Ishlab chiqarish funksiyasi va firmalar faoliyatida uning qo’llanilishi

Download 405.97 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2023
Hajmi405.97 Kb.
#1741984
1   2   3   4
Bog'liq
Ishlab chiqarish funksiyasi va firmalar faoliyatida uning qo’llanilishi

Ishlab chiqarish funksiyalari quydagicha 𝑦 = 𝑓 𝑥1, 𝑥2, . . . , 𝑥𝑛 ifodalash mumkin. Bu yerda 𝒙𝟏, 𝒙𝟐, . . . , 𝒙𝒏lar bog‘liq bo‘lmagan erkli o‘zgaruvchilar, y bog‘liq bo‘lgan (erksiz) o‘garuvchi(funksiya) deb aytiladi. Shunga o‘xshash bog‘lanishlarni chorvachilik uchun ham yozish mumkin. Nihoyat alohida olingan xo‘jalik rivojini ham bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchi (argumentlar) orqali aniqlash mumkin bo‘ladi. Shunday qilib ishlab chiqarish funksiyalariga quyidagicha tarif berish mumkin.

Ishlab chiqarish funktsiyasi shunchaki firmaning ishlab chiqarishga kiradigan miqdorlar funksiyasi sifatida ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan chiqim miqdorini (q) bildiradi. Ishlab chiqarishga, ya'ni "ishlab chiqarish omillariga" turli xil kirishlar bo'lishi mumkin, lekin ular odatda kapital yoki mehnat sifatida belgilanadi. Texnik jihatdan, er ishlab chiqarish omillarining uchinchi toifasiga kiradi, biroq u erga xos bo'lgan biznes kontekstidan tashqari ishlab chiqarish funktsiyasiga qo'shilmaydi. Ishlab chiqarish funktsiyasining funktsional shakli ya'ni f ning aniq ta'rifi firma foydalanadigan maxsus texnologiyaga va ishlab chiqarish jarayonlariga bog'liq

Iqtisodiy tahlilda va ekonometrikada ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarilgan mahsulot o`rtasidagi bog`liqlikni tahlil qilishda Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasidan juda keng miqyosda qo`llaniladi. Ushbu funksiya ilk bor Knut Uiksell tomonidan taklif qilingan va 1928-yildan Charlz Kobb va Pol Duglaslar tomonidan empirik ma`lumotlar bilan tekshirib ko`rilgan. 1928-yilda Kobb va Duglaslar 1899-1922 yillardagi Amerikadagi iqtisodiy o`sish model haqidagi tadqiqotni chop etishdi. Ular bu tadqiqotda iqtisodiyotning sodda modelini taklif qilishgan edi. Bunda, iqtisodiy faoliyatga juda ko`plab omillar ta`sir qilishiga qaramay, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi faqatgina ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi hamda investitsiya qilingan kapital tomonidan aniqlanishi aks etgan edi. Lekin shunga qaramay, ularning bu modellari iqtisodiy voqelikni ancha aniqlikda aks ettirargan.

Download 405.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling