Ishlab chiqarish ko‘rinishining xarakteristikasi va ish usullari
Download 360.41 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
Ishlab chiqarish ko‘rinishining xa rakteristikasi va ish usullari Ishlab chiqarish uch turga bo‘linadi: keng ko‘lamli, seriyali va donali. Ish usullari esa ikki turga bo‘linadi: potokli va potoksiz. Qisqa nomenklaturada mahsulot uzoq muddat juda katta partiyada ishlab chiqarilsa. Keng ko‘lamli ishlab – chiqarish deyiladi. Keng ko‘lamli ishlab chiqarishni potokli – keng ko‘lamli ishlab chiqarish ham deb ataladi. Bunda mexanik ishlov berish, chulg‘amlarni joylashtirish, yig‘ish va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi. Operatsiyalarning mustahkamlik koeffitsienti quyidagicha amalga oshiriladi: K M = 𝑂 𝐼 bunda 0-xar hil operatsiyalar soni; I-ish o‘rinlarinig soni. Keng ko‘lamli ishlab chiqarish К М =1 deb qabul qilinadi. Mahsulot chegaralangan nomenklaturada juda katta hajmda davriy takrorlanib turuvchi partiyada ishlab chiqarilsa, seriyali ishlab chiqarish deyiladi. Mahsulotning partiyadagi soniga qarab kichik seriyali (20 <=40) , o‘rta seriyali (10 <=20) , katta seriyali (1 <=10) ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi. Mahsulot katta nomenklaturada kam hajmda ishlab chiqarilsa, donali ishlab chiqarish deyiladi. Bunday ishlab chiqarishda K M >40 bo‘ladi. Bunday ishlab chiqarish yakka buyurtma na’munaviy tajriba mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan. Har qanday korxona mahsulot ishlab chiqarishni potokli usulda amalga oshirishga intiladi. Potokli usul ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni bajarish uchun kerak bo‘lgan texnologik ta’minlanish darajasi bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarishni potokli tashkil etish texnologik siklning qisqarishiga, rejalash va boshqaruvning soddalashuviga hamda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish imkoniyatlarini yaratadi. Download 360.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling