Ishlab chiqarish


Ishlab chiqarishni tashkil etish


Download 21.05 Kb.
bet2/2
Sana17.11.2023
Hajmi21.05 Kb.
#1783032
1   2
Bog'liq
1-on menejment

Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida i.ch. re-surslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. I.ch.t.e. eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli i.ch. sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda i.ch. estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. I.ch.t.e. dan maqsad korxona uchun aj-ratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.
I.ch.t.e. xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, i.ch. ning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-tex-nik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizatsiyalash jarayoni, i.ch. boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari hamI.ch.t.e. ga kiradi. U mahsulot i.ch. ning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli i.ch.ni xreil qiladi. I.ch.t.e. ning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, i.ch. boʻgʻinlarining mutanosibligi va mahsulot i.ch.ning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib vaqtni minimal sarflash hisobiga i.ch. ning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik i.ch. kuv-vatlaridan toʻliq foydalanish imko-niyatni beruvchi uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot i.ch. ni uzluksiz tashkil etishdir. I.ch.t.e. ning muhim kurinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.
I.ch.t.e. ning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va i.ch.ni kombinatsiyalash orqali yangi i.ch. tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, i.ch. uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy i.ch. majmualari darajasida I.ch.t.e.) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.
I.ch.t.e. ning xususiyatiga koʻra, potok l i (i.ch. ning har bir uchastkasida muayyan ish nomenklaturasi, ish urni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi mahsulot kuplab tayyorlanadi), yakka tartibda (alohida uchastkalarni texnologik ixtisoslashda namoyon boʻladi) va partiyalab, toʻp-toʻp qilib i.ch. (po-tokli va yakka tartibda mahsulot i.ch.ni ham oʻzida mujassam etadi) koʻrinishlari bor. I.ch.t.e. da ishlab chiqarish sikli davomiyligini vaqt jiqatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hoz. vaqtda texnikadan unumli foydalanish va ularni oʻz vaqtida sifatli qilib taʼmirlash I.ch. t.e. ning muhim vazifasiga aylangan

MENEJER VA UNING VAZIFALARI Boshqaruv bevosita inson tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilotda ishlaydigan, maxsus boshqaruv ilmini egallagan, ish yurituvchi va boshqaruvchi menejer deb ataladi. Har qanday rahbar xodim yoki menejer ish vaqtining 70 — 80 foizini odamlar bilan muloqot qilishga sarflaydi. Shu bois, menejmentni tom ma’noda qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar faoliyatini o‘zaro muloqot orqali boshqarish deb ham aytish mumkin. Menejer oldida turgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni ketma-ket bajarishi kerak bo‘ladi: 1. Rejalashtirish; 2. Tashkil qilish; 3. Rahbarlik qilish; 4. Nazorat qilish. Rejalashtirish bosqichida menejerlar korxona yoki tashkilot maqsadidan kelib chiqib, istiqbolli rejalar va dasturlarni ishlab chiqadilar. Rejani amalga oshirish uchun korxonaning hamma bo‘limlari ishini o‘zaro muvofiqlashtiradilar. Ularning ishini tashkil qiladilar, bevosita rahbarlik qilib, ishning bajarilishini nazoratga oladilar. Menejerlar xodimlarni korxona oldida turgan ma’lum maqsadga erishishiga chorlovchi va jamoani bunga otlantiruvchi, safarbar qiluvchi kishilardir. Firmani boshqarishda menejerlarning yuqori salohiyatga egaligi, iqtisodiy bilimlarni chuqur bilishi, o‘zining imidjiga ega bo‘lishi, ma’naviy jihatdan yetukligi, muomala, so‘zlashuv madaniyatining yuksakligi katta ahamiyat kasb etadi.




BOSHQARUV USLUBLARI Avtokratik, ya’ni yakka hokimlik uslubi. Bunda rahbar o‘zgalar fikrini so‘rab o‘tirmaydi, balki buyruq berib uning bajarilishini nazorat qiladi. Bunday uslubda firmaning jamoasi markazlashgan bo‘ladi, xodimlar orasida esa aloqalar deyarli bo‘lmaydi. Byurokratik (qog‘ozbozlik) uslubi. Bu uslub ham yuqoridagi uslubning bir ko‘rinishi bo‘lib, firma faoliyati “tepadan tushirilgan” buyruqlar, yo‘l-yo‘riqlar va rasmiy qog‘ozlar asosida boshqariladi. Bunday korxonada tashabbuskorlikka emas, qog‘oz hujjatlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Demokratik uslub. Bunda jamoaning barcha a’zolari qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etadi. Jamoa har bir a’zosining fikri inobatga olinib, ular umumiy ishga qandaydir hissa qo‘shayotganligidan qoniqadi. Bunday jamoalarda, odatda, odamlar o‘z ishlariga sadoqatli bo‘ladi. Rahbarning asosiy vazifasi jamoa a’zolarini tashabbuskorlikka yo‘naltirishdan iborat bo‘lib qoladi. Mеnеjmеnt kеng ma’noli tushuncha sifatida jahondagi mеnеjmеnt va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Pitеr F. Drukеr aytganidеk, “Mеnеjmеnt alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilmagan bеtartib ommani bir maqsadga yo‘naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantiruvchi elеmеnt hisoblanadi”.*1+ Menejment usullari kishilarni , jamiyatni obyеktiv ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanish qonunlari talablarini bajarishga undaydi . Ular aniq bir usul, uslub, maqsadga erishish yo‘lini ifodalaydi. Dеmak, mеnеjmеnt uslublari – ishchi va xodimlarga umuman menejment obyеktiga qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni maxsus izlanish usullari sifatida quyidagilarni kеltirish mumkin: 1. Tizim usuli boshqaruv muammolarini yechishda ishlatiladi va tizimning butunligiga asoslanadi. Taraqqiy etgan davlatlarda tizimli-majmuali, tizimli - tarkib, tizimli -funksional, tizimli -kommunikatsion va boshqa ko‘rinishlari mavjud. 2. Izlanishning majmuali usuli -voqеalarni va ularning bir-biri bilan bo‘lgan aloqalarini faqat ushbu fan usuli bilan emas, balki boshqa bir xil hodisalarni o‘rganuvchi fanlar bilan o‘rganadi. 3. Izlanishning tarkibiy usuli –murakkab hodisalarni bo‘laklarga ajratishdan iborat. 4. Vaziyatli yondashish - mеnеjmеnt faoliyatini ng maqbul usullarini ichki va tashqi sharoitga qarab bеlgilash. 5. Intеgratsion yondashish-izlanish usuli boshqa usullar ko‘rsatkichlarini hisobga olish asosida menejment hisoblanadi. Международный научный журнал № 4 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» ноябрь, 2022 г 58 6. Modеllashtirish-boshqariluvchi obyеktni boshqaruvchi turli sxеma, grafik va chizmalar, xomaki matеriallar tayyorlash yordamida boshqarish usuli. 7. Matеmatik yondashuv – optimal qaror qabul qilish maqsadida matеmatik uslublar va kompyutеrlar kеng miqyosda qo‘llaniladi. 8. Kuzatish usuli –mеnеjmеnt obyеkti to‘g‘risidagi ma’lumotni rеjali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash usuli . 9. Ekspеrimеnt – menejment asosida boshqariluvchi obyеktga nisbatan namunaviy tajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash. Undan tashqari , mеnеjmеntning eng asosiy bilish uslubi dialеktik uslub u mеnеjmеntga o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam bеradi . Mеnеjmеnt ilmining markaziy joyi - “tashkilot rahbarlarini tashkilotni bir butun holdagi jarayon sifatida uning manfaatlari uchun tashkilot tarkibiy qismlarining o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda ilmiy asos bilan ta’minlashdan” iborat. Bu barcha tashkilotlar uchun muhimdir, lеkin bu tamoyilni yirik tashkilotlarda qo‘llash ixtisoslashtirishning yuqori darajasi tufayli qiyin bo‘lishi mumkin. Chеrchmеn, Akoff va Arnofflarning tasdiqlashicha: “ Tashkilotda har bir funksional birlik (bo‘linma , bo‘lim yoki sеktor) umumiy ishning bir qismini bajarishga majbur. Biroq, mеhnatning bunday taqsimlanishining natijasi har bir funksional bo‘linma o‘ziga tеgishli bo‘lgan maqsadlarini ishlab chiqishidan iborat ”*2+. Masalan, ishlab chiqarish bo‘limi , odatda, ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish va ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi . Menejer qila oladigan eng muhim narsa bu ishga mos keladigan yangi xodimlarni yollashdir (Li Iacocca).[3] Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi.
isodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar 914 May 6 https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference tushuniladi. Bunday boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo‘linadi. Funksional boshqaruv deganda, bevosita kadrlar masalasini yechish bilan bog‘liq masalalar, ya‘ni kadrlarni tanlash, ishdan bo‘shatish, malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar tushuniladi. Tashkiliy boshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha shaxs va institutlar, ya‘ni rahbarlar, kadrlar bo‘limi, kasaba uyushmalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Mehnat resurslarini taqsimlashga bog‘liq ravishda inson resurslarining imkoniyatlari rivojlanish omillari sifatida katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalaga ana shu tarzda yondashish jamiyatning mehnat potentsialini, hududni, korxonalarni o‘rganish va aniqlash imkonini beradi. Mehnat potentsialini sifat o‘lchovidagi mehnat resurslari sifatida ta‘riflash mumkin. Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, «mehnat potentsiali» tushunchasi mehnat resurslari va iqtisodiyotning o‘zaro ta‘sirini o‘rganishga yordam beradigan alohida omildir. Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari 1-Jadval Faoliyat sohasi Nimaga ustuvorlik beriladi Qanday funksiyalar bajariladi Bajarilishi to‘g‘risida kimga ma‘lumot beriladi Inson resurslarini boshqarish (strategik yondashuv) - Mutlaq yangi vazifalarni yechishga - Global, uzoq muddatli vazifalarni yechishga Inson resurslarini rejalashtirish - Shaxsiy qobiliyat va malakani oshirish Korxonaning xodimlarga sarflanadigan xarajat doirasida xodimlar uchun xarajatlarni rejalashtirish Korporatsiya prezidentiga Xodimlar bilan ishlash (tezkor faoliyat) -Ma‘muriy aralashuvga zarurat tug‘iladigan kundalik muammolarni yechishga - Kadrlarni tanlash va joyjoyiga qo‘yish -Mehnat motivatsiyasini boshqarish - Texnika xavfsizligini nazorat qilish - Nizolarni hal qilish Korporatsiya vitseprezidentiga Korxonada inson resurslarining yagona murakkab tizimini boshqrish yagona murakkab tizimni tashkil qiladi. Ushbu tizim tanlangan va aniq maqsadlarni belgilab, uning xatti-harakatlarini Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar 915 May 6 https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference ijtimoiy jihatdan o‘zgartiradi. Bu boshqarishga juda sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, aniq yaxshi tanlangan ta‘sir usullari ishlab chiqarilgan invistitsiyalar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ko‘pgina kompaniyalarda inson resurslarini boshqarish ko‘pgina kompaniyalarning rivojlanishida asosiy strategiya sifatida qaralmoqda. Xodimlarni boshqarish tizimi deganda, korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning me‘yoriy faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan iqtisodiytashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Shuni alohida takidlash joizki korxona samaradorligini oshirishda aniq va qulay tarzda ishlab chiqilgan tizimning o‘rni juda kattadir. Tizimlashtirilgan korxonalarda xodimlar bilan ishlashning qulayligi, ya‘ni berilgan topshiriqlarning ustidan nazoratni amalga oshirish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi va axborot almashinuv jarayoni oson kechishi bilan ajralib turadi. Tarkiban bu tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi (2-jadval). Xodimlarni boshqarish tizimi (2-jadval) № Tizim osti tizimlari Boshqarish ob’yektlari 1 Ish sharoiti -mehnatning ruhiy-fiziologik talablariga rioya qilish; -mehnat ergonomikasi talablariga rioya qilish; -mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta‘minlash; - tabiatni muhofaza qilish va h.k. 2 -mehnatning ruhiy-fiziologik talablariga rioya qilish; - mehnat ergonomikasi talablariga rioya qilish; - mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta‘minlash; - tabiatni muhofaza qilish -shaxsiy va guruhlar munosabatlarini tahlil qilish va muvofiqlashtirish; -rahbarlar munosabatlarini tahlili qilish va muvofiqlashtirish; -ishlab chiqarishdagi ixtiloflar, nizolar, asabbuzarliklarni boshqarish; -kasaba uyushmalari bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish va h.k. 3 Kadrlarni hisobga olish va rasmiylashtirish -ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, bir joydan ikkinchi joyga o‘tishlarini rasmiylashtirish; -kadrlar boshqaruv tizimini axborotlar bilan ta‘minlash; -kasbiy yo‘nalishlarni aniqlash; -bandlikni ta‘minlash Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar 916 May 6 https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference 4 Xodimlarni rejalashtirish va xodimlar marketingi - xodimlarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish; - kadrlar salohiyatini tahlil qilish; - mehnat bozorini o‘rganish, xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish, reklamani uyushtirish; - korxonani kadrlar bilan ta‘minlovchi tashqi manbaalar bilan aloqasini o‘rnatish; - vakant (bo‘sh) joylarga nomzodlarni aniqlash va baholash; 5 Kadrlarni rivojlantirish -kadrlarga iqtisodiy va texnikaviy bilimlar berish; -qayta tayyorlash va malaka oshirish; -zaxiradagi kadrlar bilan ishlash; -amal va martabani nazorat qilish va rejalashtirish; -yangi xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalarini ta‘minlash 6 Mehnatni rag‘batlantirish vositalarini takomillashtirish -mehnat jarayonlarini me‘yorlashtirish va tarifikatsiya-lash; -ish haqi tizimini ishlab chiqish; - ma‘naviy rag‘batlantirish vositalaridan foydalanish; - foyda va kapitalga qatnashish hissasini ishlab chiqish; - motivatsiya va uni boshqarish 7 Huquqiy xizmat - mehnat munosabatlaridagi huquqiy masalalarni yechish; - xodimlarni boshqarishga taalluqli, farmoyishli hujjatlarni kelishtirish; - xo‘jalik faoliyatidagi huquqiy masalalarni yechish 8 Ijtimoiy tuzilmani rivojlantirish - umum ovqatlanish muassasalarini boshqarish; - kommunal xo‘jalik sohasini boshqarish; - jismoniy tarbiya va madaniyatni rivojlantirish; - sog‘liqni muhofaza qilish va hordiq chiqarishni ta‘minlash; - bolalar muassasalari bilan ta‘minlash; - ijtimoiy nizolarni boshqarish; - xalq iste‘mol mollari va oziq-ovqat mahsulotlarining sotilishini ta‘minlash 9 Boshqarishning tashkiliy tarkibini ishlab chiqish tizimi - boshqarishning shakllangan tashkiliy tarkibini tahlil qilish va loyihalashtirish; - shtatlar ro‘yxatini ishlab chiqish; - boshqarishning yangi tashkiliy tarkibini tuzish Xodimlarni boshqarish ikki guruhdan iborat tamoyillarga asoslanadi. Har bir tamoyil xodimlarni boshqarishning u yoki bu jihatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Masalan, ilg‘orlik tamoyili korxona doirasidagi boshqaruv tizimining chet el yoki mahalliy ilg‘or korxonalar boshqaruv tizimiga mos keladimi, zamon talabiga Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar 917 May 6 https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference javob beradimi yoki yo‘qmi degan savolga javob bersa, muvoziylik tamoyili esa xodimlar boshqaruvidagi tezkorlikni oshiradi va hokazo (3-jadval). Korxonada band bo‘lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat: ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar va boshqaruvchilar (rahbarlar, mutaxassismenejerlar) Xodimlarni, ya‘ni inson omilini boshqarish quyidagi jihatlarni boshqarishni o‘z ichiga oladi (3-jadval). Tashkilotdagi ishning samaradorligi mehnatni vertikal tarzda bo‘linishining rivojlanishini anglatadi. Gap rahbar hodimning bo‘linmalar va ish bajaruvchilar faoliyatini koordinatsiya qilish bo‘yicha mehnatni tashkil etishda boryapti. Tashkilotni boshqarish jarayonining tamoyili 3-jadvalda keltirilgan. Xulasa qilib aytish joizki, ishlab chiqarishning innovatsion tavsifi, uni yuqori darajadagi fan sig‘imi, mahsulot sifati masalalarining muhimligi, xodimlarga bo‘lgan talabni o‘zgartirib, T/r Xodimlar bilan ishlashning umumiy tamoyillari T/r Xodimlar bilan ishlashning tashkiliy tamoyillari 1. Samaradorlik 1. Konsentratsiya 2. Ilg‘orlik 2. Ixtisoslashtirish 3. Istiqbollilik 3. Muvoziylik 4. Komplekslilik 4. Ixchamlik 5. Tezkorlik 5. Izchillik 6. Optimallik 6. Uzluksizlik 7. Oddiylik 7. Bir me‘yorlilik 8. Ilmiylik 8. Texnologik birlik 9. Ko‘p bo‘g‘inlilik 9. Badastirlik 10. Avtonomlik 10. Boshqarishda kollegiallik 11. Barqarorlik 12. Ko‘p qirralilik 13. Rejalilik 14. Rag‘batlantiruvchi 15. Tanlash va joy-joyiga qo‘yish Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar 918 May 6 https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference mehnatga ijodiy munosabatning va yuqori kasbiy mahorat ahamiyatini oshirib yubordi. Bu xodimlarni boshqarishni ijtimoiy-ruhiy masalalarida, uslub va tamoyillarida tubdan o‘zgarishni taqozo qilib qoldi. Mehnat resurslarini boshqarish tamoyillaridagi o‘zgarishlar, zamonaviy sharoitda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan motivlashtirish siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Bu jarayonda motivlashtirish siyosati mulkchilikning jamoa shakllarini rivojlantirish (aksionerlik va sheriklik kompaniyalari, kooperativlar) sharoitida xodimlarni boshqarishga jalb qilish umumiy maqsadlarga erishish uchun ma‘muriyatni xodimlar bilan hamkorligini kengaytirishga qaratilgan. Bu o‘z navbatida xodimlar potensial qobiliyatlarini rivojlantirishga, intensiv va mahsuldor mehnat qilishga, mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishiga undaydi. Xodimlarni boshqarish jarayoni shuni ko‘rsatadiki: xodimlarni rejalashtirish va ularga faoliyat olib borish uchun qulay
Download 21.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling