Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


-rasm. 2023-yil fevral oyida rivojlangan mamlakatlarning oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi


Download 0.59 Mb.
bet10/16
Sana06.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1434435
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
XALQARO MEHNAT TAQSIMOTIDA MAMLAKATLARNING ISHTIROKI DARAJASI VA XARAKTERI KO`RSATKICHLARINI BAHOLASH

1-rasm. 2023-yil fevral oyida rivojlangan mamlakatlarning oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi.
AQSH 138.5ming tonna,Fransiya 115.4 ming tonna,Yaponiya 101.3 ming tonna,Germaniya157.2 ming tonna,Buyuk Britaniya 127.4 ming tonnani tashkil qildi. Xalqaro mehnat taqsimoti tasirida rivojlangan mamlakatlarning eksporti va importiga ham sezirarli ta`sir qiladi.Chunki xalqaro mehnat taqsimoti yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga va ayriboshlashga yo`naltiradi.

2-rasm.2023-yilda yanvar-fevral oylarida rivojlangan mamlakatlarning eksportdagi ulushi (mln dollar).
Diagrammadan ko`rinib turibdiki rivojlangan mamlakatlarning 2023-yil yanvar-fevral oylarida eksportning ulushi eng yuqorisi Yaponiyaga 655058 mln dollarga to`g`ri kelmoqda. Qolgan davlatlarni ham diagrammada export ulushi keltirilgan.

3-rasm. 2023-yilda yanvar-fevral oylarida rivojlangan mamlakatlarning importdagi ulushi.
Bu rasmda endi huddi shu mammlakatlarning importdagi ulushi keltirilgan.Bunda ham Yaponiya yetakchi o`rinni egallab kelmoqda.

2.2. O`zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotiva xalqaro ixtisoslashuv va bilan bog`liq iqtisodiy ko`rsatkichlar tahlili va unda tutgan o`rni.
Xalqaro mehnat taqsimotida O‘zbekiston rangdor metallurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanoat uchun kerak bo‘lgan va etarli miqdorda xom ashyo, chunonchi polimetal rudalari, mis, oltin, volfram, molibden va boshqa rudalar mavjud. O‘zbekiston oltin zahiralari bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda. Uni qazib olish bo‘yicha 8-o‘rinda, mis zahiralari bo‘yicha 10-11-o‘rinda, uran zahirasi bo‘yicha 10-urinda turadi. O‘zbekistonda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. Oltinning asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir. Respublikada kumush Visokovoltnoe, O‘qjetpes, Kosmonavtchi (Navoiy viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridan olinadi. O‘zbekistonda rangli metallar misqurg‘oshin, rux, volframlarning zahiralari ko‘p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqqir konidan mis-molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalnee konidan olinadi. Bu kon zahirasi, qazib olishning tannarhi, undan boshqa foydali qazilmalarni (kumush. oltin, molibden va b.) ajratib olinishi jihatidan MDH mamlakatdari orasida tengi yo‘q.Respublikada qo‘rg‘oshin-rux Uchquloch (Jizzax viloyati) va Xondiza konlarida jamlangan. O‘zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta e’tibor berilgan. U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi.Mashinasozlik va metallni qayta ishlovchi sanoat Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining asosiy tayanch tarmog‘i hisoblanadi. Uning ahamiyati ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan qurollantirish va avtomatlashtirish, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ho‘jalikning barcha tarmoqlarida joriyqilish, mahsulot sifatini yahshilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarishdadir. Mintaqadagi davlatlarning taraqqiyoti mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Mintaqada mashinasozlik geografiyasi shu hududdagi geografik shart-sharoit, ehtiyoj hamda ishlab chiqarishda ixtisoslashuv bilan bog‘liq.Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining ehtiyojidan kelib chiqqan xolda, mintaqada mashinasozlikning quyidagi tarmoqlari barpo etildi va rivojlantirilmoqda. Bular: traktorsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, paxta tozalash va to‘qimachilik mashinasozligi, qurilish va yo‘l, tog‘kon sanoati, kimyo va neft qazib olish sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, radioeletronika, elektrotexnika, kommunal xo‘jaligi, madaniy-maishiy ruzg‘or texnikasi mashinasozligi va boshqalar.Mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati korxonalari Qozog‘istonda Qustanay, Petropavlovsk, Ko‘kchatau, Uskemen, Lisakovsk, Qarag‘anda, Taldiqurg‘on, Almati, Kentau, Jusali, Aqto‘be, Ural shaharlarida. O‘zbekistonda–Toshkent, CHirchiq, Andijon, Samarqand, Buxoro, Nukusda, Qirg‘izistonda–Bishkek, To‘qmoq, O‘shda, Tojikistonda–Dushanbe, Qo‘rg‘ontepada, Turkmanistonda–Turkmanboshi, Qizil–Arvat, Ashgabat, Turkmanobod va Dashhovuz shaharlarida ishga tushirilgan. Markaziy Osiyoda traktorsozlik va qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarishning yirik markazlari Astana Semey, Uskemen, Pavlodar, Toshkentda mavjud. Mashinasozlik sanoat korxonalari tabiiy resurs omiliga bevosita bog‘lanmaganligi uchun ko‘proq xom ashyo rayonida emas, balki iste’molchi hududlarda yahshi rivojlantirildi.Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo respublikalarida mashinasozlik korxonalarining deyarli hammasida qaytadan ta’mirlash, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash ishlari boshlab yuborildi. Natijada mashinasozlikda sifat o‘zgarishlari yuz bermoqda, unumdorlik ortmoqda, yangi mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonda respublika iqtisodiyoti uchun zurur bo‘lgan avtomobilsozlik, radioelektronika,samolyotsozlik kabi sanoat tarmoqlari rivojlantirmoqda, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, traktorsozlik, to‘qimachilik mashinasozligi va boshqa mashinasozlik tarmoqlariniig ishlab chiqarish quvvati oshirilmoqda.Markaziy Osiyo hududida mashinasozlik korxonalarining taraqqiyoti bugungi kunda va istiqbolda asosiy xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan xalqaro hamkorlik bilan bog‘liq. Mintaqadagi barcha respublikalarda bugungi kunga kelib xalqaro hamkorlik asosida ish olib borayotgan mashinasozlik korxonalari yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishmoqdalar. Buni O‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. CHunonchi 1992 yilda Janubiy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida «O‘zDEUAvto» qo‘shma korxonasi, Rossiya bilam hamkorlikda «LIAZ» ishlab chiqarish birlashmasi (Samarqandda), O‘zbekiston-Italiya qushma korxonasi «O‘zitalmotor» shular jumlasidandir. SHuningdek, AQSH «Keys» firmasi bilan hamkorlikda yangi traktorlar va kombaynlar yig‘ish yo‘lga qo‘yildi, 7ta ko‘shma korxonalar barpo etildi («Keys korporeyshin» kompaniyasi bilan hamkorlikda). Radioelektronika, elektrotexnika sanoatini birlashtirib turuvchi «O‘zeltexsanoat» uyushmasidagi korxonalar Rossiya, AQSH, Singapur, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan. Markaziy Osiyo davlatlarining xorijiy mamlakatlar bilan olib borayotgan hamkorligi ijobiy natijalar bermoqda, hamda bu hududda mashinasozlik sanoati tarmoqlarining rivojlanishini belgilamoqda. Kimyo sanoati og‘ir sanoatning muhim tarkibiy qismidan biridir. CHunki hozirgi davrdagi ishlab chiqarishni plastik massalar, sun’iy tola, sintetik kauchuk, lak-buyoq, ishqorlar va kislota, qishloq xo‘jaligini esa mineral o‘g‘it, gerbitsid va pestitsidlarsiz hamda ko‘plab boshqa kimyoviy mahsulotlarsiz tashkil qilish va rivojlantirish mumkin emas. SHuning uchun sobiq Ittifoq davrida va hozirgi mustaqillik yillarida ham kimyo sanoati mahsulotlarini respublikalar extiyojini hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni hisobga olgan holda, uni barpo etishga va rivojlantirishga katta e’tibor berildi va berilmoqdMintaqada kimyo sanoati Markaziy Osiyo hududidagi neft, tabiiy gaz, turli xildagi tuzlar, fosforit va boshqa kimyoviy xom ashyolar negizida barpo etilgan va rivojlantirilmoqda. Bu sanoatni shuningdek, neft bilan uchraydigangaz, gaz kondensatlari, elektr energiyasi ko‘p hamda mehnat resurslariga boy rayonlarda tashkil qilish va taraqqiy ettirishga ko‘proq e’tibor berilgan. Markaziy Osiyoda kimyoviy xom ashyo, mehnat resurslari va elektr quvvatiga Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmanistonda hamda Tojikistonda etarli. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonda tabiiy gaz, neftdan boshqa osh va kaliy tuzlari, glauber (mirabilit) tuzi, fosforit, oltingugurt konlari va boshqalar topilgan. SHuningdek, rangli metallurgiya, paxta tozalash sanoati chiqindilari, sulfat kislota xom ashyosi, qishloq xo‘jalik tarmoqlarining ba’zi bir mahsulotlari va chiqindilari Markaziy Osiyo hududida kimyo sanoatini rivojlantirish uchun kerakli xom ashyo hisoblanadi.imyo sanoati o‘ziga xos bo‘lgan tarmoqlar majmuasidan iboratdir. Markaziy Osiyo rsspublikalarida kimyo sanoatining asosiy o‘rni qishloq xo‘jaligiga xizmat qilishdir. Qirg‘izistondan tashqari barcha davlatdarda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimyo sanoatining etakchi tarmog‘i hisoblanadi. SHuningdek kimyo sanoati tarkibiga sulfat kislotasi, soda, kimyoviy tolalar va iplar ishlab chiqarish tarmoqlari, gidroliz korxonalari, rezina mahsulotlari zavodlari, atir-upa mahsulotlari birlashmalari va boshqalar kiradi.Qozog‘istonda mahalliy xom ashyolar negizida fosforit o‘g‘itlar va u bilan bog‘liq 80 dan ortiq turdagi mahsulotlar hamda soda ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati bilan bog‘langan neftni qayta ishlash, avtomobil shinalari va rezina texnika, sulfat kislotasi mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Asosiy markazlari: Qustanay, Qarag‘anda. SHimkent, Alg‘a, Atirau, Taraz va boshqalar.Kimyo sanoati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida katta axamiyatga. Respublika kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi. Mamlakat sanoati yalpi mahsuloti hajmida uning salmog‘i 4,6 % ni tashkil etadi. Mamlakatda mineral o‘g‘itlar CHirchiq elektr kimyo kombinati, Farg‘ona azotli o‘g‘itlar, Navoiy kimyo birlashmalarida, Qo‘qon superfosfat va Samarqand kimyo zavodlarida, Olmaliq «Ammofos» birlashmasida ishlab chiqariladi.O‘zbekiston hududida sulfat kislotasi ishlab chiqariladigan 5 ta, o‘simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy kislotalar (defoliant, desikant, gerbitsid, insektitsid, fungitsidlar, oltingugurt kukuni) ishlab chiqaruvchi 4 ta yirik korxonalar joylashgan. Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridagi korxonalarda kimyoviy tolalar va iplar ishlab chiqariladi. Farg‘ona furan birlashmasi, YAngiyo‘l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari, furil spirti, oziq-ovqat spirti ishlab chiqariladi. O‘zbekistondagi kimyo korxonalari negizida 1994 yildan «O‘zkimyosanoat» uyushmasi tashkil etildi.
zonalarini barpo bo‘lishi ,erkin iqisodiy zonalarni tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanib kelayotgan xurmatli yurt boshimiz olib borayotgan ishlarining xar birida yorqin ifodasini topmoqdi.Buni biz 2017-2021 yillar uchun ishlab chiqarilgan strategiyamizda xam ko‘rishimiz mumkin. Bundan keyin respublikamiz xom-ashyo emas balki jaxon bozorida tayyor maxsulot bilan xalqaro mexnat taqsimotida ishtirok etishi kunday ravshan bo‘lib turibdi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling