Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi
Download 253 Kb.
|
Kurs ishi bajardi
1.1 Monopoliya tushunchasi
Monopoliya xatamasi kelib chiqishiga nazar soladigan bo`lsak, bozorga oid tushunchalardan (ya`ni, grekcha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani shunday ta`riflash o`rinli: Monopoliya — monopol yuqori narxlarni o`rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar) ning birlashmalaridir. Monopoliya (yunoncha. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlikdir; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi o`z tovarlari bilan faoliyat ko`rsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning o`rinbosari bo`lmaydi. xMonopol ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qo`lida to`planishi natijasida paydo bo`ladi. xMonopol ko`rinishlari qadimdan mavjud.x Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, o`rmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qo`lida to`planib, egalariga monopol mavqe bergan, ular ma`lum mahsulotni bozorga tanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron bo`lganlar. xMonopol o`z tabiatiga ko`ra ishlab chiqarishda turg`unlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda ko`rish, raqobatning yo`qligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga o`z izmini o`tkazishi mumkin. xMonopol bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar monopoliyaga qarshi chora tadbirlarni ko`radilar. Monopolning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to`planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to`planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to`planishini namoyon etadi. Iqtisodiyot xnazariyasida ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib olinayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. xBu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi.xShu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendcnsiyasini keltirib chiqaradi. Shu sababli, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi. Download 253 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling