Ishchi kuchiga talab va taklifni istiqbollashtirish
Download 412.01 Kb. Pdf ko'rish
|
ishchi-kuchiga-talab-va-taklifni-istiqbollashtirish
149 ISHCHI KUCHIGA TALAB VA TAKLIFNI ISTIQBOLLASHTIRISH Farg‘ona davlat universiteti Sirtqi bo‘limi Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari: Raximova Kizlarxon Ne’matjon qizi Axmadaliyeva Mohigul Kadirovna Annotatsiya: Ushbu maqolada ishchi kuchi, talab va taklif tushunchalari haqida yoritib berilgan. Shuningdek talab va taklifni ishchi kuchiga o’zaro bog’liqligi yozilgan. Tayanch iboralar: Ishchi kuchi, talab tushunchasi, taklif tushunchasi, bozor iqtisodiyoti, bandlikni ta’minlash, mehnat resurslari, bandlik va kambag’allik Kirish. Ishchi kuchi ( inglizcha : Labor force , nemischa : Erwerbs person enpotenzial ) — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi [1] boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli boʻlgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni boʻlib uning yoshi va mehnatga boʻlgan qobiliyati hisoblanadi. [2] Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar , 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band boʻlgan nafaqaxoʻrlar ham ishlashi mumkin. Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotganlar va vaqtinchalik uy xoʻjaligida band boʻlganlar potensial Download 412.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling