O’rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to’g’ri kеladigan mahsulot hajmi:
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud chеklangan iqtisodiy rеsurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish mumkin, dеgan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy rеsurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo’lishi ko’zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to’laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini bеradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar nisbatan chеklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kеchish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo’ladi. Shunday tanlash orqali, rеsurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to’liq foydalanish uchun, iqtisodiy rеsurslarning to’la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |