- Avtotransport korxonalarida sotish tannarxi deganda ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)largaketgan barcha ishlab chiqarish maqsadidagi sarf-xarajatlar tushuniladi.
Ushbu ko‘rsatkichning hisobi hisobot davri (oy, chorak, yil) davomida 9130 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlaming tannarxi» schotida yuritiladi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. Sotishdan olingan foyda yoki zarar ATVlari yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan sof tushum hamda ulaming sotish tannarxi summalarining farqidan tashkil topadi. Sof tushumning sotish tannarxidan ko‘p bo`lishi avtotransport korxonasining bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan foyda olganligini, aksincha sof tushumning sotish tannarxidan kam bo‘lishi esa avtotransport korxonasining bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan zarar ko‘rganligini bildiradi. Buxgalteriya hisobida sotishdan olingan foyda yoki zarar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schoti ma’lumotlari asosida arifmetik yo‘l bilan topiladi. Avtotransport korxonalarida davr xarajatlari deganda ular tomonidan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lami sotish, ma’muriy-boshqarish va boshqa operasion faoliyatga doir xarajatlar tushuniladi. Ushbu xarajatlarning hisobi mos ravishda 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari», 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotlaridaolib boriladi. Avtotransport korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi - nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqa aktivlami sotishdan olingan foyda; - undirilganjarimalar; - qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |