Xulosa va takliflar: Mazkur bitiruv ishi amaliy va nazariy ahamiyatga ega bo’lib, oily o’quv yurti matematika mutaxassisligi talabalari uchun ilmiy yanglik hisoblanadi. Matematika, bialogiya, fizika masalalarini yechishda qo’laniladi.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti va predmeti bu tasodifiy miqdor, Taqsimot differensiali funksiyasi, differensial funksiya ehtimoliy ma’nosi, tasodifiy miqdorlar turlari va sonli xarakteristikalarni o’rganish,
ikki o’lchovli uzluksiz tasodifiy miqdorning differensial funksiyasini , xossalari va boshqa sonli xarakteristikalari, uzluksiz tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari haqida ma’lumotlar. Ulardan foydalanish jarayonida turli xil ta’rif, tushuncha va misollardan foydalaniladi. Kurs ishini tayyorlash jarayonida sonli xarakteristika va uning tadbiqlari o’rganilib, ularga doir misollar tahlil qilinadi.
STATISTIK TAHLIL UCHUN AMALIY VOSITALAR
Inson faoliyati turli sohalarida ommaviy hodisalar ma’lumotlarni statistik qayta ishlash axborotni umumiy qayta ishlashning muhim tarkibi hisoblanadi. Axbortni qayta ishlashning bu turining dozarbligi na faqat ilmiy motivasiyalar(tasodifiy jarayonlarni tekshirish, tajriba natijalarni qayta ishlash va h.k.lar) bilan emas, balki amaliy (texinka, iqtisod,sosiologiya, boshqarish va rejalashtirish,bashoratlash,politologiya va h.k.)asboblar bilan ifodalanadi. Ko’pgina statistik masalalar yetarlicha ko’p mehnatni talab etadi va ko’p hollarda oddiy matematik amallarni olib keladigan ko’p hajmdagi hisoblashlarni talab etadi. Hisoblash vositalarining kuchli rivoji (avvalo DK larning) lokal, muassasa, hududiy, milliy va millatlararo axborot-hisoblash turlari asosida turli ma’lumotlarni(statistik ma’lumotlarni ham) yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash umumiy muammosini to’liq yechishga imkon berdi.
Shuning uchun bunday tipdagi masalalar yechishni avtomatlashtirish ancha uzun tarixga ega, ular hisoblashni osonlashtiruvchi oddiy usullardan boshlanib,intellekutal mehnatni avtomatlashtirish vositalari taraqqiyoti bilan rivojlanmoqda. Avvalo bu yo’nalishdagi taraqqiyot hisoblash texnikasi vositalari va personal kompyuterlarning keng sinfi ommaviy foydalanishbilan bog’liq kompyuterlashtirish bilan kuchli rivoj olgan aloqa vositalari rivoji bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |