Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


-chizma Tabiiy monopolist tanlaydigan ishlab chiqarish hajmi va jamiyat uchun optimal hajm


Download 253 Kb.
bet7/15
Sana09.04.2023
Hajmi253 Kb.
#1347282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi bajardi

1-chizma

Tabiiy monopolist tanlaydigan ishlab chiqarish hajmi va jamiyat uchun optimal hajm. 
Tabiiy monopoliya subyeklarining faoliyatini tartibga solish usullari: narxlarni(tariflarni) yoki ularning eng yuqori ( eng past) darajasini belgilash(o’rnatish) vositasida narxlarni tartibga solish;
Legal monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat hisoblanadi. Bular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin: 
1-Patent tizimi
2-Mualliflik huquqi
3-Tovar belgilari
Patent (lot. patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan e`tirof etilganligini va ixtirochining o`z ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Patentn olish jarayoni, patent oluvchining ma`suliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday bo`lsa hamn, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida ma`lumot bo`lishi kerak. Ko`pi mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qo`llanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi.
Mualliflik huquqi — ilmiy, badiiy va san'at asarlari, ijro san'ati fonogrammalari, ko'rsatuvlar, efir to'lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shaklidr. Mualliflik xhuquqi faqat mualliflar tomonidan o'z mahsulotlarini ma'lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko'paytirishga ruxsat berish imkonini ta'minlaydi.
Mualliflikc chuquqi „asarlarning“ keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon bo`lishi mumkin. Ushbulari qatorigaashe'rlar, tezislar, sahna asarlari va boshqaadabiyot asarlari, filmlar. xoreografik asarlar(raqs, balet), musiqiy kompozitsiyalar, audio yozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va tele ko'rsatuvlari, va ba`zi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi. Dizayn yyoki sanoat dizayni ba`zi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega bo`lishi mumkin. vMualliflik huquqi intellektual mulk huquqi tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi faqat fikr yoki ma`lumotning„material(moddiy)“ ifodalangan shaklini qoplaydi. U mualliflik huquqi asarida mujassamlangan yoki unga asos bo`lgan haqiqiy fikr, g'oya, konsepsiya, faktlar, yo'nalish (stil') yoki qoida (tehnika)ni himoylamaydi va himoyalashga qaratilmagan ham. Misoli, Disneyning mashhur Chip va Deyl multfilmidagi obraz, deylik Chip mualliflik huquqi tomonidan himoya qilingan. Biroq, bu himoya aynan o`sha multfilmdagi Chipning qiyofa, mimika, kiyinishiga nisbatan bo`lib, istagan boshqa bir insonning olmahon personaji asosida multqahramon yaratishdan cheklab qo`ymaydi. Ayrim yurisdiksiyalarda mualliflik huquqi bilan himoya qilinga asarlarning izohli yoki satirik qilib qayta ishlanishiga ruhsat beriladi. mMualliflik huquqlari ba`zi mamlakatlarda Bern Konventsiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan bo`lib, Evropa Ittifoqihamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar a`zolaridan talab qilinadi. Tovar belgilari — bular savdo nishonlari, belgilari maxsus ramzlari nomi hamda boshqalarni ro'yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo'yicha paydo bo'lgan munosabatlami qonuniy tarzda tartibga solish shaklidir. 
Iste'molchilik, csavdo-sotiq, xizmat-servis bilan bog'liq tushunchalar haqida gap ketganda, tovar belgisi, sifati darajasini anglatuvchi ma'nolar ham tilga olinadi. Sababia, xalqaro standart birligida e'tirof etiluvchi ma'lum belgi yokid timsol sifat ko'rsatkichi, xalq orasida mashhur firmad yoki ishlab chiqaruvchi ekanini tasdiqlovchi, iste'molchi sog'lig'i, hayotiga xavf solmasligi, behuda mablag' sarfiga yo'l qo'ymay, aldanib qolmaslik uchun kafolatni anglatadi. Biznes tili bilan ularni “brend” yoxud “tovar belgisi” deyish mumkina.
Hozirgi paytda eksportga chiqarilayotgan mahsulotga davlatimizga xos belgi, tovarning shtrix kodi yoki “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” degan so'zlar muhrlanmoqda. Endilikda yurtimizga chetdan kirib kelayotgan tovarlarda ham o'zbek tilidagi markirovka joriy etilishi belgilandi.

Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling