Ish turi: Oraliq nazorat O‘tkazilgan sana
Download 25.5 Kb.
|
psixologiya
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALI 3-kurs talabalari uchun Modul nomi: Huquqbuzarlik profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash psixologiyasi Ish turi: Oraliq nazorat O‘tkazilgan sana: ____._____. 2023-y. Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi:
Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘shimcha taqriz:
Tekshiruvchi imzosi:___________
_______________________ __________ Talabaning F.I.O. Kurs Modul nomi: Huquqbuzarlik profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash psixologiyasi _________________ Talabaning imzosi Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi _______________________ Ҳар пайшанба куни юртимизда ҳуқуқбузарликлар профилактикаси куни деб эълон қилинган. “Давр” МФЙ профилактика инспектори ҳам айнан пайшанба куни ўз ҳудудидаги 45-сонли умумий ўрта таълим мактабида профилактика куни муносабати билан тадбирда иштирок этди. Кун ярмида мактаб ўқувчилари учун маҳалла фаоллари, дин уламолари ва профилактика инспектори иштирокида тадбир уюштирилди. Мактабнинг фаоллари залида бўлиб ўтган тадбирда маҳалла фаоллари, дин уламолари бирма-бир минбарга чиқиб ўз маърузалари орқали ўқувчиларга керакли фикрларни бериб ўтишди. Навбат профилактика инспекторига келди. Минбарга сўзга чиққан ходим 1 минут ҳам гапирмасдан ўз гапини йўқотиб қўйди. Ушбу ҳолат тадбирда иштирок этаётган ўқувчиларнинг кулгусига ва профилактика инспекторининг изза бўлишига сабаб бўлди. Савол: Профилактика инспектори нима учун бундай ноқулай вазиятга тушиб қолди? Бунақанги вазиятларга тушмаслик учун ходимларда қандай кўникмалар бўлиши керак деб ҳисоблайсиз? Yuqoridagi holatda profilaktika inspektorining maktab o‘quvchilari oldida nutq so‘zlay olmay o‘z so‘zlarini yo‘qotib qo‘yib hammani oldida izza bo‘lganligini ko‘rdik. Jumladan, bunday holatlar hayotda ham juda ko‘p uchraganligi bois hozirgi kunda ichki ishlar organlarining obo‘sizlanishiga olib kelmoqda. Buning sababi safatida profilaktika inspektorining bilimsizligi deymizmi, o‘ziga ishonchning yo‘qligi yoki so‘z boyligining kamligi, muomala madaniyatining yo‘qligi kabi omillarni aytishimiz mumkin. Shu bilan birga bu holatda psixologiyaning ham o‘rni katta. Hodim o‘quvchilarni psixologik jihatdan nazorat qilib o‘ziga ergashtirish o‘rniga o‘zi psixologik bosim ostida qolib ketmoqda. Demak ko‘rinadiki bu yerda profilaktika inspektorida ruhiy holati yaxshi emas. Profilaktika inspektorining harakatlarini, holatini tahlil qilib, u nima uchun bunday holatga tushganligini aniqlashga harakat qilamiz. Dastlab profilaktika inspektori qaysi temperament egasi ekanligini aniqlab olamiz. Temperament o‘zi – shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emotsional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. Ya’ni temperament insonning turli vaziyatlarda narsa va xodisalarga, insonning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlar majmui hisoblanadi. Profilaktika inspektorining yuqoridagi holatga reaksiyasidan kelib chiqib biz uni ko‘proq flegmatik va melanxolik tip egasi deyishimiz mumkin. Flegmatik ma’nosi «flegma» - «balg‘am»dir, kishining tinch va harakatsizligini bildiradi. Hayot yo‘li tekis va ravon, shoshilmasdan harakat qiladigan, kamgap inson demakdir. Flegmatikning o‘ziga xos hususiyatlari: bosiq va sovuqqon; ishlarda sobitqadam va mulohazali; ehtiyotkor va andishali; kutishga qodir; kamgap va bekorga gapiraverishni istamaydigan; osoyishta, bir maromdagi, his-xayajoni yaqqol ifodalanmagan, harakat va mimikaga boy bo‘lmagan nutqqa ega; vazmin va sabr-toqatli; boshlangan ishni oxirigacha yetkazsadigan; kuchini bekorga sarflamaydigan; vujudga kelgan hayot tartibiga, ishdagi sistemaga qat’iy rioya qiladigan; tutoqib ketishdan osongina o‘zini tiyadigan; ma’qullash va tanbehlardan kam ta’sirlanadi; muloyim, o‘z sha’niga aytilgan qaltis hazillarga kechiruvchan munosabatda bo‘ladi; o‘z munosabat va qiziqishlarida barqaror; ishga bafurja kirishib, bir ishdan ikkinchisiga sekinlik bilan o‘tadi. Endi esa melanxolik tipiga to‘xtalamiz. Melanxolik «melayna xole» «qora safro» ma’nosini bildirib, kishining g‘amginligini ko‘rsatadi. Passiv, xayolparast, nutqi past va sekin, dilidagini ochiq ayta olmaydigan inson hisoblanadi. Melanxolikning o‘ziga xos hususiyatlari: uyatchan va tortinchoq; Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling