Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


Download 0.64 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1527203
  1   2   3   4
Bog'liq
Mahmudov Muhammadillo

MAVZU: Ishlab chiqarish va ishsizlik nisbati


Bajardi: Mahmudov Muhammadillo.
  • Ishlab chiqarish va ishsizlik nisbati.
  • Ishchi kuchi bandligi va uning darajasi.
  • Ishsizlik va uning turlari.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Xulosa

Reja:
Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi.
Ishlab chiqarishning manfaatdor tomonlari - ishlab chiqaruvchi kompaniyaga qiziqishi bo'lgan shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar. Iqtisodiy farovonlik samarali ishlab chiqarishdan kelib chiqadi va u kompaniyaning manfaatdor tomonlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir orqali taqsimlanadi. Kompaniyalarning manfaatdor tomonlari bu kompaniyada iqtisodiy manfaatdor bo'lgan iqtisodiy sub'ektlardir. Manfaatlarning o'xshashliklaridan kelib chiqib, manfaatdor tomonlarni o'z manfaatlari va o'zaro munosabatlarini farqlash maqsadida uch guruhga bo'lish mumkin. Uch guruh quyidagilar:
Ishchi kuchi — bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisi bo'lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi.
Ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar kiritiladi.
Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi:
Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'Igan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo'jaligida band bo'lganlar potensial qismi hisoblanadi.
Respublikada ishchi kuchi resurslarining o’rtacha yillik soni 2008 yilda 16,3 mln kishini tashkil qilgan, bu mamlakat aholisining 59,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band bo’lgan ishchi kuchi o’rtacha yillik soni 11.0 mln kishidan ortiq bo’lib, jami ishchi kuchi resurslari tarkibida 67,5 foizni tashkil qiladi.

32,5%
67,5%



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling