Ishlab chikarish texnologik sxemasini chizmasini tanlash va asoslash


Download 18.09 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi18.09 Kb.
#1440106
Bog'liq
8-amaliy mashgulot yog`


8-amaliy mashgulot
Ishlab chikarish texnologik sxemasini chizmasini tanlash va asoslash
Ishlab chiqarish binosini loyihalash yechimining parametrlariga: ustunlar(kolonna) to’rini bo’ylama o’qlari orasidagi masofa- prolyot(oraliq), ko’ndalang o’qlararo masofa-qadamlar kiradi.
Planda ustunlar to’rining ko’ndalang o’qlari arab harflari bilan, bo’ylama o’qlar esa yozma rus alfaviti(z,o,i,sh dan tashqari) harflari bilan belgilanadi.
O’qlarni belgilari xar bir o’qning oxirida joylashgan doira ichiga yozib qo’yiladi. Belgilash to’rni pastki chap burchagidan boshlanadi.
Ishlab chiqarish binolari to’liq va to’liq bo’lmagan karkasdan quriladi. To’liq karkasli binolarda karkas temir beton ustun, to’sin(balka)lardan tashkil topadi. Tashqi devorlar o’z-o’zini ko’taradigan bo’ladi.
To’liq bo’lmagan karkasli binolarda ustunlar faqat bino ichiga joylashtiriladi, tashqi devorlar yuk ko’taruvchi hisoblanadi.
To’liq karkasli binolarni qurishda uskunalar temir beton konstruktsiyalarni montaj qilingandan keyin o’rnatilishi mumkin.
To’liq bo’lmagan karkasli binolarni qurishda yuk ko’taruvchi devorlar qurilishi temir beton konstruktsiyalarining montaji bilan bir vaqtda olib boriladi.
Ko’p qavatli binolar ustun to’ri 6×6, kengligi 48 mmgacha bo’lgan to’rga ega ko’p prolyotli qilib loyihalanadi. Bino uzunligi cheklanmagan bo’lib, bunda ish o’rnidan chiqishgacha bo’lgan masofa 75 m ni tashkil qilishi va har 60 m da harorat choki bo’lishini ta’minlanishi lozim. Qavatlar balandligi 3,6; 4,8; 6,0; 7,2 m bo’lishi mumkin.
Binoni yaxshi shamollatish uchun yopmalarda fonar o’rnatilgan bo’ladi. Binoning necha qavat bo’lishi texnologik sxema va binoning qabul qilingan kompanovkasiga qarab belgilanadi. Qavat balandligi apparatga qulay xizmat qilishini hisobga olgan holda loyihalanadi. Bino balandligini tanlashda sanitar sharoitni yaxshilash uchun issiqlik ajralishini hisobga olinishi kerak.
Qavatlararo yopmalarda teshik(proyom) bo’lishi lozim, ular orqali bir qavatdagi apparatni ishlashini boshqa qavatdan turib kuzatish mumkin bo’ladi. Ayni vaqtda bu tuynuk orqali bino shamollatib turiladi.
TSexdagi pollar keramik plitalardan qilinishi lozim. TSementli pollar yog’ kislota ta’siri ostida tez buzilib ketadi. Moy bilan sistematik tarzda xo’llanadigan pollarda kislotaga bardoshli tsementdan foydalanish lozim(filьtrpress oldidagi pol). Margarin va mayonez tsexidagi pollar kanalizatsiya trapiga nisbatan 1 % qiyalikda qilinishi lozim, chunki ular sovunli suv bilan yuviladi.
Sun’iy yoritish 20-25 lk. oralig’ida bo’lishi lozim. SHu sababli yetarli miqdorda yoritish moslama o’rnatilishi kerak.
Apparatlar chizmada shunday tasvirlanishi kerakki, ularni muvofiq yozmalari bo’lmaganda ham umumiy konstruktsiyasi bo’yicha bilish(tanish) mumkin bo’lsin. Texnologik chizmalarda apparatlarni ortiqcha detallarga bo’lish kerak emas. Bo’ylama va ko’ndalang qirqim chiziqlari shunday berilishi kerakki, qirqimlarda asosiy apparatlarni iloji boricha ko’proq qismi ko’rsatilishi kerak. SHuningdek apparatlarni ishlab chiqarish jarayonlaridagi o’zaro bog’liqligi ham ko’rsatilishi lozim. SHularga asosan qirqim chiziqlarini tanlash hal qilinadi.
Loyihada, ishlab chiqarish apparatlaridan tashqari motorlar, reduktorlar, nasoslar, kompressorlar, transport elementlari va boshqalar ham ko’rsatilishi lozim. Binoning muhim konstruktiv elementlarini ko’proq ko’rsatish uchun qirqim chizig’i deraza va eshik proyomlari orqali va zinalar orqali o’tishi kerak, ya’ni qirqimda asosiy zinalarning marsh qismi ko’rsatilishi lozim.
Texnologik chizmalarda asosiy qurilish o’lchamlari, aynan, har bir binoning uzunligi va eni, qirqimlarda qavat bo’yicha poldan shiftgacha bo’lgan balandlik ko’rsatiladi.
Bundan tashqari planda ustun o’qlari orasidagi va perpendikulyar yo’nalish bo’yicha ustun o’qlaridan devorgacha bo’lgan oraliq masofa ko’rsatiladi. Ishchi chizmada asosiy ishlab chiqarish apparatlarining o’lchamlari ham ko’rsatiladi. Ular bilan ikki perpendikulyar yo’nalish bo’yicha devor yoki ustun o’qlari orasidagi masofa ko’rsatiladi, bu bilan apparatni joylanish nuqtasi aniqlanadi. Bu o’lchamlar apparat o’qidan, agar simmetrik bo’lsa yoki bo’lmasa qaysidir bir konstruktiv elementidan hisoblanadi. Agar apparat pol ustidan ko’tarilgan holda yoki shiftga mahkamlansa, qirqimda apparatdan polgacha bo’lgan masofa ko’rsatiladi. CHizmada hamma apparatlar raqamlanadi. Eksplikatsiya loyiha listlarining bittasiga joylashtiriladi. Eksplikatsiyada agregat nomi, soni, qisqacha xarakteristikasi(o’lchamlari-gabaritlari) va kerak bo’lsa nomi (masalan, moy uchun nasos va hokazo) ko’rsatiladi.
Barcha chizmalar 841×594 yoki 1189×841 standart formatli listlarda bajariladi. Listning o’ng tomonidagi pastki burchagidagi ramka ichiga burchak shtamp(pasport) joylashtiriladi.
Download 18.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling