Moddaning tahlili – deganda turli (kimyoviy, fizikaviy) usullar yordamida moddaning kimyoviy tarkibiga doir ma’lumotlarni to‘plab tahlil etish tushuniladi.
Tahlil asosini tashkil etuvchi tamoillar: bayoni tahlil usulini tashkil etadi.
Tahlilning bajarilish tartibi – reaksiya sharoiti, harorati kabi omillar bayoni, tahlil uslubi deyiladi.
Analitik kimyo farmatsevtik, toksikologik farmakognoziya va dori vositalari texnologiyasi kabi mutaxassislik fanlarga zamin tayyorlaydi.
Analitik kimyo 3 tarkibiy qismi:
Sifat, miqdoriy va uskunaviy tahlil usullaridan iborat bo‘lib, uskunaviy usul dastlabki ikkala usulda xam qo‘llanadi.
Kimyoviy sifat tahlilning maqsadi – modda tarkibidagi element, ion, atomlar guruxi, molekulalarni ochish – ya’ni mavjudligini isbotlash.
Kimyoviy miqdoriy tahlilning maqsadi – moddaning miqdoriy tarkibi, ya’ni undagi element (ashyodagi moddalar) miqdoriy nisbatlarini aniqlashdan iborat.
Uskunaviy usullarda moddaning sifat va miqdoriy tarkibi fizik asboblar vositasida modda (ashyo) fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish asosida bajariladi.
2. Analitik reaksiya va reagent haqida tushuncha
Biror tashqi belgi – cho‘kma yoki gaz ajralishi, cho‘kmani erishi, rang o‘zgarishi kabi tashqi samara bilan boradigan reaksiyalar analitik reaksiya deyiladi (3- rasm).
3- rasm
Eritmadan izlanuvchi ionni ochish uchun ishlatiladigan reaktiv – reagent deb ataladi. Reagentlar (reaksiyalar) uch turga bo‘linadi[2]:
a) Spetsifik (maxsus) reagent murakkab aralashmadagi faqat bitta iongagina xos tashqi samara beradi – NH4+ + OH- → H2O + NH3↑
b) Selektiv reagent (yoki reaksiya) tashqi belgisi, xalaqit beruvchi ionlar bo‘lmaganda, ayrim ionlargagina xos bo‘ladi
2Ag++ CrO43- → 2Ag2CrO4↓ to‘qsariq (Ba2+, Pb2+, Sr+2 lar) uchun sariq cho‘kma
v) Guruh reagenti (reaksiya)ning tashqi belgisi ionlar guruxi uchun bir xil bo‘ladi. Aq+, Hq22+, Pb2+ kationlar guruhi xlorid ionlar bilan bir xil oq rangli cho‘kma hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |