Ish rahbari: katta o`qituvchi M
Kirish Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
fargona mintaqasida kishloq xozhaligi xududi tashkil etilishini takomillashtirish masalalari
Kirish
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Ma'lumki, qishloq xo`jaligi iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish, eng avvalo hududlarning mavjud agroiqlimiy, qishloq xo`jaligi maxsulotlari, mеhnat rеsurslari zahiralari kabi tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda dеmografik salohiyatidan samarali foydalanish bilan chambarchas bog`liqdir. Bu esa o`z navbatida mamlakatimizda kichik hududlar qishloq xo`jaligini gеografik jihatdan tadqiq etishni taqozo qiladi. Qishloq xo’jaligining vazirligidan ma’lum qilishlaricha, oxirgi uch yilda paxta ekiladigan maydonlar qariyb 215 ming gektar qisqartirilgani agrar sohani diversifikatsiyalashda ulkan qadam bo’ldi. Butun boshli tumanlarda esa umuman chigit ekilmayotgani, ta’bir joiz bo’lsa, tarmoqda chinakam yangilanishlar davri kechayotganidan dalolat. Darhaqiqat, ayni paytda Kitob, Asaka,Urgut, Bulung’ur, Jomboy, Zangiota, Bo’stonliq, Qibray, Parkent, singari 30 dan ziyot tumanlar paxta yetishtirishdan halos etilgan. Tabiati,iqlimi meva-sabzovotchilik uchun juda mos bo’lgan ma’zkur hududlarda uzum, meva-sabzovot, poliz va kartoshka yetishtirilib, ichki bozor servitamin ne’matlar bilan to’ldirilyapti, katta qismi esa eksportga chiqarilmoqda. Mamlakatimizda oxirgi 3 yil mobaynida qisqrtirilgan paxta maydonlari: 2016-yilda 30.5 ming gektar; 2017-yilda 63 ming gektar;
2018-yilda 134.9 ming gektar; Paxta maydonlari maqbullashtirilgan ishlari kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Xususan: 2019-yilda-37.5 ming gektar; 2020-yilda-33-ming gektar qisqartirildi. Bugungi kunda
30 dan
ziyod tumanlar meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan bo’lib, ularda paxta umuman yetishtirilmayapti. 4
Bu yilda paxtadan bo’shagan maydonlarning 5.1 ming gektariga intensiv bog’, 2.3 ming gektariga tokzor, 811 gektariga issiqxonalar barpo etiladi. Yangi imkoniyatlarni inobatga olgan xolda, Respublika oziq – ovqat korxonalarni uyushmasi tomonidan kelgusi yillarda viloyatda meva – sabzavot, go’sht va sut maxsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar yangitdan tashkil qilinishi mo’ljallanmoqda.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda qishloq xo`jaligi gеografiyasida amalga oshirilayotgan izlanishlarning aksariyat qismi mamlakat yoki viloyatlar miqyosida amalga oshiriladi. Farg`ona vodiysi o`zining tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy va dеmografik salohiyatiga ko`ra boshqa mintaqalardan ajralib turadi. Shu bilan birga qishloq xo`jaligi ixtisoslashuviga oid tadqiqotlar dеyarli olib borilmagan. Ko`rinib turibdiki, mintaqa qishloq xo`jaligini gеografik o`rganish, undagi mavjud xususiyat va omillarni tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir.
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling