Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasining infologik va mantiqiy modelini, er diagrammalarini yaratishni o‘rganish. Topshiriqlar
Download 1.49 Mb.
|
2 5375303174699622638
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomi Turi Uzunligi, oralig‘i Uzunligi, oralig‘i
Nazariy ma’lumotlar “Oracle Application Express” dasturi “Oracle XE” ning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu vosita Oracle dasturlarini loyihalash, ishlab chiqish va joylashtirish imkonini beruvchi tezkor dasturiy ta’minotdir. “Application Express” shuningdek, ma’lumotlar bazasini boshqarishning yordamchi dasturlari, foydalanuvchi boshqaruvi, ma’lumotlarni yuklab olish va boshqalar kabi bir qator ma’muriy vositalarni o‘z ichiga oladi.
“Application Express” dasturini ishga tushiring. Tizimga kirish uchun login va parolingizni kiritasiz, so‘ngra “login” tugmasini bosing. Aloqa o‘rnatilgandan so‘ng, “Application Express” ma’lumotlar bazasining bosh sahifasini namoyon bo‘ladi (6.1-rasm). 6.1-rasm “Oracle express” bosh sahifasi Tizim ishini yakunlash va undan chiqish uchun Logout tugmasidan foydalaniladi. ORACLE ma’lumotlarning turlari Oracle ma’lumotlarning turlariga ko‘pgina relyatsion ma’lumotlar bazasida qo‘llaniladigan ma’lumot turlarini keltirishimiz mumkun: CHAR, VARCHAR2, NUMBER, BINARY_FLOAT, BINARY_DOUBLE, DATE, TIMESTAMP, CLOB, BLOB, BFILE. 1-jadvalda Oracle ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar turlari batafsil bayon qilingan. “Oracle”da ma’lumot turlari 1-jadval
Oracle Application Express ning Object Browser utilitasi yordamida jadval yaratish jarayonini ko‘rib chiqaylik: Create – table buyrug‘ini tanlang; Create table muloqotli oynasida Table Name maydoniga jadval nomini, Column Name maydoniga jadval maydonlari nomi, Type maydoniga esa, jadval maydoni turlarini, Scale maydoniga ma’lumotlar uzunligini kiriting. Jadval maydonlarini kiritib bo‘lgandan so‘ng, Next tugmasini bosing; Primary key muloqotli oynasidan jadvalning bosh kalit maydonini ko‘rsatish zarur. Buning uchun “Populated from a new sequence” ni tanlab, Primary Key maydonida jadvalning bosh kalit maydonini tanlash lozim. Natijada bosh kalit maydon o‘rnatilib, uning uchun alohida ketma-ketlik (sequense) generatsiya qilinadi. Bu har yozuvga kalit maydonning qiymatini avtomatik holda bir qadam bilan o‘sib borishini ta’minlaydi. Next tugmasini bosing. (6.2-rasm) – 6.2-rasm. Bosh kalitni yaratish oynasi “Foreign Key” oynasida jadvalning tashqi kalitlarini ko‘rsatish mumkin. Agarda jadvalda tashqi kalitlar bo‘lmasa, Next tugmasi bosiladi. “Constraints” oynasida biror cheklovlarni o‘rnatish mumkin. Agarda jadvalda hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lsa, Finish tugmasini bosing; “Confirm” oynasida yaratilayotgan jadvalni tasdiqlash so‘raladi. SQL tugmasini bosib, jadval yaratish uchun generatsiyadan sql kodni ko‘rishingiz mumkin. Agarda hammasi joyida bo‘lsa, Create tugmasini bosing. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling