Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etish uchun laboratoriya jurnali bo’lishi mumkin


Tozaligiga ko’ra reagentlar 6 turga bo’lingan


Download 81.44 Kb.
bet4/14
Sana18.12.2022
Hajmi81.44 Kb.
#1029322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etis

Tozaligiga ko’ra reagentlar 6 turga bo’lingan



Reagent

Belgisi

Ifloslikni foiz miqdori

1

Texnik

“t”

1

2

Tozalangan

“o”

0,1

3

Toza

“ch”

0,01

4

Tahlil uchun toza

“ch.d.a”

0,001

5

Kimyoviy toza

“x.ch”

0,001

6

Juda toza

“osobo chist”

10-4–10-5

Tahlil turlarining tasnifi
Analitik kimyoda maqsadga ko’ra moddalarni element, funksional, molekulyar va fazoviy holatlari tahlil etiladi:
Element tahlilda–moddaning tarkibida qanaqa elementlar va qanday nisbatlarda borligi aniqlanadi. 
Funksional tahlilda–turli funksional guruhlar amino–NH2, nitrito–NO2-, karbonil С=O, karboksil COOH, gidroksil OH va boshqa guruhlar borliga aniqlanadi.
Molekulyar tahlilda–murakkab modda (ashyo)ning molekulyar tarkibi aniqlanadi.
Fazoviy tahlilda–tahlil etilayotgan tizimni fazoviy tarkibi (qattiq, suyuq, gaz, kristall, amorf) qismlari ochiladi va aniqlanadi.
Farmatsevtik tahlilda dori vositalari sifat va miqdoriy tarkibifarmakopik usullari ya’ni davlat tomonidan tasdiqlangan Farmakopik maqolalari–umumdavlat standartlar to’plamida keltirilgan analitik reaksiyalar vositasida, nazorat etiladi. Farmakopik maqolasi ishlab chiqilmagan biror dori ishlab chiqarishga tavsiya etilmaydi.
Tahlil uchun olingan namuna massasi (eritma hajmi)ga ko’ra tahlilni
quyidagi turlari mavjud



Tahlil usuli

Massa, g

Hajmi ml

1

Gramm (makro-usul)

1 – 10

10 – 100

2

Detsi-santi gramm (yarim-mikro)

0,05 – 0,5

1 – 10

3

Milli mikrogramm (mikro usul)

10-3 – 10-6

10-1 – 10-4

4

Mikro-nonogramm tahlil (ultramikro usul)

10-6 – 10-9

10-4 – 10-6

Analitik reaksiyani bajarish uslubiga ko’ra:
1.Quruq usul: – quruq tuzlarda bajariladi
a) Alangani bo’yalish reaksiyasi: Na+ – sariq, Sr2+ – qizil, K+ – binafsha ranglarga alangani bo’yaydi.
b) Quruq tuzlarni maydalash
FeCl3 + 3NH4SCN → 3NH4Cl + Fe(SCN)3 qizil
2.Ho’l usulda tuzlarni suvdagi eritmalari o’zaro ta’sir etiladi:
BaCl2 + Na2CO3 → 2NaCl + BaCO↓ oq
BaCO3↓ + 2CH3COOH → Ba(CH3COO)2 + H2CO3
NaHCO3 + CH3COOH → CH3COONa + H2O + CO2
och havorang CuSO4 + 4NH4ON → 4H2O + [Cu(NH3)4]SO4 yorqin ko’k
tahlilni tomchi, mikrokristalloskopik va boshqa usullari ham mavjud.
Reaksiyalarni bajarish tartibiga ko’ra:
1) Tizimli tahlilda – guruh reagenti ta’sirida murakkab aralashma ionlarning ayrim guruhlariga ajratib, so’ngra ma’lum izchillik, tartibda ochiladi.
2) Karsli tahlilda – izlanayotgan ion eritmaning ayrim bir ulushi (qismidan) maxsus yoki selektiv reagent vositasida istalgan tartibda ochiladi.
Analitik reaksiyaning sezgirligi
Reagent analitik samara berishi uchun kifoya etadigan ochiluvchi ionning minimal (eng kichik) konsentratsiyasi analitik reaksiyaning sezgirligi deyiladi.
Masalan: 1g K+ ionni 13000 ml (13 litr) suvdagi eritmasi 2-3 tomchisiga 1 tomchi natriy geksanitrokobaltat tomizilsa sariq Cho’kma hosil bo’ladi (1 : 13000)
2K+ + Na+ + [Co(NO2)6]3+ → K2Na[Co(NO2)6]↓ sariq
bundanda suyultirilgan eritmada analitik samara kuzatilmaydi.
K+ ionini uzum kislotasining nordan tuzi eritmasi bilan ochish K+ ionini konsentratsiyasi 13 barovar ko’p ya’ni 1000 ml suvda 1g K+ mavjud bo’lganda ham, analitik samara, oq cho’kma hosil bo’ladi, undan kichik konsentratsiyada analitik samara kuzatilmaydi
K+ + HC4H4O6- → KHC4H4O6↓ 1 : 1000
Binobarin birinchi reaksiya ikkinchisiga nisbatan 13 marta sezgir.
Analitik reaksiyaning sezgirligi uzviy bog’langan to’rt o’lchamlarda ifodalanadi.
1.Ochish minimum – m (mkg) chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmida ochilishi mumkin bo’lgan modda (ion)ning mikrogrammlarda ifodalangan minimal massasi (1 mkg = 10-6 g).
2.Minimal hajm Vmin – chegaraviy suyultirilgan eritmaning analitik samara kuzatilishiga kifoya etadigan eng kichik hajmi.
3.Chegaraviy konsentratsiya, Clim–ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo’lgan ionning g/sm3 birlikda ifodalangan eng kichik konsentratsiyasi.
4.Suyultirish chegarasi, W-tarkibida bir gramm ochiluvchi ion tutgan, chegaraviy suyultirilgan, eritmaning maksimal hajmi, sm3/g birlikda ifodalanadi Clim = 1/W.
Analitik reaksiyaning to’rtta o’lchami o’zaro quyidagicha bog’langan:
m = Clim · Vmin · 106 = Vmin · 106/W
Masala: Ammoniy NH4+ kationini spetsifik reaksiyasi tarkibida 2,5·10-3 mkg NH4+ bo’lgan bir tomchi, ya’ni 0,05 ml, eritmada analitik samara beradi (ishqor ta’sir etilsa ammiak ajraladi). Reaksiyani chegaraviy Clim konsentratsiyasini va suyultirish chegarasi W hisoblang.
Echish: Clim = m/Vmin · 106 = 2,5 · 10-3/0,05 · 106 = 5 · 10-8 g/sm
W = 1/Clim = 1/5 · 10-8 g/sm3 = 1 : 2.000.000 ml yoki W=1g (NH4+) : 2000 litrda
Analitik reaksiyaning samarasiga ta’sir etuvchi omillar
Analitik reaksiya samarasiga harorat, muhit, halaqit beruvchi ionni niqoblovchi moddalar ta’sir etadi.
Misol: 1) K+ + HC4H4O6- → KHC4H4O6 ↓ reaksiyasida, neytral muhitda, probirka devorlarini ichki tomonidan shisha tayoqcha bilan ishqalab, sovutilgandagina tegishli samara, oq kristall Cho’kma, hosil bo’ladi.
2) K+ kationini natriy kobaltonitrit bilan ochishda, o’xshash samara bergani sababli, xalaqit beruvchi NH4kationini niqoblash formalin ta’sirida hosil bo’lgan kislotani soda bilan neytrallab bajariladi
4NH4Cl + 6CH2O → (CH2)6N4 + 4HCl + 6H2O
4HCl + 2Na2SO3 → 4NaCl + 2H2O + 2SO2

Download 81.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling