Kimyoviy laboratoriyada texnika xafsizligi qoidalari, I guruh kationlari kaliy, natriy, ammoniyning analitik reaksiyalari.
Reaktivlar:
Ammoniy, natriy, kaliyning nitratli yoki xloridli tuzlarining eritmalari
Maxsus eritmalar:
- kaliy geksagidroksostibat va kaliy xloridning to’yingan eritmasi
- natriy geksanitrokoboltat (III)ning yangi tayyorlangan eritmasi
- natriy qo’rg’oshinli geksanitrokuprat (II) eritmasi
- Nessler reaktivi
Etanol
Formalin
Fenolftaleinning 0,1%li spirtdagi eritmasi
Kaliy, natriy, ammoniy quruq tuzlari
Qizil lakmus qog’ozi
I ANALITIK GURUH KATIONLARNING REAKSIYALARI
I guruh kationlarining guruh reagenti yo’q. Kaliy, natriylarni uchuvchan tuzlari alangani bo’yaydi.
Analitik reaksiyalarni bajarganda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
Cho’kmani hosil bo’lishi, Cho’kmaning rangi, gaz hosil bo’lishi, rangli eritmani hosil bo’lishi yoki yo’qolishiga;
Reaksiyani bajarish sharoitiga: kislotali muhit, isitish, organik reaktiv qo’shish va boshqalar;
Hosil bo’lgan Cho’kmaning eruvchanligiga: kislota va ishqor ta’sirini o’rganish;
Bir kationni ochishda, ikkinchisi xalaqit bersa, ularga sharoit tanlab aniqlash;
Reaksiyaning sezgirligini aniqlash.
NATRIY KATIONINING ANALITIK REAKSIYALARI Na+ (2s22p6)
Rux uranilatsetat bilan mikrokristalloskopik reaksiyasi (farmakopik usuli)
Natriy ioni sirka kislotali sharoitida rux uranilatsetat bilan sariq kristall Cho’kmani hosil qiladi:
Na++Zn2++3UO22++9CH3COO-+9H2O=NaZn(UO2)3(CH3COO)9 ·9H2O (ch)
Do'stlaringiz bilan baham: |