohazalardan tashqari profes- siogramma oldiga quyidagi talablarni qoʻyish maqsadga muvofiq. Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, mutaxassislik, kasb-hunar, lavozim, ishchi o'rni imkoniyati, mehnatning turdosh xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni).

  • Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma'lumotlar.

  • Mehnat quroli sifatida nimalar qoʻllanilishi.

  • Mehnat predmetining tarkiblari va ularning oʻziga xos jabhalari

  • Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi.

  • Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat amalga oshirilishi.).

  • Mehnat mahsullarini baholash mezonlari.

  • Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.

  • Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning motivirovkasi.

  • Ishni bajarilishining sharti va sharoitlari.

  • Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari.

  • Mehnatning kooperatsiyasi (Kim’, Nima’, Kim bilan hamkorlikda’).

  • Mehnatning jadalligi (intensivligi) to'g'risida

  • Mehnat faoliyatida mas'uliyatning va xavf-xatamning qaysi daqiqalari (holatlari) uchrashi.

Mehnat uning subyektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, ma'naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik bahosi va boshqalar).

  • Ish yoki faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga ko'ra qanday talablarga va cheklanishlarga ega ekanligi.

Download 67.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling