Ishlab chiqarish xonalari va ish o‘rinlaridagi mikroiqlim me’yorlarini o’rganish Amaliy ishining maqsadi
Download 23.34 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 AMALIY Ishlab chiqarish xonalari va ish o‘rinlaridagi mikroiqlim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ishining vazifasi
- Amaliy ishini bajarish uchun asosiy ma’lumotlar
1-A M A L I Y M A SH G‘ U L O T Mavzu: Ishlab chiqarish xonalari va ish o‘rinlaridagi mikroiqlim me’yorlarini o’rganish Amaliy ishining maqsadi: Ishlab chiqarish xonalari va ish o‘rinlaridagi mikroiqlim me’yorlarini o’rganish uchun olgan boshlang‘ich bilimlarini mustahkam-lashlarida o‘qituvchi tomonidan amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berib borishdan iboratdir. Amaliy ishining vazifasi:– Korxonalardagi xonalar, yil fasllari va ish toifasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me’yorlarini o’rgatishdan iboratdir. Bunda talabalarga qo‘yiladigan asosiy, ya’ni talabalarning bilishi zarur bo‘lgan va bajara olishi shart bo‘lgan talablar mavjud. 1. Talabalar bilishi zarur: - havoning ko’rsatkichlarini; - ko’rsatkichlarini aniqlash asboblarini va mikroiqlim me’yorlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimni bilishi kerak. 2. Talabalar bajara olishi shart: - havo harakati tezligining yo’l qo’yiladigan me’yorlarini; - havo harorati, nisbiy namligi va xarakat tezligini aniqlashni bajara olishi kerak. Amaliy ishini bajarish uchun asosiy ma’lumotlar: Ish joylaridagi ob-havo sharoitini havoning kuyidagi ko’rsatkichlari belgilaydi: - havoning harorati, “C” bilan o’lchanadi; - havoning nisbiy namligi, % bilan aniqlanadi; - havo bosimi, P/mm simob ustuni yoki Pa bilan o’lchanadi; - ish joyidagi havo harakati tezligi, m/s bilan o’lchanadi. Bulardan tashqari ob-havo sharoitiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud. Bular har xil mashina-mexanizmlar materiallari yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari bo’lib, havo haroratini oshirishga olib keladi. Yoz paytlarida korxona hovlisida to’xtab turgan mashinalar va boshqa temir beton hamda asfalt qoplamasi materiallaridan tarqalayotgan issiqligi xuddi alangadan tarqalgan haroratga o’xshaydi. Bular, albatta, korxona hududida havo haroratini oshiruvchi asosiy omillar bo’lib hisoblanadi. Bu omillar ta’siridan hosil bo’ladigan harorat korxona havo muhitining mikroiqlimi deb yuritiladi. Me’yoriy sharoitda, kuchsiz havo harakati bo’lgan holatlarda harakatsiz odam tanasi radiatsiya yo’li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45 foizini, qonveksiya natijasida 30 foiz va terlash orqali 25 foizini yo’qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy issiqlikning 80 foizidan ortigi, nafas olish a’zolari orqali 13 foiz va taxminan 5 foiz issiqlik ovqat, suv va havoni isitishga sarflanadi. Download 23.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling