Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi 2022-2023 о‘quv yilidagi tanishuv amaliyoti hisoboti amaliyot topshirig‘i mavzusi


Bu dasturlash tilida nimalar qilishi mumkin?


Download 68.5 Kb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1747159
1   2   3   4
Bog'liq
Hisobot (2)

Bu dasturlash tilida nimalar qilishi mumkin?

  • Python serverda veb-ilovalar ishlab chiqish uchun ishlatilinishi mumkin.

  • Python ish oqimlarini yaratish uchun dasturiy ta'minot bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin.

  • Python ma'lumotlar bazasi tizimlariga ulanishi mumkin. Bundan tashqari, u fayllarni o'qishi va o'zgartirishi mumkin.

  • Python katta ma'lumotlarga ishlov berish va murakkab matematikani bajarish uchun ishlatilishi mumkin.

  • Pythonni tezkor prototiplash yoki ishlab chiqarishga tayyor dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun ishlatish mumkin.

Nima uchun aynan Python?

  • Python turli xil platformalarda ishlaydi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar).

  • Python ingliz tiliga o'xshash oddiy sintaksisga ega.

  • Python dasturlash tiliga bo'lgan talab yildan yilga oshib kelmoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga ko'ra, 2020 yilda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng ko'p talab bo'lgan.

  • Python Artificial Intelligence (Sun'iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma'lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun'iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan. Bu sohalardagi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi.

  • Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi.

  • O'rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod.

Moslashuvchanlik —Python dasturlash tili ma'lum bir masalalarni yechish bilan chegaralanmagan. Bu til dasturchilarga yangi va yangi yo'nalishlarga


.sort()'>RO'YXATNI TARTIBLASH
Aksar holatlarda ro'yxat ichidagi elementlarni alifbo ketma-ketligida tartiblash talab qilinishi mumkin. Buning uchun list uchun maxsus .sort() metodidan foydalanamiz.

cars = ['bmw','mercedes benz', 'volvo', 'general motors', 'tesla', 'audi']


cars.sort()
print(cars)

Natija: ['audi', 'bmw', 'general motors', 'mercedes benz', 'tesla', 'volvo']


Kurib turibsiz, yuqoridagi ro'yxatimiz alifbo bo'yicha tartiblandi.


cars = ['Bmw','mercedes benz', 'volvo', 'gm', 'tesla', 'audi']


cars.sort()
print(cars)

Natija: ['Bmw', 'audi', 'gm', 'mercedes benz', 'tesla', 'volvo']


Yuqoridagi misolda 'Bmw' elementi katta harf bilan boshlangani uchun ro'yxatning boshidan joy oldi.


Ro'yxatni teskari tartibda saqlash uchun .sort() metodi ichida reverse=True argumentini ham kiritamiz.


cars = ['bmw','mercedes benz', 'volvo', 'general motors', 'tesla', 'audi']


cars.sort(reverse=True)
print(cars)

Natija: ['volvo', 'tesla', 'mercedes benz', 'general motors', 'bmw', 'audi']




.sort() metodi ro'yxatni tartiblaydi. Ba'zida asl ro'yxat ichidagi elementlarning ketma-ketligini buzmagan holda ro'yxatni tartiblash talab qilinishi mumkin. Buning uchun sorted() funktsiyasidan foydalanamiz:

mehmonlar = ['Odil', 'Hamid', 'Temur', 'Avazbek', 'Farruh', 'Shamsiddin']


print("sorted() qaytargan ro'yxat:", sorted(mehmonlar))
print("Asl ro'yxat o'zgarmas qoldi:", mehmonlar)

Natija:
sorted() qaytargan ro'yxat: ['Avazbek', 'Farruh', 'Hamid', 'Odil', 'Shamsiddin', 'Temur']


Asl ro'yxat o'zgarmas qoldi: ['Odil', 'Hamid', 'Temur', 'Avazbek', 'Farruh', 'Shamsiddin']



Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling