Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi va uning bandligi


Download 0.76 Mb.
bet2/3
Sana20.05.2020
Hajmi0.76 Mb.
#108196
1   2   3
Bog'liq
28. ishchi kuchi bozori. ishchi kuchi (1)

Bandlik darajasi ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bo‘lganlarning qanchasi amalda ishlab turishlarini bildiradi.
Sifat jihatdan samarali yoki oqilona va samarasiz bandlik mavjud bo‘ladi. Oqilona bandlik bu yuqori mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori daromad keltiradigan va ishlovchining mehnatdan qoniqishini ta’minlovchi bandlikdir. Samarasiz bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va ishlovchi o‘z mehnatidan qoniqmagandagi bandlikdir. Bunday bandlikda texnologiya yuqori bo‘lmaydi, malakasi va ish tajribasi kam kishilarning mehnati talab qilinadi. Oqilona bandlikka misol qilib kampyuter dasturchisining bandligini olish mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus iste’dod va tayyorgarlik talab qiladi va ish haqi ham boshqalarnikidan ancha yuqori bo‘ladi. Samarasiz bandlikka misol qilib qishloq xo‘jaligi ishchisi bandligini olish mumkin. Ish bilan samarali bandlik, xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq iqtisodiy manfaatdorligining ta’minlanishi zarurligini anglatadi. Bu o‘z navbatida mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va ulardan foydalanishning intensiv turiga tayanishini taqazo qiladi.

Bandlik mehnat qiluvchi uchun ahamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi bandlikka bo‘linadi. Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, ya’ni daromadning asosiy qismini beruvchi faoliyat turi bilan band bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya’ni qo‘shimcha daromad beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishidir. Ko‘pchilik ishlovchilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan daromad ishlovchini qoniqtirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik asosida ishlash shaklida ro‘y beradi. Mehnat bozordagi holatni faqat ish haqi miqdori emas, balki bandlik darajasi ham ifoda etadi. Bu daraja taklif etilgan mehnatning qanchasi sotilganini bildiradi.

Bandlik darajasi ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bo‘lganlarning qanchasi amalda ishlab turishlarini bildiradi.

Bandlik darajasi iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga nisbatan hisoblanadi. Bunda mehnat qobilyati borlarning hammasi ishlashni xohlaydi deb taxmin qilinadi. Bandlik darajasi (Bd) ishlovchilarning (I) mehnat resurslaridagi (Mr) xissasi bo‘lib, foizda ifodalanadi. Bunda Bd=I/Mr•100%. Agar mehnat resurslari 120 ming, ishlovchilar esa 108 ming bo‘lsa Bd=(108/120•100%)=90% ga teng bo‘ladi. Bandlik darajasi mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga va iqtisodiyotining ishlab chiqarish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish yuz berayotgan sharoitda bandlik yuqori bo‘lib, ya’ni taklif etilgan ish kuchining katta qismiga talab bildiriladi. Mazkur mamlakatlar uchun mehnatga layoqatli aholining 94%ining band bo‘lishi bandlikning tabiiy darajasi deb qabul qilingan.

Keyns nazariyasiga ko‘ra bandlik darajasi samarali talabning funksiyasidir.

Boshqacha aytganda bandlik yalpi talab miqdoriga bog‘liq. Iste’mol va investitsion tovarlarga talabning o‘sishi jamiyatning samarali talabini ko‘paytiradi va shu asosda bandlik tartibga solinadi. Keyns davlat tomondan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni (yo‘l qurish, ko‘priklar va boshqa infrastrukturani) tashkil etish orqali faol aholini ish bilan band qilish masalasini ilgari suradi.

Bandlikni ta’minlashda sotsial-demografik jarayonlarning ahamiyati ham muhim hisoblanadi. Jumladan, respublikamizda mehnat resurslari nisbatan ko‘p, aholining tabiy o‘sishi yuqori. Lekin, ular hududlar, tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha notekis taqsimlangan.

YAratilayotgan ish joylari soni mehnatga layoqatli aholining o‘sish sur’atlaridan birmuncha farq qiladi. Xo‘jalik aloqalarining murakkablashuvi, ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘sish sur’atlarining notekisligi, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlar bandlik sohasidagi muammolarni biroz keskinlashtirdi.

Ko‘pincha aholining bilim va malaka darajasi bozor munosabatlarining yuqori talablariga to‘liq javob beravermaydi. Ayniqsa, yoshlarning ishga layoqatli qismida ish bilan ta’minlanmaganlar mavjud bo‘lib qoladi.

Bu muammolarning aqilona echimi – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish hisobidan yangi ish joylari sonini keskin ko‘paytirish hisoblanadi. Bu yo‘l katta investitsalar va vaqtni talab qilmaydi.

Respublikada yaqin istiqbolda ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish muhim o‘rin tutadi:


  • tarmoq dasturlarini amalga oshirish;

  • korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash;

  • ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;

  • qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish;

  • transport va kommunikatsiya tizimini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish;

  • aholi yashash joylarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish.

Moliyaviy mablag‘lar taqchilligi sharoitida yangi ish joylarini yaratish uchun zarur resurslarni jalb qilish quyidagi yo‘nalishda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:

  • xususiy kapitalni, aholining shaxsiy jamg‘armalarini jalb qilish, fuqorolarning shaxsiy va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga qonun doirasida ko‘proq erkinliklar berish;

  • chet el kapitalini jalb qilish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib (huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar) borish;

  • faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning yangi ish joylarini yaratishga qaratilgan mablag‘lari jamg‘arilgan qismini ko‘paytirishni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash ;

  • sermehnat soxalarni kengaytirish va qo‘shimcha ish joylarini yaratish uchun uzoq muddatli kredit mablag‘larini ko‘paytirish;

  • shaxsiy mablag‘lar hisobiga yoshlarning oliy va o‘rta mahsus ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv maskanlari tarmog‘ini kengaytirish.

Aholi bandligini ta’minlash orqali mehnatning qo‘llanish doirasi kengayadi, tovar ishlab chivarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ko‘payadi, kishilarning turmush darajasi ko‘tariladi, jamiyatdagi ijtimoiy tanglik yumshatiladi.


2-Savol ►



Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bandlik va ishsizlikka ta’siri.
Neoklassik maktab konsepsiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari asosida shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoѐn bo‘ladi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi.


Neoklassik maktabi vakili William Stanley

Jevons
U ishchi kuchi talab va taklifiga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va taklifning o‘sishi ѐki kamayishiga qarab o‘zgaradi. SHunga ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik ѐki takli ortiqchaligi ish haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi
bozorining klassik modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi. Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini ta’kidlaydilar

Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi
bandlikning shakllanishida etakchi rol o‘ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan hajmidagi eng yuqori mumkin bo‘lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga solinadi.
3

Ishchi kuchi ham bozor iqtisodiyotida oldi-sotdi ob’ekti bo‘lganligi sababli mehnat bozorida unga talab va taklif vujudga keladi.

Ishchi kuchining bozor narxi ish xaqi bo‘lib, bu yollanib ishlovchilarga ma’lum vaqtda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga qarab to‘lanadi.

Ishchi kuchiga talab mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u doimo o‘zgarib turadi. Ishchi kuchiga talab boshqa sharoitlar o‘zgarmasa, ish haqi darajasiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ish xaqi yuqori bo‘lsa, unga talab qisqaradi, agar u pas bo‘lsa, aksincha, talab ortadi. Ish beruvchilar ish xaqini kamaytirishga, yollanib ishlovchilar uni oshirishga harakat qiladi, chunki har qanday tovar egasi uni yaxshi narxda pullashga xarakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham ishchi kuchiga talab ko‘payishi mumkin, chunki bunda ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qo‘shimcha sarfni mexnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning tejalishiga ham olib keladi.

Ish haqi xarajatlar tarzda foydaga ta’sir etishi orqali ishchi kuchiga talabni o‘zgartiradi.

Ish haqi bilan ishchi kuchiga talabning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin






Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling