Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari
To’lov balansining iqtisodiy tahlili
Download 186.71 Kb.
|
Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyat-fayllar.org
19. To’lov balansining iqtisodiy tahlili
To’lov balansi hisoblarini tuzishning asosiy maqsadlaridan biri tashqi muvozanatlikni to’g’rilash ehtiyojining paydo bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lishdir. Biroq ikki taraflama yozuv tizimi to’lov balansida debet va kredit tengligini nazarda tutadi. TBda norezidentlarga amalga oshirilgan to’lovlar va ulardan tushgan tushumlar qayd etiladi.TB hisobot davri mobaynida tashqi savdo qanday rivojlanganligi, chet eldan qancha miqdorda daromadlar olinganligini va chet elga qancha miqdorda mablag’ to’langanligini ko’rsatadi. TBning makroiqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat: TB – bu mamlakatning xorijiy sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarini aks ettirishning ixcham shakli. TB davlat tashqi iqtisodiy aloqalarining ko’lamlari, tarkibi va xususiyatlarini miqdor va sifat jihatdan ifodalanishini o’zida namoyon etadi. TB – pul-kredit, valyuta, soliq-byudjet, savdo siyosatining vositalari hamda yo’nalishlarini tanlash va davlat qarzini boshqarishning muhim indikatori (o’lchov asbob) hisoblanadi. TBni tuzishda amal qiladigan asosiy qoida – ikki marta yozish tizimini qo’llash. Har bir operatsiya bir hil ma’noga, lekin debet bo’yicha (-) va kredit bo’yicha (+) qarama-qarshi belgilarga ega bo’lgan ikkita yozuv shaklida aks ettiriladi, ya’ni ayrim moddalar debet moddalari, boshqalari esa kredit moddalari sifatida aks ettiriladi:
Download 186.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling