Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etish uchun laboratoriya jurnali bo’lishi mumkin
Baxtsiz hodisalarda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam
Download 81.44 Kb.
|
Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar
- Kimyoviy analizning metrologik asoslari
Baxtsiz hodisalarda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam
Teri yengil kuyganda jaroxatlangan joyga glitserin surtilib, spirt ho’llangan paxta bilan bosib qo’yiladi. Qattiq kuyganda esa taninning 3%li eritmasi ho’llangan doka yoki paxta bilan berkitiladi. Kiyim yoki teriga kislota, ishqor to’kilganda avval o’sha yer ko’p miqdordagi suv, so’ngra kislota bilan kuygan bo’lsa, 3%li NaHCO3 ishqordan kuygan bo’lsa, 1-2% sirka kislotasi eritmalari bilan yuviladi. Kislota, ishqor tomchilari ko’zga tushgan holda ulami suv, so’ngra (agar kislota sachragan bo’lsa) 3%li NaHCO3 yoki (ishqordan kuygan bo’lsa) borat kislotasining to’yingan eritmasi bilan yuviladi. Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar “Analitik kimyo” fanini o’zlashtirishda talaba kimyoviy elementlar va birikmalarining analizini kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy metodlar yordamida amalga oshirish, turli tarkibli aralashmalarni analiz qilish sxemasini to’g’ri tuzish va boshqa nazariy kimyo qonuniyatlarini qo’llay bilish, ularda mantiqiy xulosalar chiqara bilish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Analitik kimyo fani, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari “Analitik kimyo” fani turli murakkab ob’ektlar (suv, tuproq, havo, qotishmalar, geologik, biologik, atrof-muhit ob’ektlari va hok.) analizini amalga oshirishni o’rganadi. Fanning maqsadi kimyoviy analizning nazariy asoslari va metodlarini ishlab chiqish, atrof-muhitdagi har xil ob’ektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlashni ta’minlaydigan metodlar ishlab chiqish va o’rgatishdan iborat. Analizni umumiy nazariy asoslarini, kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy metodlarining asosiy prinsiplari bilan tanishtirishdan va analitik kimyoning hozirgi zamon rivojlanish yo’llari, fan, texnika va sanoatdagi ahamiyati, atrof-muhit ob’ektlari ekologik muammolarini ko’rsatib berishdan iborat. Kimyoviy analizning metrologik asoslari Asosiy metrologik tushunchalar va tavsiflar: o’lchash, o’lchash usullari va asboblari. O’lchash natijalariniing haqiqiyligini ta’minlaydigan asosiy prinsiplar va uslublar. Kimyoda matematik ifodalar, metrologik tushunchalar va tavsiflar. Analizdagi xatoliklar klassifikatsiyasi: sistematik, tasodifiy, qo’pol, absolyut va nisbiy xatoliklar. Analizning asosiy bosqichlari. Analiz uchun usul tanlash va analiz sxemasini tuzish. Analiz usulining asosiy tavsiflari: natijalarning to’g’riligi va takrorlanuvchanligi, sezgirlik koeffitsienti, miqdoriy aniqlashning qo’yi va yuqori chegaralari. O’lchash natijalarini matematik statistika yo’li bilan qayta ishlash. O’rtacha qiymat, dispersiya, standart chetlanish, nisbiy standart chetlanish, qayta takrorlanuvchanlik, aniqlik darajasi, extimollik chegarasi va intervali. Kimyoviy analiz usulining asosiy tavsiflari. Sezgirlik, qayta takrorlanuvchanlik, sezgirlik koeffitsienti, Styudent koeffitsienti, ishonchlik extimolligining funksiyasi, ishonchlilik chegarasi, aniqlik, tanlanuvchanlik. Dispersiya, taqsimlanish mezoni, normal taqsimlanish qonuni. Regression analiz metodi, graduirovkali grafik chizish uchun matematik statistika usulidan foydalanish. To’g’rilikni aniqlash usullari: standart namunalardan foydalanish, qo’shimchalar metodi, namuna tortimini o’zgartirish usuli, boshqa usullar bilan solishtirish va hokazo. Darajali grafik tenglamasini tuzishda kichik kvadratlar usulidan foydalanish, qo’shish usulari torimni o’zgartirish usuli, boshqa metodlar bilan solishtirish usullari. Standart namunalar tayyorlash, shahodatlar va ulardan foydalanish. Analitik laboratoriyalarni metrologik shahodatlashdan o’tkazish. Namuna olish va namuna tayyorlash nazariyasi va amaliyoti. Analizga birlamchi namuna olish. Namuna va analiz ob’ekti. Gomogen va geterogen tarkibli namunalar olish. qattiq suyuq va gaz holatdagi moddalardan o’rtacha namuna olish usullari. Namunani analiz qilinadigan shaklga o’tkazish, bosim va harorat ta’sirida parchalash va hok. Download 81.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling