Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


Download 0.68 Mb.
bet1/2
Sana01.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1315990
  1   2
Bog'liq
ishchi kuchi

Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti

222-Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo’yicha guruhi talabasi Madrimova Sevaraning iqtisodiy o’sish nazariyasi fanidan mustaqil ishi

MAVZU: ISHCHI KUCHI MOHIYATI

  • Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
  • Ishchi kuchi bandligi va uning darajasi, ishsizlik va uning turlari.
  • Ishchi kuchi bozori. O’zbekistonda ishchi kuchi bozorini shakllantirish.

Reja:
Ishchi kuchi — bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisi bo'lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi.
Ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar kiritiladi.
Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi:
Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'Igan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo'jaligida band bo'lganlar potensial qismi hisoblanadi.
Respublikada ishchi kuchi resurslarining o’rtacha yillik soni 2008 yilda 16,3 mln kishini tashkil qilgan, bu mamlakat aholisining 59,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band bo’lgan ishchi kuchi o’rtacha yillik soni 11.0 mln kishidan ortiq bo’lib, jami ishchi kuchi resurslari tarkibida 67,5 foizni tashkil qiladi.

2022-yil 1-iyul statistikasiga ko’ra


2022-yil holatiga ko’ra
Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o'sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta'sir qiladi.
Migratsiya ikki xil: mamlakat ichida va xalqaro darajada ro'y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro'y bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro'y bermay, uning asosida ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo'ylab mehnat resurslari samarali taqsimlash, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi ortadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat
Ishchi kuchi bozori — bu xo'jalik faoliyati jarayonida "ishchi kuchi" tovari egalari va uning asosiy iste'molchilari — davlat va tadbirkorlar o'rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to'lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas'uliyat darajasi bo'yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi.
Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o'sishi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatib berib, bu bog'liqlikni ifodalovchi egri chiziq Fillips egri chizig'i deb nom oldi. Unga ko'ra, inflyatsiya darajasini 1 foizga pasaytirish uchun ishsizlikni 2 foizga o'stirish lozim bo'ladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling