Ish Toshkent 2023 fuqarolik
Download 380.5 Kb.
|
sug\'urta shartnomasi bo\'yichapdf368
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUD MAJLISI BAYONNOMASI
- Raislik qiluvchi Sud majlisi kotibi
- ANIQLADI
- QAROR QILADI
- Raislik etuvchi: H.Damirov
DAVOGARGA:
SUD MAJLISI BAYONNOMASIKattaqo’rg’on shahar 2023 yil “9”-oktabr 2-220-221-20-sonli ish O‘zbekiston Respublikasi Kattaqo’rg’on tumanlararo fuqarolik sudi, sudya H.Damirov raisligida, sudya yordamchisi J.Xurramov kotibligida, arizachi Savdo Sanoat Palatasi “MY INSURANCE” sug’urta kompaniyasi manfatida javobgar Xushnud Akramov Aliyevichga nisbatan kiritgan regress tartibda qarzni undirish haqidagi arizasi yuzasidan qo‘zg‘atilgan fuqarolik ishni Savdo Sanoat Palatasi vakilisiz va taraflar ishtirokisiz o‘z binosida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqmokda. Raislik qiluvchi sud majlisini ochib, qanday ish ko‘rilayotganini eʼlon qildi hamda arizachi vakilining sud majlisiga kelgan-kelmaganliklarini, ularning kelmagan taraflar tegishli ravishda xabardor vakolatlarini, sud majlisiga qilinganliklarini, shuningdek ular kelmaganligining sabablari to‘g‘risida qanday maʼlumotlar borligini tekshirdi. Arizachi vakili sud tarkibi va sud majlisi kotibiga raddiyalari yo‘qligini, sud majlisini olib borishda sudga ishonishligini maʼlum qilishdi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi FPkining 40-moddasida ko‘rsatilgan protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirdi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok utuvchilarga sud majlisini olib borish tartibini tushuntirdi. Raislik qiluvchi ishni mazmunan ko‘rib chiqishdan oldin, ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ish yuzasidan ariza va iltimosnomalari bor-yo‘qligini tekshirdi. Iltimosnomalar bo‘lmadi. Raislik etuvchi arizachining iltimoslari bor yo’qligini tekshirdi. Sud majlisida Arizachi ariza kelmaganligi va talablarini qo‘llab-quvvatlab, arizani to‘liq qanoatlantirib berishni so‘raganligi aniqlandi. Raislik qiluvchi arish materiallarini tahlil qilib, sud muzokarasini tugatib, maslahatxonaga chiqib ketdi. Maslahatdan so‘ng raislik qiluvchi mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatining xulosa qismini o‘qib eshittirdi hamda uning ustidan shikoyat qilish muddati va tartibini tushuntirib, sud majlisini yopiq deb eʼlon qildi. Sud majlisi bayonnomasi FPKning 277-278-moddasi talablari asosida tuzildi. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN HAL QILUV QARORI2023-yil oktyabr oyining 3 kunida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining ochiq sud majlisi o‘z binosida bo‘lib, sud tarkibi Raislik etuvchi, sud raisi: H.Damirov Sudya yordamchisi J.Xurramovning kotibaligida, daʼvogar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi “MY INSURANCE” MCHJning manfaatini ko‘zlab javobgar Xushnud Akramovga nisbatan qarzdorlikni regress tartibda undirish to‘g‘risidagi daʼvo arizasi bo‘yicha yuritilgan 3-1007-2001/2307-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, sud quyidagilarni ANIQLADI:Sudga, daʼvogar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi “MY INSURANCE” MCHJning manfaatini ko‘zlab daʼvo ariza bilan murojaat qilib, unda Xushnud Akramov bilan “AFROBank” ATB o‘rtasida kredit shartnomalari bo‘yicha kreditni to‘lanmasligini sug‘urtalash haqida sug‘urta shartnomasi tuzilganligini, unga ko‘ra sug‘urtalovchi sug‘urta xodisasi yuzaga kelganda, sug‘urta qildiruvchiga yetkazilgan zararni bosh shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va miqdorda qoplab berish majburiyatini olganligini, javobgarga kredit shartnomasiga asosan “AGROBank” ATB tomonidan kredit ajratilganligini, javobgar tomonidan to‘lanmagan 34140 546 (o'ttiz to'rt million bir yuzi qirq ming besh yuzi qirq olti) so'm kredit qarzdorligini “MY INSURANCE” sug’urta kompaniyasi bankka to‘lab berganligini bildirib, suddan daʼvogar “MY INSURANCE foydasiga javobgar Xushnud Akramovdan regress tartibida 34140 546 (o'ttiz to'rt million bir yuzi qirq ming besh yuzi qirq olti) so'mni va oldindan to‘langan pochta harajatini undirib berishni so‘ragan. Ishda, daʼvogar O‘zbekiston Respublikasi Savdo- sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va Abdullayev Shuxratjon fuqarolik ishini o‘zlarining ishtirokisiz ko‘rib chiqishni so‘raganligini inobatga olib, ishni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 220-moddasi 4- bandi tartibida ularning ishtirokisiz ko‘rib chiqish lozim topdi. Ish bo‘yicha javobgar Xushnud Akramov tegishli tartibda sud vaqti va joyi haqida xabardor qilingan bo‘lsa- da uzrsiz sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmadi. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 220-moddasi 3-qismiga ko‘ra, taraflar kelmaslik sabablari to‘g‘risida sudni xabardor qilishi va bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etishi shart. Agar javobgarning kelmaganligi sabablari to‘g‘risida maʼlumotlar mavjud bo‘lmasa yoki sud kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoxud javobgar ish yuritilishini qasddan cho‘zayotgan bo‘lsa, sud ishni ko‘rishga haqli. Shu sababli sud ushbu ishni mazkur qonun talablaridan kelib chiqib javobgar Xushnud Akramovni ishtirokisiz ko‘rishni lozim deb hisoblaydi. Sud, ishdagi mavjud hujjat va dalillar bilan atroflicha muhokama qilib, quyidagilarga ko‘ra, daʼvogarni daʼvosini qanotlantirishni lozim topdi. Fuqarolik ishi hujjatlariga qaraganda, “AGROBank” ATB bilan “MY INSURANCE” MCHJ o‘rtasida 2021 yil 22-iyul kunida 0100/1415/1/2000004-sonli kreditni to‘lanmasligi xavfidan sug‘urtalash shartnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra, sug‘urtalovchi sug‘urta xodisasi yuzaga kelganda, sug‘urta qildiruvchiga yetkazilgan zararni shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va miqdorda qoplab berish majburiyatini olgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 236-moddasi talablariga ko‘ra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Mazkur kodeksning 318-moddasi talablariga ko‘ra, kreditorning majburiyat bo‘yicha huquqlari boshqa shaxsga quyidagi hollarda o‘tadi: kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida; kreditor huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi sudning qaroriga muvofiq; qarzdorning majburiyati ushbu majburiyat bo‘yicha qarzdor bo‘lmagan kafil yoki garovga qo‘yuvchi tomonidan bajarilishi oqibatida; sug‘urta holati boshlanishi uchun javobgar bo‘lgan qarzdorga nisbatan kreditor huquqlarining sug‘urta qiluvchiga subrogatsiyasi (o‘tishi) natijasida; qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.”. To‘lov topshiriqnomasiga ko‘ra “MYINSURANCE” MCHJ tomonidan 2023 yil 27 iyun kuni 34140 546 (o'ttiz to'rt million bir yuzi qirq ming besh yuzi qirq olti) so'm “AgroBank” ATB hisob raqamiga o‘tkazib berilganligi ko‘rsatilgan. Ishda, “MY INSURANCE” MCHJning 2023 yil 3 sentabr kungi maʼlumotiga ko‘ra, javobgar Xushnud Akramov tomonidan 34140 546 (o'ttiz to'rt million bir yuzi qirq ming besh yuzi qirq olti) so'm qarzdorlik qoplanmaganligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 957-moddasiga ko‘ra, agar mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sug‘urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi to‘langan summa doirasida sug‘urta tovonini to‘lagan sug‘urtalovchiga o‘tadi. Biroq shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sug‘urtalovchiga o‘tishini istisno qiladigan shartlari o‘z- o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. Shuningdek, mazkur kodeksning 1001-moddasiga ko‘ra, boshqa shaxs tomonidan yetkazilgan zararni to‘lagan shaxs bu shaxsga nisbatan, to‘langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega. Sud ish holatlari va yuqoridagi qonun talablaridan kelib chiqqan holda, daʼvo arizani qanoatlantirib, “MY INSURANCE” MCHJ tomonidan sug‘urta shartnomasi asosida javobgarning bank oldida kredit qarzdorligini qoplab berganligini inobatga olib, MY INSURANCE sug’urta kompaniyasi foydasiga javobgar Xushnud Akramovdan subrogatsiya tartibida 34140 546 (o'ttiz to'rt million bir yuzi qirq ming besh yuzi qirq olti) so'm va dastlab pochta xarajatlari uchun to‘langan 33.000 so‘mni undirishni lozim topdi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 138-moddasiga ko‘ra, hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa-da, ish bo‘yicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi. Ushbu kodeksning 141-moddasi 1-qismiga ko‘ra, ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan va daʼvogar to‘lashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning ilovasidagi “Davlat boji stavkalari” miqdorining 1-qismi “a”-bandiga ko‘ra mulkiy tusdasi daʼvo arizalaridan - daʼvo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda davlat boji undiriladi. Sud javobgar Xushnud Akramovdan davlat foydasiga 330.000 so‘m davlat boji undirishlikni lozim topdi. Binobarin sud, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 220, 249-253-moddalari talabi asosida, QAROR QILADI:Daʼvogar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi “MY INSURANCE” MCHJning manfaatini ko‘zlab javobgar Xushnud Akramovga nisbatan qarzdorlikni regress tartibda undirish to‘g‘risidagi daʼvo arizasi qanoatlantirilsin. Javobgar Xushnud Akramovdan MY INSURANCE” MCHJning foydasiga 34140 546 (o'ttiz to'rt million bir yuzi qirq ming besh yuzi qirq olti) so'm va dastlab pochta harajati uchun to‘langan 33.000 so‘m undirilsin. Javobgar Xushnud Akramovdan davlat foydasiga 330.000 so‘m davlat boji undirilsin. Hal qiluv qaroridan norozi tomonlar hal qiluv qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida shu sud orqali Samarqand viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi, prokuror esa protest keltirishga haqli. Raislik etuvchi: H.Damirov
Download 380.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling