Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etish uchun laboratoriya jurnali bo’lishi mumkin


Download 81.44 Kb.
bet9/14
Sana18.12.2022
Hajmi81.44 Kb.
#1029322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etis

Nessler (K2[HgI4] va KOH aralashmalari) reaktivi bilan reaksiyasi
Nessler reaktivi bilan ammoniy ioni qizil-qo’ng’ir Cho’kma hosil qiladi:
NH4++2[HgЈ4]2-+4OH-=[OHg2NH2]J(t)+7Ј-(q)+3H2O
Sezgir reaksiya bo’lib, juda kam miqdordagi ammoniy ionini ochish mumkin. Reaksiyaga og’ir metall tuzlari xalaqit beradi.
Reaksiyani bajarish
Probirkaga 1-2 tomchi ammoniy tuzi eritmasidan olib, 2 tomchi Nessler reaktividan tomizing (bu reaksiyani buyum oynachasida ham bajarish mumkin) qizil-qo’ng’ir Cho’kma hosil bo’ladi. Agar ammoniy ioni kam bo’lsa, eritma sariq yoki qo’ng’ir rangga bo’yaladi.
Nazorat eritmasi
I guruh aralashmasining tahlili
Nazorat eritmasi probirka yoki shisha idishda berilishi mumkin. Eritma yaxshilab aralashtirilib, 2 qismga bo’linadi: birinchi qismdan tahlil bajariladi, ikkinchisi nazorat uchun olib qo’yiladi. 1 jadval asosida tahlil ammoniy ionlarini xususiy reaksiyalari bilan aniqlashdan boshlanadi. Ion 2-3 reagentlar bilan ijobiy natija bergan holdagina aniqlangan hisoblanadi. Ikkilanish bo’lganda «nazorat tajriba»si o’tkaziladi, ya’ni aniqlanuvchi ion bilan anologik reaksiya o’tkazilib, natijalar solishtiriladi. Tahlil jarayonida quyidagi shaklda tahlilnoma rasmiylashtiriladi:
NH4+ bo’laklash usulida ochish
2-3 tomichi tekshiriluvchi eritma forfor kosachasiga solinadi va 3-5 tomchi ishqor qo’shiladi. Stakancha tubiga ho’l lakmus yoki fenolftaleinli filtr qog’ozi joylashtirilib, fosfor kosachaga to’nkarib qo’yiladi, suv hammomida isitiladi. Indikator rangini o’zgarishi-lakmusni ko’karishi fenolftaleinni qizarishi NH4+ ioni borligiga bildiradi.
NH4+ ni yo’qotish
1-usul: -ammoniy tuzlarini termik parchalash: 15-20 tomchi dastlabki eritma quruq qoldiq qolguncha mikrotigelda porlatiladi. Qoldiq 5-10 min davomida qizdirilib sovitilgandan so’ng 8-10 tomchi distillangan suv qo’shib eritiladi. NH4+ ionlarini yo’qotish to’liq bo’lganligini tekshirish uchun eritmadan buyum oynasiga 1-2 tomchi tomizilib, ustiga Nessler reaktivi qo’shiladi. Agar qizil-qo’ng’ir rangli Cho’kma hosil bo’lsa, yuqoridagi ish yana takrorlanadi.
2-usul:-ammoniy ionlarini formalin yordamida geksametilentetramin (urotropin)ga bog’lash:
4NH+ 6CH2O=(CH2)6N4+6H2O
4NH4++4OH-+6CH2O=(CH2)6N4+1OH2O

Download 81.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling