Ish turi: Oraliq nazorat O‘tkazilgan sana


Download 58.77 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi58.77 Kb.
#1554311
Bog'liq
JH


TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALI


2-kurs talabalari uchun
Modul nomi: Jinoyat huquqi
Ish turi: Oraliq nazorat
O‘tkazilgan sana: ____._____. 2023-y.


Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi:




Muammoli masalaning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va javobning to‘liqligi hamda masala mazmuniga mos kelishi

0

1

2

3

4

5


Mustaqil fikrlar, nazariy qoidalar, olimlarning ilmiy qarashlari bayon etilganligi

0

1

2

3

4

5


Huquqni qo‘llash amaliyotidagi misollar asosida ijodiy bayon qilinganligi, normativ-huquqiy hujjatlar normalaridan foydalanilganligi

0

1

2

3

4

5


Normativ-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va sharhlanganligi, shuningdek matnda grammatik, orfografik va stilistik xatolarning mavjud emasligi

0

1

2

3

4

5



Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘shimcha taqriz:

Umumiy ball

Tekshiruvchi imzosi:___________
























































_______________________ __________
Talabaning F.I.O. Kurs
Modul nomi: Jinoyat huquqi
_________________
Talabaning imzosi Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi _______________________

Kazus 3
Jinoyat huquqi sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi olimlar o‘rtasida obyekt va obyektiv tomonning tahlili nuqtai nazaridan o‘zaro suhbatlar davomida obyekt deganda moddiy dunyo ne’mati, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish natijasida bevosita ta’sir ko’rsatiladigan jonli va jonsiz narsani e’tirof etish maqsadga muvofiq deb fikr bildirgan ayrim izlanuvchilarning fikr-mulohazalari tortishuvga sabab bo‘ldi va jinoyat predmeti bilan obyektining o‘zaro farqli jihatlari borligini bildirishib boshqa olim va izlanuvchilar bu fikrlarga qo’shilib bo‘lmasligini bildirishdi.
Ushbu holatda izlanuvchi yoshlar o‘rtasidagi tortishuv yuzasidan asosli yechim bering.
Jinoyatning obyekti va uning turlarini tahlil qiling.
Bevosita obyekt tushunchasi va uning turlarini tahlil qiling, hamda fikrlaringizni misollar bilan asoslang.


Yuqorida berilgan muammoli vaziyatga yechim berishdan oldin, jinoyat nima ekanligini bilishimiz darkor. Ushbu Kodeksning 14-moddasida unga shunday ta’rif berilgan: “Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi”1. Bundan shuni anglashimiz mumkinki, jinoyat borki jazo muqarrar. Endi yuqoridagi izlanuvchilarning fikrlarini izohlashga kelsak, jinoyatning obyekti bu subyekt e’tibori qaratilgan hamda ana shu tajovuz orqali unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Boshqacha qilib aytganda, jinoyat obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabat bo‘lib, jinoyat zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan narsadir. Mazkur holatda obyektni moddiyat deb o‘ylamaslik kerak. Negaki, jinoyat obyekti bu ijtimoiy kategoriya hisoblanib, u hech qanday moddiy alomatlarga ega emas. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, jinoyat obyekti Jinoyat Kodeksi bilan qo‘riqlanadigan eng ustuvor va ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan umumlashgan holda sof ijtimoiy kategoriya bo‘lgan ijtimoiy munosabat bo‘lib, jinoyat sodir etilishi natijasida ularga zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazilishi xavfi ostida qoladi.
Insonlar o‘rtasida ularning hayoti faoliyati jarayonida vujudga keladigan aloqalar ijtimoiy munosabatlardir hamda mazkur mubosabatlar jamiyatning mavjudligi jarayonida shakllanib boradi. Yana shuni ta’kidlab o‘tishimiz zarurki, ijtimoiy munosabatlar ma’lum bir qonun-qoidalar asosida yuzaga kelmaydi, biroq qonun-qoidalar ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi, shakllanishi hamda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari bilan o‘zaro zid kelmasligiga zamin yaratishi mumkin.
Jinoyatning obyekti sifatida ijtimoiy munosabat bir qancha tarkibiy
elementlarga ega bo‘lib, ular: predmet; subyekt; ijtimoiy aloqalardan iboratdir.
Ijtimoiy munosabatlarga jinoyat obyekti sifatida bir necha belgilar xos
bo‘lib, ular yordamida jinoyat obyekti deb e’lon qilingan ijtimoiy
munosabatlarni ajratish, mohiyatini ochish, boshqa jinoyat-huquqiy kategoriyalar bilan chegarasini belgilash, shu bilan birgalikda jinoyat obyektiga yetkaziladigan zarar xususiyatini aniqlash mumkin.
Dastavval, jinoyat obyekti deb e’tirof etilgan ijtimoiy munosabatlar
o‘zida fuqarolar hamda o‘rtasida yuzaga kelgan qimmatli mezon asoslarini tasvirlaydi. Jinoyat qonunchiligi bilan himoya etiladigan obyektlarining qanchalik qattiq qo‘riqlanishiga qarab, jamiyatdagi eng muhim, birinchi darajali ijtimoiy
munosabatlarni bilib olish mumkin. Bu ko‘p jihatdan ijtimoiy
munosabatlarni muhofaza qiluvchi normalar ketma-ketligiga ham bog‘liq.
Ikkinchidan, qonun chiqaruvchi tomonidan jinoyat obyekti sifatida
faqat eng muhim, qiymati yuqori hamda davlat muhofazasiga muhtoj ijtimoiy
munosabatlar tan olinadi.
Uchinchidan, jinoyat obyekti ijtimoiy toifalanish bo‘lib, hech qanday
moddiy ahamiyatga ega emas, ya’ni jinoyat obyektini jinoyat predmetidan
farqlash mezonidir.
Eng so‘ngida esa, jinoyatning obyektiga nisbatan ta’sir etish mexanizmi
shundan iboratki, jinoyat sodir etilayotganda jinoyat obyekti sifatida
ijtimoiy munosabat parchalanib, yo‘qolib ketmay, faqatgina buziladi.
Masalan, odam o‘ldirish jinoyatida shaxs o‘ldiriladi, ammo u jinoyat
obyekti sifatida yo‘q qilib yuborilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, jinoyat obyektining subyekti jamiyatning har bir a’zosi hisoblanadi.
Jinoyat obyektining ahamiyatli tarafi shundan iboratki, u har bir jinoyatning zaruriy elementi bo‘lib, eng avvalo, aniqlanishi lozim. Jinoyat tarkibi vujugda kelishi uchun avvalo tajovuz obyekti bo‘lishi kerak. Tajovuz qilingan obyektni
to‘g‘ri aniqlash qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish hamda jinoyat tarkibini
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi, shu bilan bir qatorda, jinoiy qilmishlarni
ma’muriy huquqbuzarliklardan differensiatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Jinoyat obyekti haqiqatan zarar yetkaziladigan yoki zarar yetkazilishi
mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatni aniqlashga, ya’ni jinoyatning
ijtimoiy xavflilik darajasi hamda xususiyatini aniqlashga yordam beradi. Yana shuni qo‘shimcha qilish kerakki, jinoyat obyekti alomatlariga qarab Jinoyat Kodeksining Maxsus qismi ishlab chiqilgan. Shunga binoan, jinoyat qonunchiligini kodekslashda jinoyat obyektining o‘rnini baholamaslik mumkin emas.
Jinoyat obyektining 3 ta turi mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1). Umumiy obyekt;
2). Maxsus obyekt;
3). Bevosita obyekt.
Endi umumiy obyektga quyidagicha ta’rif beramiz – Jinoyat Kodeksi bilan himoya qilinadigan barcha ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, Jinoyat Kodeksi qamrab olgan barcha moddalar yig‘indisi orqali qo‘riqlaydigan ijtimoiy munosabatlardir. “Umumiy obyekt – alohida olingan va barcha jinoyatlar qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir2”.
Maxsus obyekt nima degan savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin: Jinoyat Kodeksi bilan qo‘riqlanadigan, mohiyati jihatidan o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘liq yoki yaqin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Ushbu obyektning ahamiyatli tarafi shundan iboratki, u Jinoyat Kodeksi Maxsus qismidagi jinoyat-huquqiy normalarni tasniflashga imkon yaratib beradi.
“Maxsus obyektli jinoyatlardan alohida ijtimoiy munosabatlar, ya’ni JK Maxsus qismining aloxida moddasi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar ajratib olinadi va buni jinoyat huquqida bevosita obyekt deb aytiladi”3. Ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabatga jinoyatning bevosita obyekti deyiladi. Mazkur obyektning 3 turi mavjud bo‘lib, ular:

  1. Asosiy bevosita obyekt;

  2. Qo‘shimcha bevosita obyekt;

  3. Fakultativ bevosita obyektlarga bo‘linadi.

Ushbu obyektning bo‘linishiga eng muhim sababi tajovuzning bir vaqtning o‘zida bir yoki bir nechta obyektga qarshi ekanligini aniqlashdan iborat ekanligidadir.
Asosiy bevosita obyekt bu ijtimoiy xavfli tajovuz bevosita qaratilgan, Jinoyat Kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Bunga misol qilib JK 169-moddasi “O‘g‘rilik”ni olsak bo‘ladi. Mazkur moddada asosiy bevosita obyekt – o‘zga shaxsning mulk huquqi hisoblanadi.
Qo‘shimcha bevosita obyekt – yuqorida keltirib o‘tilgan asosiy bevosita obyekt bilan bir vaqtning o‘zida tajovuzga uchraydigan Jinoyat Kodeksi bilan himoya qilinadigan qo‘shimcha boshqa bir ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Bunga ham JK 169-moddasi “O‘g‘rilik”ni misol qilib olamiz, ya’ni shaxsning hayot, ya’ni shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘I hisoblanadi. Bunda aybdor mulkka ziyon yetkazishda mulkdorning mulk huquqlari bilan bir qatorda uning hayoti yoxud so‘g‘lig‘iga ham zarar yetkazadi. Ushbu obyekt murakkab tarkibli jinoyatlarda mavjud bo‘lib, doimo asosiy bevosita obyekt bilan birgalikda ishtirok etadi.
Asosiy bevosita obyekt bilan bir vaqtda ijtimoiy xavfli tajovuzga uchraydigan yoki uchramasligi ham mumkin bo‘lgan Jinoyat Kodeksi bilan himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlarga fakultativ bevosita obyektlar deyiladi. Misol uchun JK 277-moddasi “Bezorilik”da – o‘zga shaxsning mulk huquqi fakultativ bevosita obyekt sifatida tan olinadi. Chunki, aybdor hisoblangan shaxs jamoat tartibibni buzishdan tashqari, jabrlanuvchining mulkiga zarar yetkazishi yoki yetkazmasligi mumkin. Mazkur obyekt jinoyat tasniflashda muhim ro‘l o‘ynamaydi, faqat jinoyat uchun javobgarlikning og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etilishiga sababchi bo‘ladi.
Ijtimoiy xavfli tajovuz qaratilgan moddiy va nomoddiy dunyo ne’mati bu jinoyat obyektidir. Jinoyat predmetiga misol qilib, pul, ashyolar, axborot, molk-mulk, qadr- qimmat sha’n. Bunda predmet jinoiy tajovuz natijasida zarar ko‘rishi ham ko‘rmasligi ham mumkin.
Uning belgilari quyidagilardan iborat:

  • Ko‘z bilan ko‘riladigan, o‘lchovi, sifati va o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan moddiy yoki nomoddiy ne’mat bo‘lishligi;

  • Shaxs predmetga tajovuz qilish orqali jinoyat obyektiga zarar yetkazishi;

  • Ayrim jinoyat tarkiblarida mavjud bo‘lmasligi.

Shundan kelib chiqib yuqoridagi muammoli vaziyatda berilgan jinoyat obyekti hamda predmetining o‘zaro farqli jihatlari quyidagilardan iborat: jinoyatning predmeti tufayli yoki uning munosabati bilan jinoyat sodir qilinadigan tashqi dunyo moddiy ma’nodagi narsalaridir. Jinoiy tajovuz tufayli har doim jinoyatning obyektiga zarar yetkaziladi, ko‘p hollarda jinoyat predmetiga esa zarar yetkazilmaydi. Faqat ayrim hollardagina qonunda jinoyatning predmetiga zarar yetkazish nazarda tutilgan bo‘lsa, shundagina jinoyat predmetiga zarar yetkazilishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin, jinoyat obyekti bu jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar majmui, jinoyat predmeti esa tajovuz qaratilgan nomoddiy hamda moddiy dunyo ne’matidir. Demak, bizga berilgan muammoli vaziyatda qayd etilgan izlanuvchilar predmet va obyektni noto‘g‘ri talqin qilishgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi – T. “Yuridik
adabiyotlar publish” 2022 yil – 560 b
2. Ochilov X.R, Haydarov SH.D, Shamsinov Z.Z, “ Jinoyat huquqi” (Umumiy qism). O‘quv qo‘llanma – T. TDYU nashiryoti, 2021. 172 bet.
3. Jinoyat tarkibi , Muallif Dos. Muxammadjon Usmonaliyev. Toshkent. –
2008 yil.
4. Ochilov X.R, Haydarov SH.D, Shamsinov Z.Z, “ Jinoyat huquqi” (Umumiy qism). O‘quv qo‘llanma – T. TDYU nashiryoti, 2021. 172 bet.
4. Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d
(PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020.
5. M.X. Rustamboyev. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi.
Umumiy huquqi kurs. Umumiy qism. 1- Tom: T. Ilm ziyo, 2011.-400 bet
6.M.X. Rustamboyev. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi.
Umumiy huquqi kurs. Umumiy qism. 1- Tom: T. Adolat, 2016. – 608 bet


Foydalinilgan elektron manbalar:

  1. www.lex.uz

1 https://lex.uz/docs/-111453

2 Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida
ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 150-bet.

3 Муаллаф доц. Мухаммаджон Усмовалиев ЖИНОЯТ ТАРКИБИ. Тошкент 2008. 35-bet

Download 58.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling