Ish o’rnini tashkillashtirishning talablari. Inson antropometrik ko’rsatkichlarining faoliyat xavfsizligiga ta’siri. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati
Download 1.75 Mb.
|
Bazarbayeva
Mehnat taqsimoti belgisi bo‘yicha ish o‘rinlarining ikki turi — yakka tartibdagi ish o‘rinlari va jamoa ish o‘rinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish o‘rnida har doim bitta ijrochi xodim band bo‘ladi. Jamoa ish o‘rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat ko‘rsatganda). Bu o‘rinda kadrlarni tanlash ijrochilar o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlash va xar bir xodimning jamoa mehnatiga qo‘shgan mehnat hissasiga xolisona baho berish muhim ahamiyatga egadir.
Fan va texnika taraqqiyoti ma`lumki, ishchilar mehnatining mazmuni va shakllarida o`zgarishlarga olib keladi Tor ixtisosli kasblar o`rnini boshqaruv sozlash va mexanizatsiyalashga va avtomatlashgan sistemalarga xizmat ko`rsatish funksiyalarini o`zida uyg`unlashtiruvchi «keng tarmo`li» kasblar egallaydi. B N.Bessonovning ta’kidlashicha, yangi ishlab chiqarish bir ish o`rnida turli xildagi faoliyatlar birlashishiga olib keladi va binobarin hozirgi ishchida bilim doirasi keng bo`lishni, zaionaviy fizika, kimyo,ishlab chiqarish,elektronika, kibernetika va hokazo kasblar asoslarini bilishni taqozo etadi.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling