Ishdan masad


UMTS qabul qilgichining sezgirligini hisoblash


Download 190 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi190 Kb.
#1288195
1   2   3
Bog'liq
3SIM LA

3.2. UMTS qabul qilgichining sezgirligini hisoblash

Qabul qilgich kirishidagi signalning minimal ruxsat etiladigan sathi quyidagicha aniqlanadi:




Pqab(dBmVt)= Psh(dBmVt)+ (Eb/N0)talab(dB) – Gtes (dB) (3.1)

bu erda(Eb/N0)talabtalab qilinadigan Eb/N0qiymat;


Gobrishlov berishdan yutuq;
Psh – qabul qilgich o‘z shovqinlari quvvati.
Hisoblashda ishlatiladigan asosiy parametrlar
Eb/N0 bitning o‘rtacha energiyasini shovqinning spektral zichligiga nisbati hisoblanadi. Talab qilinadigan Eb/N0 nisbat servisning turi, abonentning harakatlanish tezligi va radiokanalga bog‘liq bo‘ladi.
Qabul qilgich kirishidagi minimal ruxsat etiladigan signal sathitalab qilinadigan Eb/N0 nisbat, foydalanuvchi ma’lumotlarini uzatish tezligi, qabul qilgich analog komponentlarining sifati, halaqitlar sathiga bog‘liq bo‘ladi. Halaqitlarni turli manbalar – xizmat ko‘rsatuvchi sotadan abonentlar, boshqa sotalardan xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar, shuningdek ishlatiladigan chastotalar kanalida ishlaydigan boshqa manbalar hosil qilishi mumkin.
Qabul qilgichning o‘z shovqinlari qiymati quyidagicha hisoblanadi:


Psh= N+Ksh (dBmVt) (3.2)

bu erda N - qabul qilgichdagi issiqlik shovqining quvvati, dBmVt




N= k∙T∙V (3.3)

bu erda k-Bolsmandoimiysi (1.38∙10-23 Dj/K);


T – o‘tkazgichning harorati.
Qabul qilgichdagi issiqlik shovqining quvvatifiltrning o‘tkazish polosasiga bog‘liq. UMTSstandarti uchun muvofiqlashtirilgan filtrning polosasini 3,84 MGsga teng qabul qilish mumkin.
Qabul qilgichning shovqin koeffitsienti DL liniyasi uchun Ksh = 7 dB, liniyasi uchun Ksh = 2,5 dBni tashkil etadi.
3.1. Agar o‘tkazgichning harorati - T°, liniyaning turi (DL, UL), qabul qilgichning shovqin koeffitsienti - Ksh (dB), qabul qilgichning muvofiqlashtirilgan filtrining polosasi - V (MGs), bitning o‘rtacha energiyasini shovqinning spektral zichligiga nisbati - Eb/N0 (dB), ishlov berishdan yutuq – Gtes(dB) ma’lum bo‘lsa, qabul qilgichning Pqab (dBmVt) sezgirligini aniqlash.
3.2-jadvalda keltirilgan topshiriqlar variantiga muvofiq mustaqil hisoblashni o‘tkazish zarur.
3.2-jadval
Topshiriq variantlari

Variant

Eb/N0 (dB)

Liniya turi

Ksh (dB)



V

Gtes (dB)

1

7,8

DL

7

24

4,5

6

2

6,5

DL

6

25

4,9

7

3

7,9

DL

8

27

4,6

8

4

7,3

DL

5

27

5

7

5

6,8

DL

8

24

5,1

9

6

7,9

DL

9

25

4,7

8

7

7,8

DL

7

24

4,5

6

8

6,5

DL

6

25

4,9

7

9

7,5

DL

7

28

4,7

8

10

7,3

DL

5

27

5

7

11

7,6

DL

6

23

4,6

9

12

6,7

DL

7

24

4,8

8

13

7,7

DL

5

25

4,7

7

14

7,5

DL

8

26

5,0

6

15

6,9

DL

9

27

5,2

9

16

7,4

DL

8

28

4,9

8

17

7,1

DL

6

27

4,2

7

18

6,6

DL

7

26

4,3

6

19

7,8

DL

4

25

4,1

8

20

7,9

DL

5

24

5,3

7

21

7,3

DL

3

27

5

8

22

6,8

DL

8

24

5,1

7

23

7,9

DL

6

25

4,7

8

24

7,8

DL

9

24

4,5

6

25

6,5

DL

5

25

4,9

9

Hisoblash


Xizmat – telefoniya, abonentning tezligi – 3 km/soat.


Jadvaldan Eb/N0=7,9 dBqiymatni aniqlamiz:


N= k∙T∙V=1,38∙10-23∙298∙4,2∙106=1,73∙10-14 Vt,


N=10∙log(1,73∙10-14/0.001)=-107,62 dBmVt.

Qabul qilgichning o‘z shovqinlari quvvatini quyidagicha aniqlanadi:




Psh= N+Ksh = -107,62 + 6 = -101,62 dB.

Qabul qilgichning sezgirligi quyidagicha hisoblanadi:




Pqab = -101, 62 + 7,9 – 5= - 98,72 dB.

3.3. WCDMA tarmog‘ida maksimal ruxsat etiladigan yo‘qotishlarni hisoblash


Maksimal ruxsat etiladigan yo‘qotishlarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:


LMARL = PEIRP – SRx + GRxA – LRxF –MBuild – MInt – MShade +GHO (3.4)

bu erdaPEIRP – uzatkichning EINQ, dB;


SRx – qabul qilgichning sezgirligi, dB;
GRxA – antennaning kuchaytirish koeffitsienti, dBi;
LRxF – fider traktidagi yo‘qotishlar, dB;
MBuild – binoga kirishga zahira, dB;
MInt – ichki tizimli halaqitlarga zahira, dB;
MShade – soyalanishga zahira, dB;
GHO –xendoverdan yutuq, dB.
Ruxsat etiladigan ichki tizimli halaqitlarga zahira.
Hisoblashdaruxsat etiladigan ichki tizimli halaqitlarga zahira kattaligi ishlatiladi, u qabul qilgichning kirishida shovqin quvvatini ortishini xarakterlaydi. Hisoblash uchun ichki tizimli halaqitlarga zahira quyidagiga teng olinadi:


MInt=-10∙log10(1-η) (3.5)

bu erda η – yuqoriga va pastga liniyalarda sotaning nisbiy yuklanishi.


Ko‘rinib turibdiki, ichki tizimli halaqitlarga zahira bu sotaning yuklanishidan funksiya hisoblanadi, sotadagi ruxsat etiladigan yuklanish qanchalik katta bo‘lsa, hisoblashda shunchalik katta zahira qiymatini hisobga olish zarur bo‘ladi. Yuklama 100%gacha ortganda halaqitlarga zahira cheksizlikka intiladi va sotaning xizmat ko‘rsatish zonasi nolgacha kamayadi. Bu qiymatning sotaning yuklanishiga bog‘liqligi 3.1-rasmda keltirilgan.

3.1- rasm. Ichki tizimli halaqitlarga zahira qiymatini sotaning nisbiy yuklanishi qiymatiga bog‘liqligi


Yumshoq xendover hisobiga yutuq

Yumshoq xendover mobil stansiya minimum ravishda ikkita sotalar bilan bir vaqtda ulanishida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Agar bu sotalar turli bazaviy stansiyalarga (Node B) tegishli bo‘lsa, u holda ikkita yuqoriga kanallarni birlashtirish radiotarmoq kontrolleri (RNC) orqali amalga oshiriladi. Agar sotalar bitta bazaviy stansiyaga (Node B) tegishli bo‘lsa, u holdasignallarni birlashtirish bazaviy stansiyaorqali amalga oshiriladi.


Pastga liniyada ikkita kanallarni birlashtirish mobil stansiyaning RAKE-qabul qilgichi orqali optimal qo‘shish usuli bilan amalga oshiriladi. Ajratilgan qabul qilish usulini ko‘rib chiqish mumkin, undan foydalanishda turli kanallar signallari ularning vazn koeffitsientlarini hisobga olish bilan qo‘shiladi, har bir kanaldagi kuchaytirish koeffitsientlari esa signal quvvatining o‘rtacha kvadratik qiymatiga to‘g‘ri proporsional va bu kanallardagi shovqin quvvatining o‘rtacha kvadratik qiymatiga teskari proporsional. Optimal qo‘shishda chiqishdagi sigal/shovqin nisbati maksimal bo‘ladi.
Yumshoq xendoverdan yutuqqa makro-ajratishli qabul qilish hisobiga erishiladi, demak soya zonalar va so‘nishlardan salbiy samaralarni kamaytiradi. Real tarmoqda ko‘plab sotalarni xizmat ko‘rsatish zonalari kesishishadi. Sotaning chegarasida mobil stansiyalar bu vaqt momentida mumkin bo‘lgan sotalardan eng yaxshisi tanlashi mumkin, ya’ni mobil stansiyalar bitta bog‘lanish bilan cheklanmagan. Bu so‘nishga zahira radioliniyaning byudjetini hisoblashda kamaytirilishi mumkin, talab qilinadigan Eb/N0qiymatning kamayishi bo‘lib o‘tadi.
Yumshoq xendoverdan yutuq radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlariga bog‘liq. Signallarning so‘nishi juda sezilarli bo‘lgan shaharlarda turli manbalardan keladigan signallar orasidagi korrelyasiya juda kichik, buning natijasida yumshoq xendoverdan foydalanishdan yutuq ortadi. Va aksincha, signallar sezilarli so‘nishlarga uchramaydigan qishloq joylarida turli manbalardan keladigan signallar orasidagi korrelyasiya ortadi va yutuq kamayadi. YUtuqning qiymati 2-5 dB chegaralarda o‘zgaradi. Radioliniyaning byudjetini hisoblash uchun yutuqning odatdagi qiymati 2-3 dBni tashkil etadi.



Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling