Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo’ljallangan xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir


Download 18.27 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi18.27 Kb.
#1744495
Bog'liq
muammo va yechim


Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo’ljallangan xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyat-laridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Printsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin.
Tijoriy xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va tashki-lotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul shaklida bo’lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, ularni xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi iqtisodiy tanglik1ar. inqirozlar doimo mulk egalari, investorlarni yuzaga kelgan holatlar bo 'yicha muhim qarorlar qabul qilishga undaydi. Aks holda, sekin-sekin biznesdagi harakat yakun topadi va korxonalar yopiladi. Erkin iqtisodiyotda, xo'jalik yurituvchi subyektlar va mulk egalarini qiziqtiradigan eng muhim masala biznes samaradorligi va faoliyat natijaviyligini baholash, ular moliyaviy holatini tahlil etish masalasidir. Xo`jalik yurutuvchi subyektlar xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatiga oid moliyaviy oqimlarning o‘zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda ishlab chiqarish omillari – moddiy, mehnat, informatsion va boshqa resurslarning tegishli harakatlarini yanada to‘laroq aks yettirish;
boshqaruv qarorlari qabul qilishda, xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy re-surslari o‘sishining rezervlarini to‘liq qidirib topish va amalga oshirishda uning moliyaviy-analitik xizmatlari rolini oshirish; Xo`jalik yurutuvchi subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to‘liq-roq ta’minlash uchun o‘z bilimlarini sarf yetayotgan moliyaviy me-nejment malakasi darajasini oshirish;
Xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida xalqaro an-dozalarga muvofiq ravishda ma’lumotlar olish, XYUSlar, firma-lar va korporatsiyalar faoliyatida yuqori darajadagi barqarorlik-ni ta’minlash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga o‘tish. Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subyektlari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi: •respublika va mahalliy budjetlar, davlat nobudjet fondlari bud-jetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat xo`jalik yurutuvchi subyektlar va davlatning ishtirokidagi xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohi-yati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin; •xususiy xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallan-magan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli qo‘yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlar-dan iborat. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi. xo`jalik yurutuvchi subyektlarning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bo‘lgan xo`jalik yurutuvchi subyektlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlikning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi; •bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit resursla-riga bo‘lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tash-kilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoni-yatiga ega emas. xo`jalik yurutuvchi subyektlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga ega. Asosiy kapitalni shakllantirish-dagi kreditlarning salmog‘i iqtisodiy samaradorlik o‘sishi uchun yetarli emas; •sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbir-korlik risklarini pasaytiradigan, jamg‘arma va hamda investitsiyalar o‘si-shini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha su-g‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig‘indisining amalga oshi-rilishi orqali namoyon bo‘ladi; uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ularning ja-mi daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, investitsion talabning o‘si-shiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqali ifodalanadi.

Download 18.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling