SIFAT TAHLILIGA KIRISH. ANALITIK REAKSIYALARNI AMALGA OSHIRISH SHART-SHAROITLARI. ANALITIK REAKSIYALAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
Sifat tahlilga ingliz olimi Boyl, miqdoriy tahlilga M.V. Lomonosov asos solgan.
Moddaning tahlili – deganda turli (kimyoviy, fizikaviy) usullar yordamida moddaning kimyoviy tarkibiga doir ma’lumotlarni to’plab tahlil etish tushuniladi.
Tahlil asosini tashkil etuvchi tamoillar: bayoni tahlil usulini tashkil etadi.
Tahlilning bajarilish tartibi–reaksiya sharoiti, harorati kabi omillar bayoni, tahlil uslubi deyiladi.
Analitik kimyo farmatsevtik, toksikologik farmakognoziya va dori vositalari texnologiyasi kabi mutaxassislik fanlarga zamin tayyorlaydi.
Analitik kimyo 3 tarkibiy qismi:
Sifat, miqdoriy va uskunaviy tahlil usullaridan iborat bo’lib, uskunaviy usul dastlabki ikkala usulda ham qo’llanadi.
1.Kimyoviy sifat tahlilning maqsadi–modda tarkibidagi element, ion, atomlar guruhi, molekulalarni ochish–ya’ni mavjudligini isbotlash.
2.Kimyoviy miqdoriy tahlilning maqsadi–moddaning miqdoriy tarkibi, ya’ni undagi element (ashyodagi moddalar) miqdoriy nisbatlarini aniqlashdan iborat.
3.Uskunaviy usullarda moddaning sifat va miqdoriy tarkibi fizik asboblar vositasida modda (ashyo) fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish asosida bajariladi.
Analitik reaksiya va reagent haqida tushuncha
Biror tashqi belgi–Cho’kma yoki gaz ajralishi, Cho’kmani erishi, rang o’zgarishi kabi tashqi samara bilan boradigan reaksiyalar analitik reaksiya deyiladi.
Eritmadan izlanuvchi ionni ochish uchun ishlatiladigan reaktiv–reagent deb ataladi. Reagentlar (reaksiyalar) uch turga bo’linadi
a) Spetsifik (maxsus) reagent murakkab aralashmadagi faqat bitta iongagina xos tashqi samara beradi–NH4+ + OH- → H2O + NH3↑
b) Selektiv reagent (yoki reaksiya) tashqi belgisi, xalaqit beruvchi ionlar bo’lmaganda, ayrim ionlargagina xos bo’ladi
2Ag++ CrO42- → 2Ag2CrO4↓ to’q sariq (Ba2+, Pb2+, Sr+2 lar) uchun sariq Cho’kma
v) Guruh reagenti (reaksiya)ning tashqi belgisi ionlar guruhi uchun bir xil bo’ladi. Ag+, Hg22+, Pb2+ kationlar guruhi xlorid ionlar bilan bir xil oq rangli Cho’kma hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |