Ish Toshkent 2023 fuqarolik


Download 380.5 Kb.
bet6/11
Sana16.11.2023
Hajmi380.5 Kb.
#1781360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sug\'urta shartnomasi bo\'yichapdf368

Qarz oluvchining huquqlari:

  1. Kredit mablagʻlari ajratilguniga qadar kredit olishdan bepul asosda voz kechish.

  2. Kredit mablagʻlarini muddatidan oldin qaytarish.

  3. Kredit qarzorliklari boʻyicha Kreditor maʼlumotlar olish.

  4. Kreditlash va hisob-kitoblar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Kreditorning ichki meʼyoriy hujjatlaridagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar olish.




    1. HISOB-KITOBLAR TARTIBI

    1. Kreditor kreditni mazkur shartnomada koʻrsatilgan shartlar asosida Qarz oluvchining talab qilib olingunicha hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan ajratadi.

    2. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar har kuni Kreditor tomonidan hisoblab boriladi.

    3. Qarz oluvchi tomonidan kredit va foizlarni qoplash uchun amalga oshirilgan toʻlovlar quyidagi navbatda kreditni soʻndirishga yoʻnaltiriladi:

  • neustoyka;

  • muddati oʻtgan kredit foizi;

  • muddati oʻtgan kredit boʻyicha asosiy qarz;

  • muddatli kredit foizi;

  • muddatli kredit boʻyicha asosiy qarz.




    1. KREDIT QAYTARILISHINING TAʼMINOTI VA UNI RASMIYLASHTIRISH




    1. Mazkur shartnoma asosida ajratilgan kredit Kredit qaytarilishini taʼminlashning qanday usuli qoʻllanadi bilan taʼminlanadi.

    2. Kreditor Qarz oluvchidan kredit qaytarilishi uchun qoʻshimcha taʼminot talab qilish huquqiga ega.

    3. Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishi uchun turli taʼminot turlari qabul qilinishi mumkin.

    4. Undiruvni taʼminot predmetiga qaratishga toʻgʻri kelganda, Kreditor oʻz xohishi bilan undiruvni taʼminotning xohlagan bir turiga yoki hammasiga qaratishga haqli.

    5. Kredit boʻyicha majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq barcha harajatlar Qarz oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.

    6. Qarz oluvchi kredit taʼminotini kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan miqdorda ushlab turish majburiyatini oladi.

    7. Kreditor ushbu shartnoma boʻyicha majburiyati kredit olish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlar, xususan kredit qaytarilishining taʼminlanishini belgilovchi hujjatlar belgilangan tartibda toʻliq rasmiylashtirilgandan va ular olingandan soʻng taʼminlaydi.





    1. Download 380.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling