Ishlab chiqarish sanitariyasi
Download 54.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarish sanitariyasi - Vikipediya (1)
Ishlab chiqarish sanitariyasi Ishlab chiqarish sanitariyasi — sanitariyannng bir boʻlimi; sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlashga qaratilgan sanitariya sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarinchng oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariyagigiyena normalariga bekamu-koʻst rioya qilish, ishchixizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va h.k.ning gigiyena talablari darajasida boʻlishini taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadi. Bulyrdan tashqari, i.ch. omillari, mas, havodagi chang , kimyoviy moddalar miqdori, shuningdek, vibratsiya kuchi, shovqin va h.k., shuningdek, harorat, namlik va b.ning maromida boʻlishini nazorat qiladi. Korxona kurilishi va i.ch.ga topshirilishigacha boʻlgan jarayonlarda sanitariya normalari va gigiyena kridalariga asoslangan holda ish yuritadi. Ishchixizmatchilarga zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, i. ch.da xavfsizlik texnikasining zamonaviy vositalarini qoʻllash korxona rahbariyati zimmasida boʻlib, ular davlat tomonidan belgilangan maxsus normativlarga asoslangan holda ish koʻrishlari talab etiladi. Korxona, mu-assasa, tashkilotlarning gigiyena normalariga, sanitariyagigiyena qoidalari va b.ga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat sanitariya nazo-rati organlari, asosan, sogʻliqni saqlash idoralari va vazirliklari, shuningdek, kasaba uyushmalari hamda texnika va huquq mehnat inspeksiyalari nazorat qiladi. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Manbalar Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ishlab_chi qarish_sanitariyasi&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index. php? title=Ishlab_chiqarish_sanitariyas i&oldid=2843011 " dan olindi Download 54.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling