Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad Rezonans hodisasi bilan amalda tanishish
Download 46.13 Kb.
|
tajriba
Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad 1. Rezonans hodisasi bilan amalda tanishish. 2. Kondensator sig‘imi o‘zgarganda induktiv g‘altakda va kondensatorda kuchlanishning o‘zgarishini tekshirish. 3. Kuchlanishlar rezonansida zanjirning parametrlarini aniqlash. 4. Kuchlanishlar rezonansida induktiv g‘altak va kondensatordagi kuchlanishning tarmoq kuchlanishidan necha marta katta bo‘lishini aniqlash.
Ketma-ket ulangan induktiv g‘altak va kondensatordan iborat elektr zanjirining reaktiv qarshiliklari teng bo‘lgandagi ish rejimiga kuchlanishlar rezonansi deyiladi, ya'ni xL=xC yoki bu yerda -o‘zgaruvchan tok burchak chastotasi, sek–1 u ga teng. f-o‘zgaruvchan tok chastotasi, gs
Rezonansda vaqtida: a) zanjirning to‘la qarshiligi uning aktiv qarshiligiga teng bo‘ladi
b)zanjirning quvvat koeffitsiyenti birga teng bo‘ladi v) zanjirdagi tok eng katta qiymatga ega bo‘ladi. g) reaktiv kuchlanishlar o‘zaro teng UL=UC bo‘lib umumiy reaktiv kuchlanish UX nolga teng UX =UL-UC = 0 d) zanjirdagi berilgan kuchlanish faqat aktiv kuchlanishning tushuviga sarf bo‘ladi
Demak, kuchlanishlar rezonansida aktiv, induktiv va sig‘im qarshiliklardan iborat bo‘lgan elektr zanjiri faqat aktiv qarshilikli zanjirga o‘xshaydi. Kuchlanishlar rezonansida reaktiv kuchlanish nolga teng bo‘lganda ham, induktiv va sig‘im kuchlanishlarining har biri alohida nolga teng bo‘masligi, ya'ni zanjirga berilgan kuchlanishga nisbatan birmuncha katta qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu holni quyidagi ifodadan kursa bo‘ladi. R ning kichik va XL ning katta qiymatlarida, kuchlanish UL va unga teng bo‘lgan kuchlanish UC zanjirga berilgan kuchlanishdan bir necha o‘n marta katta bo‘lishi mumkin. Kuchlanishlar rezonansida tarmoqdan iste'mol qilinadigan reaktiv quvvat nolga teng bo‘ladi. Q = QL - QC = 0 Chunki, induktiv g‘altak va kondensatorning reaktiv quvvatlari o‘zaro teng, to‘la quvvat esa aktiv quvvatga teng: Demak, kuchlanishlar rezonansida induktiv g‘altak va kondensator orasida reaktiv energiya almashinuvi sodir bo‘ladi, ammo tarmoq va induktiv g‘altak yoki tarmoq va kondensator orasida esa energiya almashinuvi yuz bermaydi. Kuchlanishlar rezonansi u paydo bo‘lgan qurilma uchun xavfli, chunki kuchlanish bir necha o‘n marta ortib ketishi mumkin. Agar ma'lum sig‘imga ega bo‘lgan kabel liniyasiga biron apparatning induktiv g‘altagi (masalan, transformator chulg‘ami) ulansa, shunday hodisa sodir bo‘lishi mumkin. Ammo texnikaning ko‘p sohalarida kuchlanish rezonansidan keng foydalaniladi. (masalan, radiotexnikada filtrlar sifatida). Ishni bajarish tartibi 1. 5.1-rasmdagi sxema yig‘iladi. 2. Kondensatorning sig‘imini ketma-ket 2mkf dan, rezonansga yaqin qiymatlarda 1mkf dan o‘zgartira borib, asboblarning ko‘rsatishi 5.1-jadvalga yozib olinadi. 3. UC , UG‘ va I larning kondensator sig‘imiga bog‘liqlik grafiklari quriladi. 4. Grafik bo‘yicha rezonans momenti aniqlanadi. 5.1-rasm
6. Rezonans momenti uchun vektor diagramma quriladi. Download 46.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling