Ishlab chiqarish muhitining ob-havo sharoiti Reja
Changning zararli ta'siri
Download 111.78 Kb.
|
1643 (1)
6. Changning zararli ta'siriMashinasozlik sanoatida changning hosil bo'lishi, quymalarni, tozalash va kesish, charxlash, mahsulotga sayqal berish va silliqlash, detallarni qum oqimi bilan tozalash ishlarini bajarganda hosil bo'ladi. Ishlab chiqarish changining ishchilar salomatligiga zararli ta'siri ko'p omillarga bog'liq bo'ladi. Ularga birinchi navbatda chang zarralarining fizik-kimyoviy xossalari, kattaligi va shakli, havodagi changning miqdori, smena davomida ta'sir etish muddati hamda kasbda ishlash davri, muhit va mehnat faoliyati kabi boshqa omillarning bir vaqtda ta'sir etishi kiradi. Masalan, tashqi harorat ko'tarilganda yoki kishi jismoniy mehnat bilan shug'ullanganda tez-tez nafas olish natijasida organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollarning bo'lishi va havodagi boshqa gazlar ta'siri changning organizmga, zararli ta'sirini kuchaytiradi. Organizmning chang ta'siriga ko'rsatgan zararlanishida shaxsiy farqlanish bo'ladi, bu nafas yo'larming filtrlash xususiyati, biologik qarshilik va boshqalarga bog'liq. Chang ajralishning gigienik ta'siridan tashqari yana boshqa salbiy tomonlari bor: u texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi, qimmatbaho materiallarni ishdan chiqarib iqtisodiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari ishlab chiqarish muhitining umum sanitariya holatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi asboblarni ifloslantirishi oqibatida yorug'likni kamaytiradi. Changning ba'zi turlari, masalan, ko'mir, yog'och changlari yong'in va portlashning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. Changlarning kimyoviy tarkibi va eruvchanligi, changlarning kattakichikligi (dispersligi), zarrachalarning shakli, ularning qattiqligi tuzilishi (kristall, amorf), elektr zaryadlanish xossalari organizmga ta'sir qilishda ahamiyatga molikdir. Changlarning organizmga ta'sirining ko'p xil ko'rinishda bo'lishini ularning kimyoviy tarkibi belgilaydi. Changning asosiy ta'siri, eng avvalo, nafas olganda vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmo-konioz yoki umumiy zararlanish (zaharlanish, allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba'zi bir changlar qo'shimcha kasalliklar tug'dirish xususiyatiga ega. Changning bu . asosiy bo'lmagan ta'siri yuqori nafas yo'llari, ko'zning shilliq qavati, teri qoplami kasalliklarida ko'zga tashlanadi. Changning o'pka yo'liga kirishi pneymoniya, sil, o’pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. Kremniy (II) oksid (ayniqsa, uning kristall turi), silikatlar (kremniy kislotasining tuzlari), ko'mir, ba'zi blr metallar (alyuminiy va boshqalar) ning changlari hamda bar xil changlar aralashmasi masalan, mineralmetallar changlarining aralashmasi, pnevmokonioz rivojlanishida kimyoviy tarkibiga ko'ra xavfli bo'ladi. Bu changlar amalda erimaydigan bo'lib, nafas olganda nafas tizimining chuqur bo'limlarida tutilib qoladi va kasallikni yuzaga keltiradi, o'pkada biriktiruvchi to'qimalarini rivojlanishiga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan erkiiy kristall kremniy (II) oksidi, ya'ni kvars changi va uning boshqa turlari eng xavfli chang hisoblanadi. Qo'shimcha kasallik tug'diruvchi changlarning xavfliligi ularning eruvchanligi bilan to'g'ri proporsional bo'la olmaydi. Masalan, kvarsga qaraganda amorf kremniyning eruvchanligi yuqori, lekin kvarsning qo'shimcha kasallik tug'diruvchi xavfi katta. Eriydigan changlar nafas yo'llarida tutilib so’riladi va qonga o'tadi, organizmga ko'rsatadigan keyingi ta'sirimlarning kimyoviy tarkibiga bog'liq. Masalan, qand changi zararsiz, qo'rg'oshin, mis va boshqa metallarning changi zaharlovchi ta'sir ko'rsatadi. Changlarning katta-kichikligi, ularning havodagi turg'unligi, nafas yo’lariga kirish va qancha chuquriikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. 10—20 mkm kattalikdagi zarrachalar Nyuton qonuniga bo'ysingan holda yerga tortilish kuchi ta'sirida ma'lum tezlik bilan yerga qo'nadi. Nafas olinganda ular nafas yo'llarining yuqori qismlarida ushlanib qoladi. Mikroskopik tavsifdagi zarrachalar (0,25—10 mkm) havoda ancha turg'un bo'lib, bir xilda lezlik bilan yerga tushadi. Nafas olganda alveollarga ularning asosan 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari kiradi. Ultra mikroskopik zarrachalar kattaligi 0,25—0,1 mkm va undan kichik bo'Igan zarrachalar Broun harakati qoidalariga bo'ysingan holda havoda uzoq vaqt aylanib yuradi. Ularning bir-biriari bilan to'qnashishlari natijasida yiriklashib (koagulatsiya), yerga qo'nishi mumkin. Nafas olingan havodagi ultra mikroskopik zarrachalarning 60—70% i o'pkada ushlanib qoladi. Bu zarrachalarning fizik- kimyoviy aktivligini belgilaydigan solishtirma yuzasining katta bo'lishiga qaramay, changli shikastlanishlarning rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynamaydi, chunki ularning massasi katta bo'lmaydi. Moddalar juda yuqori darajada maydalanganda ularning eruvchanligining ortishi va o'pkada ushlanish vaqtining kamayishi natijasida o'pka to'qimasiga changga o'xshash ta'sir etishi zaiflashadi, lekin zaharli ta'siri kuchayadi. Chang zarralarining shakli har xil bo'lishi mumkin: sferik, yassi, noto'g'ri. Aerozollar hosil bo'lishida chang zarralari miqdorining ko'p qismi dumaloq shaklga ega bo'ladi. Dezintegratsiya aerozollarida esa noto'g'ri, ko'p burchakli, yassi shaklda bo'ladi. Zarrachalarning shakli aerozolning turg'unligiga va oiganizmdagi holatiga ta'sir etadi. Chetlari o'tkir tishli chang izarrachalari o'pka to'qimalarini jarohatlaydi degan tushinchaf noto'g'ri ekanligi isbotlandi, chunki ular yopishqoqr limfa muhitida bo'ladi, bu ularning yuqorida aytib o'tilgan xislatlardan mahrum qiladi. Biroq shisha tola, slyuda kabi chang turlari nafas yo'llariga kiiganda yuqori nafas yo'llari hujayralarini mikro zararlash xavfi aniq bo'ladi. Ular ko'zning shilliq qavatini va teriga ta'sir ko'rsatishlari mumkin. Chang zarralarining qattiqligi ularning zararli ta'sirida aytarli rol o'ynamaydi. Masalan, korund va karboruundga o'xshash juda qattiq moddalarning changi ulardan anchasyumshoq bo'lgan kvars changiga nisbatan kam zararlidir. Chang zarrachalarining elektr bilan zaryadlangan bo'lishi aerzollarning tuig'unligiga va uning biologik aktivligiga ta'sir qiladi. Qattiq materiallarning changishi vaqtida chang zarrachalarining 90— 98% i musbat yoki manfiy zaryadlanadi. Ancha yirik zarrachalar ko'p zaryadli bo'ladi. Chang zarralarining adsorbsion xususiyatlari ba'zida ta'sirlash xususiyatiga ega bo'lgan zaharli gazsimon moddalarning chang bilan kirishiga sabab bo'ladi. Havo muhitining changli bo'lishi, uni mikrob va bakteriyalar bilan ko'p urug'lanishiga sabab bo'ladi. Changning zararli ta'siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi kasb kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarga ajralgan. Silikoz—erkin kremniy (II) oksidi changining ta'siridan rivojlanadigan pnevmokoniozning ko'p uchraydigan va xarakterli shaklidir. Silikatoz—kremniy kislota tuzlarining changi nafas olish yo'llariga kinganda vujudga keladi, antrakozko'mir changi bilan nafas olganda vujudga keladigan pnevmokoniozdir. Shuningdek, nafas olish organlariga ba'zi bir metallarning, masalan, alyuminiy, temir, aralash tarkibli ichanglar kiiganda ham pnevmokonioz rivojlanishi mumkin. Changli havo bilan nafas olganda ancha yirik chang zarralari yuqori nafas yo'llarida ushlanib qoladi, asosan 5 mkm va undan kichik bo'lgan chang zarralari nafas yo'llarining chuqur bo'limlariga tushadi. Organizmda ushlanib qolgan changlar miqdori chuqur nafas olganda, masalan, og'ir ish qilganda, shuningdek, havodagi chang miqdori ortib ketganda ko'payadi. Silikoz juda changli sharoitda odatda ko'p yil, ko'pincha og'ir jismoniy ish bajarganda rivojlanadi. Bu kasallik tog’ ishchilarining kasb kasalligi bo'lib, qadimdan ma'lum. Silikoz kasalligi halloslash, yo'tal, ko'krakda og'riq bo'lishidan boshlanadi. Avvalgi bosqichlarda bu belgilar kam seziladi, halloslash faqat jismoniy ish bajarganda paydo bo'ladi. Kasallik kuchaygan davrda nafas yetishmasligi va halloslash oddiy ishlarni bajarganda va hatto tinch holatda ham ro'y beradi. Ishlab chiqarishdagi chang faqat pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo'lmay, balki nafas yo'llari, ten va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini iham keltirib chiqaradu Bularga ten hujayralarining ko'chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitlar kiradi. Download 111.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling