– Axborot-ma’lumotnoma markazi. Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi etalon zahirasini rivojlantirish va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini yaratish, saqlash va qo‘llanish bo‘yicha ishlarni olib boradi. Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan bo‘lib, o‘lchashlar birliligini ta’minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy, me’yoriy asoslarini yaratadi, metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini bajaradi. Standart namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga yuklatilgan, moddalar va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari davlat xizmatiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart namunalarini chiqarish va qo‘llanish tartibi bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, mamlakatimizda chiqariladigan davlat standart namunalarini ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |