Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etish uchun laboratoriya jurnali bo’lishi mumkin


Download 81.44 Kb.
bet14/14
Sana18.12.2022
Hajmi81.44 Kb.
#1029322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etis

6. Kationlar tasnifi
Kation va anionlarning tahlili ularning tasnifiga ko‘ra bajariladi. Analitik kimyodan dastlabki darslikni yozgan prof. Menshutkin taklif etgan, mumtoz – sulfidli, klassifikatsiya kationlarni sulfid ioni bilan hosil qilgan sulfidlari hossalarini farqiga asoslangan. Bu tasnifda gurux reagenti sifatida zaharli N2S eritmasi qo‘llanishi sababli hozirgi vaqtda sifat tahlil, kationlarni kislota-asos xossalariga ko‘ra tuzilgan tasnif asosida bajariladi.
Kationlarning kislota-asos tasnifi

Gurux

Kationlar

Gurux reagenti

Gurux nomi

Cho‘kma xossalari

I

Na+ K+ NH4+

Yo‘q





II

Ag+ Pb2+ Hg2

HCl

Xloridlar

Xloridlari suvda
erimaydi

III

Ca2+, Sr2+, Ba2+, (Pb2+)

2n H2 SO4

Sulfatlar

Sulfatlari suvda erimaydi

IV

Al3+ Zn2+ Cr3+

2n NaOH+H2O2

Amfolitlar

Gidroksidlari suvda eri-maydi, lekin ishqorning mo‘l miqdorida eriydi

V

Mq2+ Mn2+ Fe2+ 
Fe3+ Bi3+

NaOH yoki
NH4OH

Gidroksidlar

Gidroksidlari suvdava ishqorning mo‘l miqdorida ham erimaydi

VI

Co2+, Ni2+, Cu2+ 
Cd2+, Hg2+

Konsentrik
ammiak

Ammiakatlar

Gidroksidlari konsentrlangan ammiakda eriydi

Nazorat savollari
1. Analitik kimyo fani, uning maqsadi, vazifalari
2. Analitik reaksiya, kasrli, tizimli, makro va mikro taxlil tushunchalarini izoxlang
3. Ionlarning analitik tasnifining asosi
4. Sifat taxlililning kislota-asos usulida guruh reagentlari sifatida qanday moddalar qo‘llaniladi, I guruh kationlarini ayting.
5. Maxsus, selektiv va guruh reagenti, reaksiyalarini ta’riflang.
6. Analitik reaksiya sezgirligi nima bilan tavsiflanadi. Aniqlanish chegarasi, chegaraviy suyultirish, chegaraviy konsentratsiya nima?
7. Ammoniy nitrat va ammoniy xlorid tuzlarining termik parchalanishi reaksiya tenglamalarini yozing.
8. Dorivor modda sifatida I guruh kationlarining qaysi tuzlari
9. “Nazorat tajriba”si nima va u qanday bajariladi?
Mustaqil yechish uchun masala

  1. Natriy kationini suvdagi eritmadan ruxuranil atsetat bilan mikrokristalloskopik reaksiya:

Na+ + Zn[(UO2)3(CH3COO)8]+ CH3COO-+ 9H2O →
NaZn[(UO2)3(CH3COO-)9]∙ 9H2O
vositasida Vmin = 0,05 ml hajm eritmadan ochish minimumi m = 0,125 mkg = 0,125 γ. Suyultirish chegarasini hisoblang. (Javobi: 4∙105 ml/g).
2. Kaliy Kkationini geksaxlorplatinat – ioni bilan sariq rangli kaliy geksaxlorplatinat cho‘kmasini xosil qilish
2K+[PtCl6]2-→ K2[PtCl6]↓
reaksiyasining suyultirish chegarasi 1·10ml/g.Agar chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmi Vmin = 0,05 ml bo‘lsa shunday eritmadan kaliy kationini ochish chegarasi m ni hisoblang. (Javobi: 5 mkg =5 γ).
Download 81.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling