4- rasm. O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning hajmlari. (mln AQSH dollari)dinamikasi.
2021 yil 1-choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 foizga kamaydi. TSAda MDH davlatlarining ulushi 40 foizdan oshdi. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha birinchi chorak hisobotini taqdim etdi. Unga ko`ra: qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar-mart oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 7,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 930 mln dollarga yoki 11,6 foizga kamaydi. Xususan, hisobot davrida eksport hajmi 2,4 mlrd dollarni tashkil etdi va 26,5 foizga kamaydi. Biroq oltin hisobisiz eksport 6 foizga oshdi. Jahon bozorida oltin narxi tushib ketishi fonida, O‘zbekiston 7 oydan buyon oltin eksport qilmayapti. Eksportning 26,6 foizi to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, bu yo‘nalishdagi eksport o‘sishi – 37,8 foiz. Birinchi chorakda import hajmi 4,7 mlrd dollarni tashkil etdi, bu – bir yil oldingiga nisbatan 1,3 foizga kam. Hisobot davrida 2,3 mlrd dollar qiymatida manfiy saldo qayd etildi.
5-rasm. 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan asosiy eksport tovarlari ulushi.
Eksport – 11,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilganini ko`rish mumkin. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o‘sib, $42,1 mlrdni tashkil etdi. Eksport hajmi 10%ga oshib, $16,6 mlrdga yetgan bo‘lsa, import 20,4%ga o‘sib, $25,46 mlrdni tashkil etdi. Sanoat tovarlari eksporti oltin eksportidan o‘zib ketdi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistondan eksport hajmi 10%ga ko‘payib, 16,611 mlrd dollarga yetdi. Import hajmi esa 20,4% ga ko‘paydi va 25,461 mlrd dollarni tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasining manfiy tashqi savdo balansi 8,85 mlrd dollarni tashkil etdi — o‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 6 mlrd dollar bo‘lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |