Ishdan maqsad: Barmoq izi orqali identifikasiya/autentifikasiya tizmini amalga oshirishni o‘rganish. Nazariy qism
Download 3.69 Mb.
|
1 2
Bog'liq3-amaliy ish
3-amaliy ish Mavzu: Barmoq izi orqali identifikasiya/autentifikasiya tizmini amalga oshirish Ishdan maqsad: Barmoq izi orqali identifikasiya/autentifikasiya tizmini amalga oshirishni o‘rganish. Nazariy qism Barmoq izlari bo‘yicha insonni autentifikasiyalash hozirda eng keng tarqalgan usul bo‘lib, axborotni himoyalash biometrik tizimlarida keng qo‘llanilmoqda. Bu usul o‘tgan asrlarda ham keng qo‘llanilganligi xech kimga yangilik emas. Hozirgi kunga kelib barmoq izlari bo‘yicha identifikasiyalashning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Ularning birinchisi ko‘pchilikka ma'lum optik skanerlardan foydalanishdir. Ushbu qurilmadan foydalanish prinsipi odatiy skanerdan foydalanish bilan bir xil. Bu erda asosiy ishni ichki nur manbai, bir nechta prizma va linzalar amalga oshiradi. Optik skanerlarni qo‘llashning e'tiborli tomoni uning arzonligidir. Lekin, kamchilik tomonlari bir muncha ko‘p. Ushbu qurilmalar tez ishdan chiquvchi hisoblanadi. Chu sababli foydalanuvchidan avaylab ishlatish talab etiladi. Ushbu qurilmaga tushgan chang, turli xil chiziqlar shaxsni aniqlashda xatolikka olib keladi, ya'ni foydalanuvchining tizimga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, optik skanerda tasviri olingan barmoq izi foydalanuvchi terisining holatiga bog'liq. Ya'ni, foydalanuvchi terisining yog'liligi yoki quruqligi shaxsni aniqlashga xalaqit beradi. Barmoq izlari bo‘yicha identifikasiyalashning ikkinchi texnologiyasi elektron skanerlarni qo‘llashdir. Ushbu qurilmadan foydalanish uchun foydalanuvchi 90 ming kondensator plastinkalaridan tashkil topgan, kremniy moddasi bilan qoplangan mahsus plastinkaga barmog'ini qo‘yadi. Bunda o‘ziga xos kondensator hosil qilinadi. Biometrik autentifikasiyalash tizimlarning ichida eng ko‘p va ommaviy tarqalgani barmoq yordamida identifikasiyalash va uni autentifikasiyalash. Bu tizim biometrik autentifikasiya qilishda “Daktiloskopik” usuli deb aytiladi. 4.1-rasm. Barmoq izini skanerlash Bugungi kunda 3 xil barmoq izlarini olish texnologiyasi bor ular quyidagicha: ultratovushlar yordamida ; optik nurlar yordamida (ftir); yarim o`tkazgich yordamida. Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an`anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi. 4.2-rasm. Barmoq izini skanerlash apparat qurilmasi Biometrik autentifikasiya qilish tizimining apparat qurilmalari orasida eng ishonchli hamda ommabopligi bilan ajralib turadigani “BIOLINK” komponiyasining biometrik autentifikasiya qilish apparat qurilmasidir. Barmoq izlarini skanerlashda ishlatiladigan daktiloskop qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarning ko‘p qismi asosan intergral sxemalarda foydalanmoqda. Bunday texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda xar xil turdagi elektrik, elektromagnit va boshqa usullar orqali amalga oshiradilar. Buning asosiy sababi barmoq izini olish vaqtida teri qismlarining sig'im qarshiligi olinadi va tahlil qilinadi. Tahlil vaqtida Daktiloskopik qurilmasi esa yarimo`tkazgichli datchik orqali sig`im qarshiligini aniqlash maqsadida barcha axborotlarni yig'iladi. Hozirgi kunda 3xil barmoq izlarini olish texnologiyasi mavjud: optik nurlar orqali barmoq izini olish(FTIR ya’ni optik qurilmalar); yarim o‘tkazgichlar orqali(termoskanerlar); ultratovushlar. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling