Ishchi dasturi
Download 354 Kb.
|
salomatlik psixologiyasi ishchi dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixosomatika
- Yogann-Xristian Xaynrot
- Frans Aleksander
2-mavzu: Salomatlik psixologiyasi: tushuncha, rivojlanish tarixi. Psixologiya va tibbiyotda psixosomatik yondoshuv.
Reja: Salomatlik psixologiyasi haqida tshuncha. Tibbiyot psixologiyasi va psixologiya. Psixosomatikaning rivojlanishi. Psixosamatikaning davirlashtirilishi. Psixosomatika (qadimgi yunoncha: ψυχή - ruh va σῶμα - tana), psixosomatik tibbiyot - tibbiy psixologiyadagi psixologik omillarning somatik (tana) kasalliklarining paydo bo'lishi, kechishi, natijalariga ta'sirini o'rganadigan yo'nalish ; psixosomatik muammoni intizomiy tadqiqotlar sohasi - psixika va tananing o'zaro ta'sirini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar Tibbiyot psixologiyasi, tom ma’noda ol ganda, bemor psixologiyasini o‘rganuvchi fandir. Qadimgi davr adabiyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tibbiyot, falsafa va psixologiya fanlari chambarchas bog‘lanib ketganligining guvohi bo‘lamiz. Miloddan ilgari yashab o‘tgan deyarli barcha faylasuflar tibbiyot va psixologiyaga oid o‘z fikrlarini yozib qoldirishgan, chunki ular ruhiy kuchlar manbaini inson miyasi bilan bog‘lashgan. XX asr boshida somatik klinikalarda psixologik yordamning yo‘lga qo‘yilishi Yevropa va AQSH da psixosomatik tibbiyot rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. 1818 yili Germaniyalik vrach Yogann-Xristian Xaynrot (1773–1843) birinchi bo‘lib “psixosomatika” iborasini qo‘llaydi. 1939 yili AQSH da “Psixosomatik tibbiyot” nomli jurnal ta’sis etiladi. Biroq o‘sha yillari boshlangan Ikkinchi jahon urushi bu yo‘nalishni ancha to‘xtatib qo‘yadi. 1950 yili AQSHda “Amerika psixosomatik tibbiyot jamiyati” tuziladi. Bu jamiyatga nafaqat psixiatr va psixologlar, balki psixosomatik tibbiyotga qiziqish bildirgan turli soha vrachlari ham a’zo bo‘lishadi. Ushbu jamiyatda klinik-tibbiy psixologiya, psixosomatik tibbiyot va psixoterapevtik yordam bilan bog‘liq barcha tayanch iboralar, atamalar va boshqa muammolar yechimi hamkorlikda muhokama qilinadi. Bu borada rivojlanish juda yaxshi davom etadi. O‘sha paytda, ya’ni 1950 yili amerikalik psixoanalitik Frans Aleksanderning (1891–1964) “Psixosomatik tibbiyot” nomli kitobi nashr etiladi. Bu kitob ham ko‘p tillarga tarjima qilinadi. Albatta, Yevropa ham psixosomatik tibbiyot borasida jadal ishlarni boshlab yuboradi. 1950 yili Germaniyaning Xaydelberg shahrida Aleksandr Micherlix (1908–1982) Yevropada birinchi bo‘lib «Psixosomatik tibbiyot» klinikasini ochadi. 1954 yili Xamburgda «Psixosomatik tibbiyot va psixoanaliz» jurnalining birinchi soni nashrdan chiqadi. 1950–1960 yillar ichida Yevropaning deyarli barcha davlatlarida bir nechtadan “Psixosomatik tibbiyot va psixoterapiya” klinikalari tashkil qilinadi. Albatta, bunday markazlarning asosiy xodimlari tibbiy yoki klinik psixologlar bo‘lishsa-da, u yerda tibbiyotning boshqa yo‘nalishidagi vrach-mutaxassislar ham faoliyat ko‘rsatishgan. Download 354 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling