Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.; Narxning mazmuni va uning vazifalari
Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT)
Download 39.65 Kb.
|
Nazorat ishi IQTISOD NAZARIYA
Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. «Katta sakkizlik» nomini olgan jahondagi yetakchi mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Gеrmaniya, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya) ning har yillik kеngashi bu sohada muhim rol o’ynaydi. Bu mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti 2007 yilda jahondagi barcha mamlakatlar YAIMning 45,3 foizini tashkil etgan. Valyuta–moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTRB faol shug‘ullanadi. XTRB va u bilan birga jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil investitsion obyektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi. Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli fuktsional aloqalarni o‘rganishni amalga oshiradi, valyuta va byudjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi. Sharqiy yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga solish tizimida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berib turadi .80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatdagi o‘zgarishlar, jahon xo‘jalik aloqalari tizimini ko‘p tomonlama tartibga solish shakllari evolyutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o‘zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil subyektlarni tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko‘payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi. 80-yillarning o‘rtalarida dunyoda AQSH, G‘arbiy yevropa va YAponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta’siri bo‘ldi. XVF, XTRB, TSBKga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini tartibga solishda ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi. Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu Ittifoqning SHartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator yevropa muassasalari tuzildi. Evropa Ittifoqining ijroiya organi yevropa hamjamiyati Komissiyasi (EHK)dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir. Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar Kengashi mavjud bo‘ladi. Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat byudjeti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi yevropalament zimmasiga yuklatiladi. Evropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYU, 2004 yildan boshlab yevro joriy etildi va yangi muassasa – yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi.
E’TIBOR UCHUN KATTA RAXMAT Download 39.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling