Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari bir XIL ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari nimalardan iborat?


Download 16.23 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi16.23 Kb.
#247384
Bog'liq
ish.chiq xaraj


Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari nimalardan iborat?

“Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari bir xil ma’no anglatmaydi. Bu tushunchalarning ikkinchisi birinchisiga nisbatan kengroq bo’lib, jamiyat nuqtai nazaridan u jonli va buyumlashgan mehnatning barcha hajmini o’zida mujassam etadi va mahsulotning qiymatiga teng. “Ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchasi, aksariyat hollarda, iqtisodiyotning ma’lum bir sohasi bilan bog’langan (masalan, ishlab chiqarish chiqimlari, muomala chiqimlari va boshqalar).

Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab ikki guruhga bo’lish mumkin:


  • aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar;

  • aniq bo’lmagan chiqimlar.

Aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar XYuS tomonidan amalga oshirilgan aniq xarajatlardan – ish haqi, xom ashyo va materiallar xarajatlari, ijara uchun to’lov va boshqalardan iborat.

Aniq bo’lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo’ldan boy berilgan, qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari esa shu bilan bog’liqki, XYuS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanib, shuning o’zida uning muqobil foydalanish imkoniyatini qo’ldan chiqaradi. Mablag’larning cheklanganligi ularning foydalilik darajasiga qarab mavjud imkoniyatlarning variantlaridan foydalanishga XYuS ni majbur qiladi. Bunda har doim qo’ldan chiqarilgan, boy berilgan foydalar elementlari, demak, aniq bo’lmagan chiqimlar elementlari mavjud bo’ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishni davom ettirish yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday boshqaruv qarori aniq va aniq bo’lmagan chiqimlarning hisob-kitobiga asoslanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror o’rtasidagi tanlanish har doim boshqa maqsadlarga erishish uchun ongli ravishda yo’qotilgan yoki rad etilgan imkoniyatlarni xarakterlaydi.



“XYuS ning xarajatlari” tushunchasi “XYuSning chiqimlari” tushunchasidan farq qilib, ular bevosita moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda mahsulot tannarxi bilan uzviy bog’langan. Shuning uchun ham, XYuS ning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi quyidagicha ta’rif berish mumkin: foyda olish yoki XYuS ning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul qiymatiga XYuS ning xarajatlari deyiladi.
Download 16.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling