II. BOB. O’qish va ona tili darslarida o’quvchilarni ijodiy fikrlashga
o’rgatish usullari
2.1.Oqish va ona tili darslarida o’quvchilarni ijodiy fikrlshga o’rgatish usullari.
O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyati safidan o`rin olishi. Mamlakatimizda barcha sohalarning, ayniqsa, ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunning dunyoga kelishi, Davlat ta`lim standartlarining joriy etilishi muallim va ustozlar zimmasiga yuksak vazifalar yukladi. Yuqorida zikr etilgan davlat hujjatlarining mazmun-mohiyati, asl maqsadi ham yosh avlodni ma`naviy barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan. Mamlakatimizda ma`naviy tarbiya, barkamol inson tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Chunki inson jamiyatning tayanchidir. Yurtboshimiz: “Barkamol avlod kelajak poydevoridir”-deya bejiz aytmagan. Chunki shaxs kelajak rivojiga keskin ta`sir eta oladi.
O`qituvchi darsda ta`lim – tarbiya jarayonining asosiy elemetnlari, o`qitishning maqsadi, mazmuni, vositalari, metodlarini bir-biri bilan uzviy bog`liq holda amalga oshirish bilan birga o`quvchilarni butun dars davomida aktivligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini, fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga qaratadi.
O`qituvchi darsning xilma-xil tiplaridan foydalanadi. Aralash tipdagi darsda yangi materiallarni o`rganish, o`tilganlarni takrorlash, o`quvchilar bilimini tekshirish, baholash, uy vazifalarini tekshirish kabi elementlarini bajarsa, yangi materialni o`rganish darslarida o`quvchilarni aktivligini oshirishga qaratilgan tushuntirish, suhbat, bayon, sayohat, ijodiy izlanish, hikoya qilib berish uslublaridan foydalanadi. Har bir tanlangan usullar o’quvchilarni ijodkorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunfda faqatgina maqsadni tog’ri yonaltirgan holda usullarni tanlay bilish kerak. Quyida ana shunday ijodkorlikni rivojlantiruvchi usullarda namuna keltiramiz.
“ALLOMA” boshqotirmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |