Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etish uchun laboratoriya jurnali bo’lishi mumkin


Download 81.44 Kb.
bet7/14
Sana18.12.2022
Hajmi81.44 Kb.
#1029322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etis

Reaksiyani bajarish:
Buyum oynachasiga 1 tomchi natriy tuzining eritmasidan tomizib, ustiga 1 tomchi ruxuranilatsetat eritmasidan tomiziladi. 1-2 minutdan keyin mikroskop ostida tetraedrik yoki oktaedrik shakldagi kristallarni ko’rish mumkin.
Kaliy geksagidroksostibat (V) bilan mikrokristalloskopik reaksiyasi
Kaliy geksagidroksostibat (V) K[Sb(OH)6] neytral, kuchsiz kislotali yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda natriy ioni bilan mayda kristallik Cho’kmani hosil qiladi:
Na++[Sb(OH)6]-= Na[Sb(OH)6](ch)
Litiy va ammoniy ionlari reaksiya olib borishga xalaqit beradi. Nitrat ioni kristall Cho’kmani hosil bo’lishini sekinlashtiradi. Kuchli kislotali sharoitda oq amorf Cho’kma meta surma kislotasi hosil bo’ladi.
Reaksiyani bajarish:
Buyum oynasiga 1 tomchi natriyning eritmasidan tomizib, ustiga bir tomchi K[Sb(OH)6] eritmasidan tomizing, 2-3 min so’ng mikroskop ostida kristall shakllarni kuzating. Kristall shaklini laboratoriya jurnaliga chizing.
Natriyning uchuvchan tuzlari gaz gorelkasining alangasiga tutilganda , alanga sariq rangga bo’yaladi (farmakopik usuli), reaksiya sezgirligi yuqori.
Reaksiyani bajarish:
Natriy xloridni bir nechta kristalldan nixrom simiga olib, gaz gorelkasiga tutiladi. Alanga sariq rangga bo’yaladi.
KALIY KATIONNING ANALITIK REAKSIYALARI K+ (3S23P6)
Natriy geksanitrokobaltat (III) (NGNK) bilan reaksiyasi (farmakopik usuli)
Kaliy kationi NGNK bilan sirka kislotali yoki neytral sharoitda sariq Cho’kmani hosil qiladi:
2K++Na++[Co(NO2)6]3-=K2Na[Co(NO2)6](ch)
Reaksiyani bajarish:
Probirkaga 1-2 tomchi kaliy tuzining eritmasiga Na3[Co(NO2)6] eritmasidan 1-2 tomchi tomizing. Sariq rangli mayda kristallik Cho’kma hosil bo’ladi. Reaksiyani bajarishda ammoniy va litiy kationlari xalaqit beradi.

Download 81.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling