19-rasm.Talab va taklif bir vaqtda ortganda muvozanat miqdorning o'zgarishi
Grafikka e'tibor bersak,talab ham taklif ham bir xil miqdorda 4000 kg ga orttayotganini ko'ramiz.Muvozanat miqdor esa 8000 kg dan 12 000 kg ga ortganini kuzatamiz.Demak,talab va taklif bir xil miqdorda ortganda muvozanat narx o'zgarmaydi,muvozanat miqdor esa ortadi.
Muvozanat narxning o'zgarishi.Bunda ikki holat bo'lishi mumkin:
talab ortish mashtabidan taklif ortish mashtabi katta bo'lsa,muvozanat narx pasayadi (20-rasm);
talab ortish mashtabidan taklif ortish mashtabi kichik bo'lsa,muvozanat narx ortadi (21-rasm);
Grafikda birinchi holatga e'tibor bering(20-rasm).Talab 4000 kg ga ortd (A nuqta) ,taklif esa 8000 kg ga ortdi.Muvozanat miqdor esa 2000 kg ga ortadi.Muvozanat narx esa 100 so'mga pasayadi. Demak,talab ortishining taklif ortishidan ortda qolishi muvozanat narxning pasayishiga olib kelar ekan.
20-rasm.Talabning ortishi taklif ortishidan kichik bo'lsa muvozanat narx pasayadi (1-holat).
Grafikda ikkinchi holatga e'tibor bering(21-rasm).Talab 8000 kg ga ortd (B nuqta) ,taklif esa 2000 kg ga ortdi.Muvozanat miqdor esa 4000 kg ga ortadi.Muvozanat narx esa 100 so'mga ortdi. Demak,talab ortishining taklif ortishidan katta bo'lsa, muvozanat narx ortadi.
21-rasm.Talabning ortishi taklif ortishidan katta bo'lsa muvozanat narx ortadi (2-holat).
Talab va taklif bir vaqtda kamaydi.Bu vaziyatda ham muvozanat narxni o'zgarmaganini hamda muvozanat miqdorning kamayganini kuzatamiz(22-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |